• PAYVANDLASH ISHLARI TEXNOLOGIYASI.
  • Eshik lukidonlarining spesifikasiyasi




    Download 13.29 Mb.
    bet30/59
    Sana21.10.2022
    Hajmi13.29 Mb.
    #27700
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
    Bog'liq
    materialshunoslik kitob
    Doca4, Документ Microsoft Word (14), DASTUR Stansiyalarni ta\'mirlash
    Eshik lukidonlarining spesifikasiyasi.
    S terjenni tutib turadigan qoplagichlar shakldor bo’lishi, sterjenni zich ushlab turishi va quloqlari bilan asosga mahkam o’rnatilishi kerak. Asosiy kuch yuqoridagi qoplagichga tushishini nazarda tutib, uning enini ostki qoplagichga nisbatan kengroq va qolgan o’lchamlarini bir xil qilish lozim (60-rasm). Ostki cheklagichning konstruksiyasini tokchasining eni 15 mm, uzunligi asosining kengligiga baravar odatdagi 90° li burchaklik sifatida tasavvur qilish mumkin (61-rasm).
    Sterjenning qotirgichi ham tokchasining o’lchami taxminan 15 mm burchakdan iborat bo’lib, yuqoridagi tokcha 3 mm bukilishi lozim (62-rasm).

    Bunda qotirgichning uzunligi sterjenning surilishiga monelik qilmasligi kerak. Eshik lo’kidonidagi hamma detallarning konstruksiyalari ishlab chiqilgach, ularning asosdagi o’rinlarini hamda o’rnatilish yo’llarini topish lozim. Bunda sterjenning yuqoriga va pastga bemalol harakatlanishidan tashqari, kerakli holatlarda to’g’ri qotirilishini ham hisobga olish shart.



      1. PAYVANDLASH ISHLARI TEXNOLOGIYASI.



    P ayvand birikmalar —metall qismlarni payvandlash yo’li bilan hosil qilinadigan birikmalar. Uchma-uch (63-rasm, a). tavrli (63-rasm, b), ustma-ust (63rasm, v), burchakli (63-rasm, g), tiqinli (63-rasm, d), o’nma (63-rasm,e) xillari bor. Payvand birikmalarning asosiy qismi payvand chok hisoblanadi. Chok kesimiga metall to’ldirish darajasiga qarab, normal (64- rasm,a), qabariq (64-rasm,b) va botiq (64-rasm,v) xillarga bo’linadi. Payvand birikmalar choklari uzluksiz (64-rasm,g) va uzlukli (64-rasm,d) bo’ladi. Payvand birikmalar mustahkamligi asosan panvand chokning sifati bilan aniqlanadi. Payvand birikmalar mashinasozlik, qurilish, avtomobil sanoati va texnikaning boshqa sohalarida qo’llaniladi.
    Payvand trubalar, payvand chokli trubalar — po’lat list yoki lentani truba shaklida bukib uchma-uch va ustma-ust payvandlash yo’li bilan tayyorlaiadngan trubalar.
    Elektr payvand, gaz payvand va pech payvand usullari bilan tayyorlanadi. Elektr payvandning qarshilikli va yoyli xillari bor. Gaz pay­vandda metall polosani stanokda truba shak­lida bukib, asetilen-kislorod gorelkasida qizdiriladi.
    P ech payvandda metall po­losani pechda qizdirib, truba shakliga keltiruvchi mahsus voronkadan tortib o’tkaziladi (65-rasm). payvand trubalar, asosan, gazoprovodlar uchun ishlatiladi.
    Payvandlash (texnikada)—qattiq materiallar (metallar, shisha, plastmassa va boshqa) ni ajralmas qilib biriktirish usuli. Metallarni payvaidlash qadimdai ma’lum. 1882-yilgacha bosim vaqtida payvandlashning temirchilik usulidan foydalapilgan. 1882—84 yillarda rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni ko’mir elektroddan foydalanib payvandlash (elektr yoy) usulini topgan. 1888—90 yillarda rus iijeneri N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, ko’mir elektrod o’rniga metall elektrod ishlatgan.
    1895 yilda asetilen topilgandan keyin E. Fushe gaz payvandlashni ixtiro qildi. Ma’lumki, o’tkazgichlardan elektr toki o’tganda kontaktlar qiziydi. Shu hodisaga asoslanib, amerikalik olim E. Tomson 1877 yilda qarshilikli uchma-uch payvandlash, keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt payvandlash usulini ixtiro qildi. 1894—1910 yillarda termit yordamida payvand usuli rivojlangan. Bunda alyuminiy va temir oksididan iborat termit kukuni yoiib, ekzotermik reaksiya yuz berishi hisobiga Kistrod P. sodir bo’ladi. O’sha yillari Gaz-press payvandlash Uzoq Sharqdagi kemasozlik z-dida prof. V. P. sxemasi. Vologdin elektr payvandlash usulida ko’priklar, shatakchi katerlar, fermalar va boshqalarni payvandladi. 1924—25 yillarda prof. V. P. Nikitin boshchiligida birinchi payvandlash mashinasi—SM-1 yaratildi. 1940 yilda Ukraina FA Elektr payvand intida akad. E. O. Paton boshchiligida flyus ostida avtomatik elektr yoy payvandlash usuli, keyinchalik B.E.Paton boshchiligida elektr shlakli payvandlash usuli ishlab chiqildi. Bosim ostida payvandlashda metallni plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashqi kuch ta’sir ettiriladi. Bunday payvandlashning mexanik, kimyoviy-mexanik va elektro mexanik usullari bor. Mexanik (sovuqlayin) payvandlashda metallning payvandlanadigan joyi tozalanadi va mahsus shtamp yordamida bu joyga ancha katta siquvchi kuch ta’sir ettiriladi.
    Doira yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi puanson bilan siqilganda metallda plastik deformasiya hosil bo’ladi; metall zichlashadi va donachalari maydalashadi. Alyuminiy va uning qotishmalari, mis, nikel, rux, alyuminiy-mis qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar shu usulda payvandlaiadi. Kimyoviy-mexanik usul temirchilik, gaz-press va termit xillarga bo’linadi. Temirchilik usulida metallning payvandlanadigan joyi yumshaguncha qizdirilib, bolgalanadi yoki press bilan qisiladi.
    Metall sirtida to’la payvandlanishga qarshilik ko’rsatadigan oksid qatlami hosil bo’ladi. Uni yo’qotish uchun kukun yoki pasta ko’rinishi dagi flyusdan foydalaniladi. Payvandlash vaqtida flyus erib, metall sirtini oksidlanishdan saqlaydigan yupqa toshqol katlami qoplaydi. Po’lat pokovkalar va boshqa shu usulda payvandlanadi. Gaz-press usulida biriktiriladigan metall qismlar uchma-uch keltirilib, shu joy gaz gorelkasi alangasida qizdiriladi, so’ngra mahsus moslama bilan siqiladi. Odatda, yoqilg’i sifatida asetilen ishlatiladi. Bu usul bilan po’lat, latun, mis, alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangai buyumlar payvandlanadi. Termit usulda metall termitda kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida qizib birikadi. Bunday payvandlash bir necha sekundgina davom etadi. Elektromexanik (kontakt) payvandlashda metall elektr toki bilan qizdiriladi va mexa­nik kuch ta’sirida siqiladi. U nuqtaviy rolikli va impuleli xillar­ga bo’linadi. Elektromexanik payvandlashda xavodagi kislorodiing ta’sir davri juda qisqaligidan oksid qatlami hosil bo’lmaydi, shuning uchun bu usulda flyus ishlatilmaydi. Eritib payvandlashda biror issiqlik manbai ta’si­rida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuslanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektr-kimyoviy va elektr ey usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga bo’linadi. Payvandlash vaqtida sodir bo’ladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallariiing tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metall­ning kimyoviy tarkibi o’zgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning uchun payvandlash texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, uiga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalar hosil qilishiing yangi metod va rejimlari izlanmokda. Masalan, gaz payvandda buyumlarning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularii atrofdagi muhit ta’siridan saqlaydigan turli flyuslar yoki mahsus qoplamalardan va gaz himoya usullaridan foydalaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi. Elektr kimyoviy usulda payvandlash zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan yoy) vo­dorod bilan, ba’zan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot va vodorod aralashmasi bilan o’raladi; natijada eritib yopishtiri­ladigan metall atrofdagi muhitning kimyoviy ta’siridan saqlanadi. So’nggi vaqtlarda payvandlash zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng qo’llanilmoqda. Elektr ey bilan payvandlashda buyumlarning payvand­lanadigan ishlari elektr yoyi bilan eritib bi­riktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va erimaydigan elektrodli xillarga bo’linadi. Bunday payvandlash qo’lda va avtomatik tarzda bajariladi. Eruvchan elektrod bilan payvandlashda buyum sirtida suyuq metall «vanna»si hosil bo’ladi. Elektrod metali elektr yoyida erib, vanna 2 ga tomchilab turadi. Bunda elektrod me­tali buyumning suyuqlangan metaliga aralashadi. Vanna qotib, chok hosil bo’ladi. Elektr ey bilanochiq yoy hosil qilib payvandlashda ishlatiladigan elektrod diametri 0,8—12 mm li dumaloq metall chiviqdan iborat. Uning sirtiga mahsus qoplama qoplangan.
    Bu qoplama chiviq bilan birga erib, suyuq metall (vanna) sirtini yupqa qatlam bilan qoplaydi. Elektr yoy bilan berk yoy hosil qilib payvandlashda yalang’och elektroddan foydalaniladi. Bunda payvandlash sochiluvchan flyus katlami ostida bajarilib yoy ko’zga ko’rinmaydi. Erimaydigan elek­trod bilan payvandlashda ko’mir elektrod ishlatiladi. Suyuq metall «vanna»si flyus, yoy zonasiga ney­tral gaz (argon, geliy) yoki aktiv gaz (karbo­nat angidrid, vodorod) yuborpsh yo’li bilan havo ta’siridan saqlanadi. Elektr yoy usuli metall va ularning qotishmalari, shisha, chinni, ba’zi plastmassalar, turli minerallar va boshqalarni biriktirishda qo’llaniladi. Bulardan tashqari, yuqori chastotali tok va elektron nur yordamida payvandlash usullari kashf qilingan. Suv ostida payvandlash (masalan, kemalarning tagini remont qilish), kosmosda payvandlash (masalan, kos­mik stansiyalarni kosmosda montaj qilish) usullari takomillashtirilmoqda. 1969 yil 11 oktyabrda uchirilgan «Soyuz-6» kosmik kemasida (kema komandiri G. S. Shonin, bortinjener V. N. Kubasov) yuqori vakuum va vazisizlik sharoitida turli metallarni payvandlash usullari tekshirib ko’rildi. Hozir lazer nurlari yordamida payvandlash usullari ishlab chiqilmoqda.




      1. Download 13.29 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




    Download 13.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eshik lukidonlarining spesifikasiyasi

    Download 13.29 Mb.