XUNARMANDCHILIKDA TAYYORLANADIGAN PICHOQ TURLARI




Download 13.29 Mb.
bet38/59
Sana21.10.2022
Hajmi13.29 Mb.
#27700
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Bog'liq
materialshunoslik kitob
Doca4, Документ Microsoft Word (14), DASTUR Stansiyalarni ta\'mirlash
XUNARMANDCHILIKDA TAYYORLANADIGAN PICHOQ TURLARI.



Pichoq — bir tomoni o’tkirlangan, plastinkasimon kesuvchi asbob.Qadimda tosh, mis, bronzadan ishlangan. Umuman, ilk paleolit davridan ma’lum. Temir davridan boshlab temir Pmchoqlar keng tarqalgan. Pichoqlar tig’, dastadan iborat bo’ladi. Pichoq tuzilishiga ko’ra to’g’ri Pichoq, qayqi Pichoq, bodomcha Pichoq, katta-kichikligiga ko’ra o’rtasuyamlik, gezlik, bolapichoq, chalabuzar,bezatilishiga ko’ra sodda Pichoq, guldor Pichoq, chilmixagulli Pichoq, rufta Pichoq, dastasining tuzilishiga ko’ra, yog’och sopli, suyak sopli, shoxdastali, dandon sopli, o’n uch sadafli, o’n besh sadafli, yasalish usuliga ko’ra tus (chust 83 - rasm) Pichoq, Qorasuv Pichoq, shahrixon Pichoq, buxorcha Pichoq, poyto’g’ Pichoq,quqon pichoq deb yuritiladi. Dastlab Pichoq kosiblik do’konlarida ishlab chiqarilgan. Hozir Pichoq, asosan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Ishlatilishiga ko’ra ro’zg’or Pichoqlari, bog’dorchilik, kosibchilik va boshqalarda qo’llanadigan xillari bor.

Pichoq O’rta Osiyoda, pichoqning oshxonada ishlatiladigan, 17- asr boshlaridan esa ochib-yopiladigan (cho’ntakda saqlanadigan—pakki, ustara va b.) xillari ham yuzaga kelgan. O’zbekiston terr-yasidan millodan avvalgi 2- ming yillikka oid pi­choq namunasi topilgan. Afrosiyob, Bolalik tepa, Varaxsha devorlariga chizilgan rasmlardan pichoqning uy-ro’zg’ordan tashqari harbiy qurol sifatida foydalanilganligini ham anglash mumkin. 6—12- asrlarga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq yasash texnikasining va bezaklarining o’zgarib, taraqqiy eta borganligini tasdiqlaydi.
Navoiy, Bobir asarlariga ishlangan miniatyuralarda (15—17-asrlar) yonga osib yuriladigan pichoqlarning turli xil namunalari ko’rsatilgan. Farg’ona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryoda P. ning qadimiy markazlari bo’lgan. Hozir O’zbekistonda 20 ga yaqin P. markazlari bor. Parkent, Shahrixon, Chust, Qorasuv, Qo’qon, Chimyon, Boysun, Buxoro va x.. k. Chust, Shahrixon, Qorasuvda (Farg’ona vodiysi) ishlangan pichoqlar milliy shaklining nafisligi, ixcham va o’tkirligi bilan qimmatlidir. Bu pichoqlar respublikamizda va uning tashqarisida muhim sovg’asifatida ham qadrlanadi.



Download 13.29 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Download 13.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XUNARMANDCHILIKDA TAYYORLANADIGAN PICHOQ TURLARI

Download 13.29 Mb.