Shlyapkali tarash mashinasi




Download 4.7 Mb.
bet4/29
Sana31.07.2021
Hajmi4.7 Mb.
#16252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Shlyapkali tarash mashinasi

Shlyapkali tarash mashinalari bir qator texnologik xususiyatlarga ega: ta’minlash bunkeri ko‘p qismli, ta’minlash stolchasi silindr ustida joylashgan va uchta qabul barabani bilan jihozlangan. Tarash mashinasining parametrlari kompyuter dasturlari asosida boshqariladi. DK-903 tarash mashinasida texnologik jarayon quyidagicha amalga oshadi.



Directefeed bunkerli ta’minlagichi yuklash, yuqori va quyi seksiyalardan iborat. Yuqori seksiyada mahsulot titib tozalanadi, quyi seksiyada esa bir tekis qatlam hosil qilinadi. Ushbu qatlam sensofeed tizimi orqali dastlabki tarash zonasi webfeed – qabul barabani uzeliga uzatiladi. Sensofeed tizimi takomillashgan qurilma bo‘lib, mahsulot ta’minlovchi silindr ustidan uzatiladi. Tola tutamlari bir tekis uzatilib uchta qabul barabanida ketma - ket taraladi.

DK-903 tarash mashinasining texnologik sxemasi.

1-bunkerli ta’minlagich, 2-ta’minlovchi silindr, 3-sensofeed, 4-yo‘naltiruvchilar, 5-webfeed, 6-dastlabki qo‘zg‘almas segmentlar, 7-tola tozalash moslamasi, 8-chang quvurlari, 9-shlyapka polotnosi, 10 - bosh baraban, 11-so‘ruvchi quvur, 12-ajratuvchi baraban, 13-tozalochi valik, 14-ajratuvchi valik, 15-ezuvchi vallar, 16-webspeed, 17-pilta uzatuvchi vallar, 18-taz.

Qabul barabani uzelida nuqsonlar ajralib havo yordamida so‘rib olinadi. Uchinchi qabul barabanidan tolali mahsulot bosh baraban sirtiga o‘tadi. Qabul barabani tezligiga nisbatan bosh baraban tezligining kattaligi hisobiga mahsulot taraladi. Bosh baraban garnituralaridagi tolalar asosiy tarash zonasi hisoblangan shlyapkalar ta’siriga duch keladi. Kalta tolalar shlyapkalar sirtiga o‘tadi , uzun tolalar esa bosh baraban bilan harakatlanishda davom etadi. Mashina quzg‘almas segmentlar bilan jihozlangan bo‘lib ular ishlatilayotgan tola turiga qarab tanlanadi. Asosiy tarash zonasida mahsulot ikki qismga ajraladi: kalta tolalardan iborat tarandi va uzun tolalardan iborat taramga. Tarandi shlyapkalar polotnosidan ajratuvchi moslama yordamida ajratilib havo yordamida chiqindilar bo‘limiga junatiladi. Uzun tolalar bosh baraban garnituralaridan ajratuvchi baraban sirtiga utadi (ajratuvchi baraban garnitura sig‘imining kattaligi hisobiga). Taramni utishi birdaniga amalga oshmasdan davriy ravishda amalga oshadi (tezliklar farqi hisobiga). Natijada tolalar davriy qo‘shilib aralashadi va tekislanadi. Ajratuvchi baraban garnituralaridan taram ajratuvchi moslama yordamida ajratilib zichlagichlardan o‘tkazilib piltaga aylantiriladi. Cho‘zish asbobida kerakli chiziqiy zichlikka keltirilgan pilta tazlarga taxlanadi. Taralgan piltaning chiziqiy zichligi avtorostlagichlar yordamida rostlanadi.



Download 4.7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 4.7 Mb.