YARIMO‘TKAZGICHLARNI ELEKTROFIZIK XUSUSIYATLARI. QATTIQ JISM




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana23.10.2022
Hajmi0.63 Mb.
#27892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-Ma\'ruza (El&Sxema1 Sirtki ta\'lim uchun)
2-lekciya, 14-leciya, 12-lekciya, 6-Ma\'ruza (El&Sxema1 Sirtki ta\'lim uchun), Abu Ali ibn Sino, Ижроия орган аъзолари руйхати, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати(1), 143994141, Ziyatov Ulug`bek 2003, ot kishnagan oqshom, 8-маъруза (1), ТАРИХ ФАНИ, O‘RQ-788 08.08.2022, Axborotni eng kichik o‘lchov birligi qaysi javobda to‘g‘ri beril
YARIMO‘TKAZGICHLARNI ELEKTROFIZIK XUSUSIYATLARI. QATTIQ JISM 
ZONALARI TEORIYASI ELEMENTLARI
(2-QISM) 


Xususiy elektr o‘tkazuvchanlik. Yarim o‘tkazgichli elektronika maxsulotlarining deyarli 
97 % kremniy asosida yasaladi. 5.3-rasmda kiritmasiz kremniy panjarasining soddalashtirilgan 
modeli (a) va uning zona energetik diagrammasi (b) keltirilgan. Agar yarim o‘tkazgich kristalli 
tarkibida kiritma umuman bo‘lmasa va kristall panjaraning tuzulmasida nuqsonlar (bo‘sh 
tugunlar, panjara siljishi va boshqalar) mavjud bo‘lmasa, bunday yarim o‘tkazgich xususiy deb 
ataladi va i harfi bilan belgilanadi. 
5.3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, kremniy xususiy kristallida uning atomining to‘rtta valent 
elektroni kremniyning qo‘shni atomining to‘rtta elektroni bilan bog‘lanib, mustahkam sakkiz 
elektronli qobiq (to‘g‘ri chiziq) hosil qiladi. 0 K temperaturada bunday yarim o‘tkazgichda erkin 
zaryad tashuvchilar mavjud bo‘lmaydi. Lekin temperatura ortishi bilan yoki yorug‘lik nuri 
tushirilganda kovalent bog‘lanishlarning bir qismi uziladi va valent elektronlar o‘tkazuvchanlik 
zonasiga o‘tish uchun yetarlicha energiya oladilar.
5.3-rasm. Kremniy kristallida 
Natijada valent elektron erkin zaryad tashuvchiga aylanadi va kuchlanish ta’sir ettirilsa u 
tok hosil qilishda ishtirok etadi. Elektron yo‘qotilishi natijasida atom musbat ionga aylanadi. 
Bir vaqtning o‘zida valent zonada bo‘sh sath hosil bo‘ladi va valent elektronlar o‘z 
energiyalarini o‘zgartirishlariga, ya’ni valent zonasining biror ruxsat etilgan sathidan boshqasiga 
o‘tishiga imkon yaratiladi. Shunday qilib u tok hosil bo‘lish jarayonida qatnashishi mumkin. 
Temperatura ortgan sari ko‘proq valent elektronlar o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tadilar va elektr 
o‘tkazuvchanlik ortib boradi. 
Valent zonadagi erkin energetik sath yoki erkin valent bog‘lanish qovakli deb ataladi va u 
elektron zaryadining absolyut qiymatiga teng bo‘lgan erkin musbat zaryad tashuvchi hisoblanadi. 
Qovakning harakatlanishi valent elektroni harakatiga qarama – qarshi bo‘ladi. 
Shunday qilib, atomlar orasidagi kovalent bog‘lanishning uzilishi bir vaqtning o‘zida erkin 
elektron va elektron ajralib chiqqan atom yaqinida kovak hosil bo‘lishiga olib keladi. Elektron – 
kovak juftligining hosil bo‘lish jarayoniga zaryad tashuvchilar generatsiyasi deb ataladi. Agar bu 
jarayon issiqlik ta’sirida amalga oshsa, u issiqlik generatsiyasi deb ataladi. O‘tkazuvchanlik 
zonasida elektronning hosil bo‘lishi va valent zonasida kovakning yuzaga kelishi 5.4, b-rasmda 
mos ishoralar yordamida aylanalar ko‘rinishida tasvirlangan. Strelka yordamida elektronning 
valent zonasidan o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tishi ko‘rsatilgan. 
Generatsiya natijasida yuzaga kelgan elektronlar va kovaklar yarim o‘tkazich kristallida 
yashash vaqti deb ataladigan biror vaqt mobaynida tartibsiz harakatlanadilar, so‘ngra erkin 
elektron to‘liq bo‘lmagan bog‘lanishni to‘ldiradi va bog‘lanish hosil bo‘ladi. Bu jarayon 
rekombinatsiya deb ataladi. 
O‘zgarmas temperaturada (boshqa tashqi ta’sirlar mavjud bo‘lmaganda) kristall 
muvozanat holatda bo‘ladi. Ya’ni, generatsiyalangan zaryad tashuvchilar juftligi soni 
rekombinatsiyalangan juftliklar soniga teng bo‘ladi. Birlik hajmdagi zaryad tashuvchilar soni
ya’ni ularning konsentratsiyasi, solishtirma elektr o‘tkazuchanlik qiymatini beradi. Xususiy yarim 
o‘tkazgichlarda elektronlar konsentratsiyasi kovaklar konsentratsiyasiga teng bo‘ladi (n

Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YARIMO‘TKAZGICHLARNI ELEKTROFIZIK XUSUSIYATLARI. QATTIQ JISM

Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish