• Laboratoriya ishlarini amalga oshirishda laboratoriya ishlari-ni bajarishning texnika xavfsizligi va unga amal qilish qoidalari.
  • Mashg‘ulotning maqsadi
  • 5-mavzu: Tibbiyot kollejlarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi Reja




    Download 207.53 Kb.
    bet1/6
    Sana15.03.2023
    Hajmi207.53 Kb.
    #45593
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5.2-mavzu
    samarqand shahar yolovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish (1), Исақулов Тўлқин Маҳмуд ўғли абективка 2, XOTIRA.XOTIRA TURLARI VA HISSIYOTLAR, Konstitutsiya, 16 M M, KATTA ASHULA VA UNING IJROCHILIK ANANALARI, Mikroiqtisodiyot

    5-MAVZU: Tibbiyot kollejlarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi


    Reja:

          1. Amaliy mashg‘ulotlar va ularni tashkil etish metodikasi.

          2. Laboratoriya mashg‘ulotlari va ularni o‘tkazish metodikasi.

          3. Laboratoriya ishlarini amalga oshirishda laboratoriya ishlari-ni bajarishning texnika xavfsizligi va unga amal qilish qoidalari.



    Mashg‘ulotning o‘tkazilish joyi: Institut auditoriyasida
    Mashg‘ulotning jihozlanishi: texnik va didaktik vositalardan iborat.
    Mashg‘ulotning davomiyligi: 80 minut
    Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga tibbiyot kollejlarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi aniq ko‘rsatib berish.
    Fanlararo bog‘liqligi: Falsafa, Psixologiya, Pedagogika, Odam anatomiyasi, O‘zbekiston tarixi, Iqtisod, Axborot texnologiyalari hamda Pedagogikaning tarmoq fanlari bilan aloqdorlikda shakllanadi.
    Motivatsiya: Talabalarga tibbiyot kollejlarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi aniq ko‘rsatib beriladi va uni pedagogik faoliyatda qo‘llaydilar.
    Amaliy mashg‘ulot o‘quv ishini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib, eksperimental tavsifdagi mustaqil topshiriqlarni o‘quvchilar-ning o‘qituvchi bilan birgalikda bajarishini o‘zida aks ettiradi.
    Amaliy mashg‘ulot - aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomo-nidan boshqarib turiladigan, aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko‘nikmalar shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatga aytiladi.
    Amaliy mashg‘ulotlar – maxsus jihozlangan xona ѐki alohida ajratilgan tajriba maydonida tashkil etilib, o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliѐtda qo‘llay olish ko‘nikma, malakalarini hosil qilishga yo‘naltirilgan ta’lim shakli.
    Amaliy mashg‘ulotning bosh maqsadi – biror bir fanga doir nazariy qoidalarni amaliy jihatlarini ochib berish; o‘quvchilarning o‘rganilayotgan qonuniyatlarni o‘ziga xosliklari va namoyon bo‘lish shakllarini chuqur tushu-nishlarini ta’minlash; bo‘lajak mutaxassislarda o‘rganilayotgan ob’ekt bilan amaliy muloqotga kirishish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini shaklantirishda muhim rol o‘ynaydi.
    Ushbu ta’lim shakli zaruriy texnik vositalar, kompyuter texnikasi bilan jihozlangan laboratoriyalarda yoki sinflarda amalga oshiriladi.
    Amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan ilmiy va pedagog kadrlar fan o‘qituvchisi bilan kelishilgan holda oldindan zarur metodik material-larni tayyorlaydi (kasbiy tayyorgarlik darajasini tegishli nazariy me’yor-lar bilan belgilash, turli murakkablik darajasidagi vazifalar to‘plamini aniqlash).
    Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari:
    - ma’ruza va mustaqil ish jarayonida olingan bilimlarni chuqurlashti-rish va takomillashtirish;
    - rejalashtirish, tahlil qilish va umumlashtirishning intellektual qobiliyatlari shakllantirish, kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmala-rini egallash;
    - ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish texnologiyasidagi asosiy tajribani to‘plash;
    - etakchilik, boshqaruv va o‘zini boshqarishning dastlabki ko‘nikmala-rini o‘zlashtirish
    Amaliy mashg‘ulotlar tarkibi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va qobi-liyatlarini dastlabki nazorat qilish; umumiy muammolarni shakllantirish va o‘quvchilarning ishtirokida muhokama qilish; muammoni hal qilish va muhokama qilish; majburiy nazorat vazifalarini, ularni tekshirish va baholash.
    Fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun soatning miqdori o‘quv reja-sida belgilanadi. Amaliy mavzular ro‘yxati fanning ish dasturida mavjud. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar soni akademik guruhning yarmidan oshmas-ligi kerak.
    Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida har xil ta’lim metodlari-dan foydalaniladi. Bu kabi ta’lim ishlarining asosiy vazifasi mahorat va qobiliyatlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib, asosiy qoidalar turli xil bo‘lishi kerak (tayyorgarlik, pilot, modelga asoslangan, o‘qitish, ijodiy, amaliy, grafik, og‘zaki, yozma, professional, texnik va hk).
    O‘quv fanlarining o‘ziga xosliklarini va o‘quv maqsadlarini inobatga olgan xolda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish shakllari quyidagilar : mashqlar, treninglar, vaziyatli topshiriqlarni xal etishga qaratilgan mashg‘ulotlar, aniq topshiriqlarni modellashtirish bo‘yicha mashg‘ulot-lar, rolli o‘yinlar, ishga doir o‘yinlar, darslarni mustaqil o‘tkazish va x.k.
    Amaliy mashg‘ulotlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    - o‘quvchining asosiy nazariy bilimlarga ega bo‘lishi zarurligini tushu-nishi;
    - kasbiy yo‘nalishga ega bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlanti-rish zaruratini anglash;
    - ko‘nikma va qobiliyatlarni shakllantirish uchun optimal sharoitlar yaratish (sanitariya-gigiena, didaktik, ta’lim);
    - o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni egallashning ratsional usul-larini o‘rgatish;
    - har bir o‘quvchining mustaqil faoliyatlarini ta’minlash;
    - o‘quvchilarning malakasi va ko‘nikmalarini shakllantirishda tizimli va mantiqiy tartibga amal qilish;
    amaliy mashg‘ulotlar uchun aniq professional yo‘naltirilgan vazifa-larni ishlab chiqish;
    - amaliy mashg‘ulotlar tizimida ijodiy vazifalarni keng jalb qilish;
    - amaliy vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tmuntazam nazorat qilish;
    - amaliy mashg‘ulotlarda doimiy ravishda o‘quvchilarni rag‘batlanti-rish.
    Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, o‘qituvchi muammolarni hal qilishda o‘quvchilarning xotirasida va ongida o‘rnatilishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalarni belgilaydi. Ajratilgan vaqt ichida mavzu bo‘yicha barcha savollarni etarli darajada chuqurroq yoritishi mumkin emasligini hisobga olsak, o‘qituvchi eng muhimlarni tanlashi va ularni munozarali muayyan ketma-ketlikda taqsimlashi kerak;
    Muayyan mavzuda o‘quv materialining hajmi va mohiyatini (vazifalari va ular uchun savollar) aniqlagandan keyin, o‘qituvchi ushbu materialni (bir, ikki yoki undan ortiq) mashg‘ulotlar uchun ajratilgan soat soniga qarab taqsimlaydi.
    Undan keyin har bir dars uchun ish rejasi tuzilishi kerak, bu quyida-gilarni o‘z ichiga olishi mumkin: topshiriqlarni ko‘rib chiqishdan oldin o‘quvchilar tomonidan dars mavzusi bo‘yicha berilgan savollar; qanday vazi-falar ko‘rib chiqilishi kerak; muammolarni echishda qanday qo‘shimcha savol-lar berilishi kerak; qisqa muammoni hal qilish; qaysi o‘quvchi chaqirilishi kerak, nima vazifa va qanday savol berish kerak.
    Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartibi:

    1. Kirish:

    • mashg‘ulotning mavzusini va maqsadini aytish;

    • amaliy ishlarni tashkil etishga zarur bo‘lgan nazariy bilimlarni aktuallashti rish.

    1. Asosiy qism:

    • eksperiment yoki boshqa amaliy ishlarni bajarish algoritmini ishlab chiqish;

    • ko‘rsatmalar berish;

    • natijalarni aniqlash usuli bilan tanishish;

    • amaliy ishni o‘quvchining mustaqil bajarishi.

    1. YAkuniy qism:

    • natijalarni umumlashtirish va tizimlashtirish;

    • amaliy mashg‘ulot natijalarini yakunlash va o‘quvchilarning ishlarini baholash.




    Download 207.53 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 207.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: Tibbiyot kollejlarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi Reja

    Download 207.53 Kb.