MAGNIY VA TITAN QOTISHMALARI




Download 13.29 Mb.
bet13/59
Sana21.10.2022
Hajmi13.29 Mb.
#27700
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
materialshunoslik kitob
Doca4, Документ Microsoft Word (14), DASTUR Stansiyalarni ta\'mirlash
1.6. MAGNIY VA TITAN QOTISHMALARI


Magniy — ximiyaviy element, bel-gisi Mg.at. n. 12, at. m. 24,305. Yaltiroq, kumushsimon-oq juda engil metall. Tabiatda keng tarqalgan. Magniy karbonatlari magnezit va dolomitning nihoyatda katta to’plamlari mavjud, shuningdek kar­nallit ham muhim sanoat xom ashyosi hisoblanadi. Erigan karnallitni elektroliz qilib, dolomitni metallotermik qaytarib va boshqa usullar bilan magniy olinadi.
Magniy asosan, engil qotishmalari ishlab chiqarishda; metallurgiyada ba’zi metall va qotishmalarni oksidsizlantirish va oltingugurtdan tozalashda, qiyin tiklanuvchan metallar (masalan, titan) xosil qilishda; Magniy kukunining oksidlagichlar bilan aralashmalari yorituvchi va yondiruvchi raketalar, snaryadlar tayyorlashda, kino va fototexnikada yoritish texnikasida; Magniy birikmalari qurilish materiallari (sement, ksi­lolit, fibrolit va boshqa) ishlab chiqarish da ishlatiladi.
Magniy qotishmalari (magnievie splavi)— magniy asosidagi alyuminiy, rux, marganes, sirkoniy, litiy, siyrak er elementlari va boshqa qo’shilgan quyma va deformasiyalanuvchi qotishmalar. Engil konstruk­siey materiallari bo’lib, ularning zichligi 1480—1810 kg/m3, ya’ni po’latga nisbatan 4 marta, alyuminiy va uning qotishmalariga nisbatan 1,5 marta kichik. Mexanik xossalari yuqori, kesib ishlov berish oson. Magniy qotishmalari aviasiya, raketasozlik, kosmik texni­ka, avtomobil sanoati, kino va fotoapparatlar tayyorlash va boshqada ishlatiladi; magniy qotishmalaridan tayyorlangan detallarni kriogen va yuqori t-ralarda ishlatish mumkin.
Titan qotishmalari (titanovie splavi)— tarkibida alyuminiy, molibdev, vanadiy, marganes, xrom, qalay, temir va boshqa elementlar bo’lgan titan asosidagi qotishmalar. Mustahkamligi yuqori, zichligi kichik; xona temperaturasi xamda yuqori temperaturalarda dengiz suvi va ba’zi agressiv muhitlarda zanglash va emirilishga turg’unligi bilan xarakterlanadi. titan qotishmalari samolyot va raketasozlik, energetika mashinasozligi, kemasozlik, kimyo sanoati va boshqa sohalarda qo’llanadi.



Download 13.29 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Download 13.29 Mb.