|
6 – amaliy mashg’ulot mavzu: Agregatsiyalash protokollari-lacp, pagPni sozlash
|
bet | 1/3 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 153,09 Kb. | | #248272 |
Bog'liq 6-amaliyot
6 – AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Agregatsiyalash protokollari-LACP, PAgPni sozlash.
Ishdan maqsad: LACP, PAgP protokollari sozlash va ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
Nazariy ma’lumot
Agregatsiya kanal (ing. link aggregation) – bir nechta fizik kanalni bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini beradigan texnologiya. Agregatsiya kanal fizik kanal bo`ylab mantiqiy kanalda trafiklarni taqsimlash va bitta yoki bir nechta jismoniy kanallarni bitta mantiqiy kanalda ichki rad etilish holati sodir bo`lganda zahiralash imkonini beradi. Bunday texnologiya kanal o`tkazish qobiliyatini va ishonchligini oshirish imkonini beradi. Tarmoq topologiyasi 6.1-rasmda keltirilgan
6.1 - rasm. Kommutatorlar o`rtasida agregatsiya kanalning tashkil etilishi
Agregatsiya kanallar to`g`risida umumiy axborotlar
Agregatsiya kanallar ikkita masalani yechish imkonini beradi:
Agregatsiya kanallar ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator, kommutator va xostlar o`rtasida yaratilishi mumkin.
Cisco da kanallarni agregatsiyalash uchun quyidagi uchta variantdan biridan foydalanish mumkin:
LACP (Link Aggregation Control Protocol) standart protokol;
PAgP (Port Aggregation Protocol);
Protokoldan foydalanmaydigan statik agregatsiyalash.
EtherChannel mantiqiy kanal fizik kanal bo`ylab kadrlarni taqsimlaydi, raqamli belgiga ega kadrda manzil to`g`risida axborotlarga tegishli ikkilik shablonda ifodalaydi, dastlabki bosqichida mantiqiy kanalda fizik kanallardan biri tanlaniladi. EtherChannel kanallarni taqsimlash Cisco xeshlash algoritmiga asoslanadi.
Cisco qurilmasida kanalni agregatsiyalashni sozlashda bir nechta terminlardan foydalaniladi:
EtherChannel — kanallarni agregatsiyalash texnologiyasi. Termin kanallarni agregatsiyalash uchun Cisco da foydalaniladi. EtherChannel dan ekranlanmagan juft o`ramli kabellar (UTP) yoki bir va ko`p moddali optik tolali kabellar orqali lokal tarmoqda kommutatorlarni, marshrutizatorlar, serverlar, mijozlar bir-biri bilan bog`lashda foydalaniladi.
port-channel — mantiqiy interfeys, ya’ni fizik interfeyslarni birlashtiradi.
channel-group — bu buyruq qaysi mantiqiy interfeys fizik interfeysda joylashganligini va qaysi agregatsiyalash rejimidan foydalanishi ko`rsatadi.
6.2-rasm. Port-channel mantiqiy interfeys
Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi.
Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel mantiqiy interfeys raqamini bildiradi. Ikki tarafi agregatsiyalangan kanalli mantiqiy interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak. Raqam bitta kommutatorda turli port guruxlarini farqlashda foydalaniladi.
|
| |