• User as default
  • 1. .OPJ
  • 1. “New Design”
  • 15-rasm. PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturi boshlash oynasi 15-rasmda ko’rsatilgan oyna markazida joylashgan “Recent files”
  • 17-rasm. O’tkzgich va sxema elenentlarini ranglarini tanlash bo’limi.
  • Nazorat savollari
  • 6-Amaliy mashg’ulot. Pspice elektron sxemalarni modellashtirish dasturi intefeysi bilan tanishish




    Download 388.9 Kb.
    Sana17.10.2022
    Hajmi388.9 Kb.
    #27363
    Bog'liq
    6-amaliy mashg\'ulot
    ж ш таййор, 9 sinf rasmlari (Автосохраненный), Akbar chorva 2

    6-Amaliy mashg’ulot.
    PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturi intefeysi bilan tanishish.

    PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturi amerikaning MicroSim Corp kompaniyasi tomonidan elektron sxemalarni modellashtirish, simulyatsiya qilish, loyihalash va hisoblash uchun ishlab chiqarilgan. PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturi interfeysi ingliz tilida ishlab chiqarilgan. Dastur kutubxonasi elementlari turli davltlarda ishlab chiqarilgan turli xildagi elektron komponentlar bilan boyitilgan. PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturi kutubxonasidan yarimo’tkazgichli elementlar, turli yillarda ishlab chiqarilgan elektron lampalar aktiv va passiv elementlar, raqamli va analaog integral sxemalar joy olgan. PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturining asosiy afzalliklaridan biri dastur elementlari kutubxonasining kattaligidadir.


    PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturini kompyuterga o’rnatganimizdan keyin unda yangi loyiha yaratish bosqichlari bilan tanishib chiqamiz:
    1. Dastur ishga tushirilgandan so’ng quyidagi oyna ekranga chiqadi (14-rasm):
    2. 6.1-rasmda yaratiladigan loyiha uchun litsenziya tanlanadi, bunda User as default belgi qo’yilsa litsenziyani o’zimiz tanlaymiz va Ok tugmasini bosamiz.
    3. User as default bo’limini belgilaganimizda dasturni keyinchalik takroriy ishga tushirishda birinchi tanlagan litsenziya asosida yangi fayl ochiladi.
    PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturida sxemalar ikki xil kengaytmali fayl ko’riishhida saqlanishi mumkin:
    1..OPJ – bu formatda sxema loyiha ko’rinishida saqlanadi;
    2..DSN – bu formatda loyihaning faqat sxemasi saqlanadi.

    14-rasm. Litsenziya tanlash oynasi

    Yaratilayotgan fayl litsenziasini tanlaganimizdan so’ng, ekranga quyidagi oyna ochiladi (15-rasm). Bu oynada tanlanishi kerak bo’lgan 4 ta asosiy bo’lim mavjud:


    1. “New Design” bo’limi tanlanganda sxemani ishlab chiqarish dizayni yaratiladi.
    2. “New Project” bo’limi tanlanganda ham yagi fayl yaratiladi va bu faylning tarkibiga sxemaning dizayni kirmaydi.
    3. “Open design” bo’limida avval yaratilgan dizynlarni ko’rish va qayta ishlash mumkin.
    4. “Open project” bo’limida avval yaratilgan loyihalarni ochib ko’rish mumkin.

    15-rasm. PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturi boshlash oynasi

    15-rasmda ko’rsatilgan oyna markazida joylashgan “Recent files” bo’limida oxirgi ochilgan fayllarni ko’rish mumkin (16-rasm).





    16-rasm. Oxirgi ochilgan fayllar bo’limi

    PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturida yangi fayl yaratganizdan keyin dasturning ishchi oynasi ochiladi. Ishchi oyna parametrlarini ham yaratilayotgan loyiha turiga qarab sozlash mumkin.





    17-rasm. O’tkzgich va sxema elenentlarini ranglarini tanlash bo’limi.
    PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturi barcha paramatrlari sozlangandan so’ng, ihchi oynada loyiha sxemasini yaratish mumkin. Sxema elementlari dastur kutubxonasi faylaridan tnlanadi. Dastur keng imkoniyatlarga ega, masalan biror bir elementning parametrlarini tanlagan holda uning virtual modelini yaratish mumkin.


    Topshhiriq:
    PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturida yang fayl yaratib elementlarni elementlar kutubxonasidan olib sodda sxema yarting va uni har xil kengaytmalarda saqlashni ko’rsatib bering.
    Nazorat savollari?

    1. PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturida qanday ishga tushiriladi?

    2. PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturida yangi fayl qanday yaratiladi?

    3. PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturida virtual modellar qanday yaratiladi?

    4. PSpice elektron sxemalarni modellashtirish dasturida fayllar qanday formatlarda saqlanadi?

    Download 388.9 Kb.




    Download 388.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Amaliy mashg’ulot. Pspice elektron sxemalarni modellashtirish dasturi intefeysi bilan tanishish

    Download 388.9 Kb.