Darsning asosiy tushunchalari




Download 157.5 Kb.
bet6/34
Sana19.03.2017
Hajmi157.5 Kb.
#352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Darsning asosiy tushunchalari
Windows nima?

Windows inglizcha so’z bo’lib, derazalar, oynalar degan ma’noni anglatadi. Biz o’rganmoqchi bo’lgan WINDOWS XP operatsion sistemasi ishga tushganda monitorda quyidagi quyidagi kabi ko’rinish aks etadi: Bu ko’rinish Windowsning ish stoli yoki qisqacha ish stoli (Rabochiy stol) deb ataladi. Ish stolida, asosan, Pusk (Пуск) tugmasi, masalalar paneli (Панел задач), Mening kompyuterim (Мой компъютер), Mening hujjatlarim (Мои документЫ) papkasi, Savatcha (Корзина), fayl belgisi, Yorliqlar (burchagida strelka belgisi bor rasmlar) joylashgan bo’ladi. Ularning hammasi rasmchalar piktogrammalar deyiladi. Pusk tugmasi bosilganda ekranda Pusk menyusi hosil bo’ladi. Pusk menyusida Windowsda ish boshlash bilan bog’liq bo’lgan barcha imkoniyatlar mujassamlangan. Savatcha o’chirilgan ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun hizmat qiladi.

Kompyuter ishlashi uchun faqat elektr tokining o’zi yetarli emas. U inson tomonidan beriladigan buybuqlar asosida ishlaydi. Ma’lum bir vazifani bajarish uchun kompyuterga beriladigan buyruqlar ning tartibli ketma –ketligi, odatda dastur deb ataladi. Ular kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadi.

Kompyuterning qurilmalari qattiq qism (Hardware) deb, dasturlar yumshoq qism (Sofware) deb ataladi. Dasturni yumshoq qismdeb atalishining asosiy sababi shundayki, ularni osongina o’chirish yoki boshqasiga almashtirish imkoniyati bor.

Kompyuterda samarali foydalana olishimiz uning faqat texnik imkoniyatlarigigina emas, balki ko’proq undagi dasturlarga bog’liq bo’ladi.

Chunki kompyuterdagi dasturlargina kerakli qurilmalarni ishga tushiradi va bizga matn yozish, rasm chizish, musiyqa eshitish, kino ko’rish kabi imkoniyatlarni beradi.

Kompyuterlar uchun hilma-hil dasturlar ishlab chiqarilgan. Ular ichida eng asosiy dastur operatsion sistema hisoblahadi. Kompyuter ishga tushirilganda avvalo operatsion sistema ishga tushadi.

U kompyuter qurilmalari va dasturlarning mutanosib ishlashini ta’minlab, kompyuterda ishlashimizni osonlashtiradi. Operatsion sistemalari juda ko’p bo’lib, WINDOWS 98, WINDOWS XP, LINUX, UNIX, MACINTOSH shular jumlasidandir.

Fayl yoki papka nima?

Avvalgi darsda ma’lumotlar kompyuterning tashqi xotirasida saqlanishini bilib oldingiz. Tashqi xotirada saqlanayotgan har qanday ma’lumot o’z nomiga ega bo’ladi. Tashqi hotirada biror nom bilan saqlab qo’yilgan har qanday ma’lumot fayl deb ataladi.

Uy vazifasi 3-darsni o’qib o’rganib kitobda berilgan savollarga javob yozib kelish.


IBM tasdig’i:



Download 157.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 157.5 Kb.