6-Amaliy mashg’ulot Kontaktorlar




Download 61.29 Kb.
bet1/3
Sana14.01.2023
Hajmi61.29 Kb.
#38217
  1   2   3
Bog'liq
3 Kontaktorlar
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

6-Amaliy mashg’ulot

Kontaktorlar


Ishdan maqsad: O‘zgarmas Kontaktorlarning belgilanishi va ularga qo‘yiladigan talablar, tok kontaktorlarining xususiyatlari, O‘zgaruvchan tok kontaktorlari o’rganish.

Tayanch so‘zlar va iboralar: Kontaktor; mexanik yemirilishga bardoshlilik; elektr yemirilishga bardoshlilik; kontakt tizimi; kontaktorning nominal toki; yoy o‘chirish tizimi; magnitli puflash; yoy o‘chirish g‘altagini ketma-ket ulangan tizimi; yoy o‘chirish g‘altagining parallelp ulangan tizimi; doimiy magnitli tizimlar; kontaktorning elektromagnit tizimi; o‘zgaruvchan tok kontaktorlari.


Nazariy qisim:
Kontaktorlar deb, katta tok kuchiga ega elektr zanjirlarini (kuch zanjirlarini) masofadan turib tez-tez ulab-uzish uchun belgilangan, bir bosqichli ikki pozitsiyali apparatga aytiladi. amaliyotda elektromagnitli, gidravlik va pnevmatik yuritmali kontaktorlarning turlari mavjud bo‘lib, ulardan eng ko‘p tarqalgani elektromagnitli yuritmaga ega kontaktorlardir. Tok turiga ko‘ra esa kontaktorlar o‘zgarmas tok kontaktorlari va o‘zgaruvchan tok kontaktorlariga bo‘linadi.
Hozirgi paytda elektr yuritma tizimi sxemalarini ulab-uzish chastotasi soatiga 3600 tagachani tashkil etadi. Bunday rejim juda ham og‘ir rejim hisoblanadi, chunki har bir ulab-uzish jarayonida kontaktlar yemirilib boradi. Shunga ko‘ra kontaktorlar umumiy holda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishlari talab qilinadi:

  • mexaniq yemirilishga bardoshlilik – ushbu xususiyat kontaktorning xech qanday ta’mirsiz, shuningdek birorta ham ehtiyot qismini almashtirmay amalga oshirgan ulab-uzish miqdori bilan o‘lchanadi (bunda tok kuchi nolpga teng bo‘lib, zamonaviy kontaktorlar uchun ushbu miqdor (10-20) . 106 ga tengdir);

  • elektr (kommutatsion) yemirilishga bardoshlilik – ushbu xususiyat esa kontaktorning shunday miqdordagi ulab-uzishlar soniki, bundan keyin kontaktorning ta’mirlanishi talab qilinadi (zamonaviy kontaktorlar uchun ushbu miqdor (2-3) . 106 tani tashkil etadi).

  • imkon darajasida kichiq o‘lchamlarga ega va vazni yengil bo‘lishi kabilar talab qilinadi.

Kontaktorlar quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi: kontakt tizimi; yoy o‘chirish qurilmasi; elektromagnit; yordamchi (blok) kontaktlar tizimi.
O‘zgarmas tok kontaktorlarining xususiyatlari. a) Kontakt tizimi – kontaktorning mexaniq va elektrik jihatdan eng ko‘p yemiriladigan qismidir. Yemirilishni kamaytirish maqsadida chiziqli-yumalab ulanuvchan kontaktlardan foydalaniladi. Bunda kontaktlar tebranishini imkon darajasida kamayishiga erishish muhim ahamiyatga ega.
Kontaktorning nominal toki uning asosiy parametrlaridan biri hisoblanib, u kontaktorning kattaligini belgilaydi. Misol uchun, II-kattalik kontaktorining nominal toki 100A, III-kattalik kontaktori uchun 150A va hokazodir. Qaytariluvchan uzoq muddatli rejim uchun belgilangan tok kontaktorning nominal toki deb hisoblanadi (ushbu rejimda kontaktor 8 soat davomida ulangan holatda bo‘ladi, so‘ngra esa kontakt yuzalarini mis oksididan tozalash maqsadida bir necha marta uzib, ulanadi). Agar kontaktor boshqarish shkafining ichki qismiga o‘rnatilgan bo‘lsa, nominal tok miqdori 10% ga kam deb belgilanadi (ish sharoiti yomonlashgani sababli) va agar kontaktorning ulangan holatda bo‘lishi 8 soatdan ortiq bo‘lsa, nominal tok 20% ga kam qilib belgilanadi.
Qayta qisqa muddatli ish rejimida (PV=40%) tokning ru’sat etilgan qiymati nominal tokning 120% ga teng bo‘ladi. Tokning qayta qisqa muddatli rejim uchun ruxsat etilgan qiymatini quyidagi tenglamaga ko‘ra aniqlash tavsiya etiladi:
;
bu yerda: Inom – uzoq muddatli rejim uchun nominal tok; n – soatiga ulab-uzishlar miqdori (soni)%; PV - ulanish davomiyligi, %.
Kontaktorlarning kontakt tizimi aslida bir qutblidir. Lyokin asinxron dvigatellarni ulab-uzish chastotasi yuqori (1200 tagacha) bo‘lganda revers qilish uchun ikki qutbga ega bo‘lgan KTPV-600 kontaktorlari qo‘llaniladi.



8.2-rasm.

Ushbu kontaktorlarda harakatlanuvchan kontaktlar apparat korpusidan izolyatsiya qilingan bo‘lib, xavfsiz ish sharoitini ta’minlaydi. Dvigatelni yuritish, to‘xtatish va revers qilish uchun shunday kontaktorlardan uchtasi talab qilinadi.


Yoy o‘chirish tizimi. O‘zgarmas tok kontaktorlarida ko‘p hollarda yoy o‘chirishning magnitli puflash tizimi keng qo‘llaniladi. Kontaktning harakatlanmaydigan qismi qatirilgan o‘qqa alohida g‘altak o‘rnatiladi, yoy hosil bo‘lganda ushbu g‘altakda magnitlovchi kuch hosil bo‘lib, mazkur kuch ta’sirida magnit oqimi hosil bo‘ladi va ushbu oqim qisman yoy orqali oqib o‘tadi. Magnit maydon bilan yoy toki o‘rtasidagi ta’sirlashuv natijasida elektrodinamik kuch hosil bo‘lib, u yoyni katta tezlikda siljishiga olib keladi.
Yoy uzunligi birligiga ta’sir etuvchi elektrodinamik kuch miqdori:

Magnit maydoni hosil qilish usuliga ko‘ra yoy o‘chirishning quyidagi tizimlari mavjud:
 yoy o‘chirish g‘altagi ketma-ket (seriesli) ulangan tizim;
yoy o‘chirish g‘altagi parallelp (shuntli) ulangan tizim;
 doimiy magnitli tizim.

Birinchi holatda g‘altakdan elektr manbasidan uzatilayotgan zanjir toki oqib o‘tadi. Bunda:


F1= R1 . I2 yoki F1= I2
Ushbu tizimning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • mazkur tizim tok kuchi 100A dan yuqori bo‘lganda samarali ishlaydi;

  • tizimning ishlashi tok yo‘nalishiga bog‘liq emas (tok o‘z yo‘nalishini o‘zgartirganda magnit maydon o‘z ishorasini o‘zgartiradi, yoyga ta’sir qilayotgan kuch esa ishorasini o‘zgartirmaydi);

  • yoy o‘chirish g‘altagidan zanjirning nominal toki oqib o‘tishi munosabati bilan g‘altak kesim yuzasi katta bo‘lgan o‘tkazgichdan yasaladi, shu munosabat bilan g‘altak mexaniq jihatdan bikir bo‘lib, ish davomidagi favqulotda turtunishlar uning uchun havfli emas. G‘altakda tushayotgan kuchlanish bir volptning yuzdan bir ulushlarini tashkil qiladi, shu munosabat bilan g‘altak izolyatsiyasiga katta talablar qo‘yilmaydi.

Mazkur tizim quyidagi kamchiliklarga ega:

  • kichiq toklarda (5-7A) hosil bo‘lgan yoylarning qiyin o‘chirilishi;

  • qo‘shimcha g‘altak uchun mis sarfi;

  • yoy o‘chirish g‘altagining qizishi hisobiga kontaktlarning qo‘shimcha qizishi.




Download 61.29 Kb.
  1   2   3




Download 61.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-Amaliy mashg’ulot Kontaktorlar

Download 61.29 Kb.