6-ma`ruza. Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish materiallarga ishlov berish




Download 0.61 Mb.
bet4/7
Sana17.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#45901
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-ma`ruza. Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video m
Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish, raqamli bank ishi, 210 ижроси, 1.Komp qurilmalari, 1475effa-0ff8-47c4-a7c1-16af8018908b (1), Toxirova til va muloqot asb 2, 1. falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli reja, 6RI59wtmMWI0YNqm7aghIar1jD4BWiRqnTNt7O3Y, Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005
Ovozli ma’lumotlarni yozishda raqamlashtirish chastotalari tanlovi
Raqamli audiofayllarni tayyorlash anchagina sodda. Agar Siz ovozli material (analogli tashuvchi, masalan magnit lentada musiqa yozuvi yoki ovozli effekt) ga ega bo’lsangiz, u holda dastlab bu materialni raqamlashtiring va raqamli axborot tashuvchilarga yozing. Ko’pchilik hollarda bu jarayon – ovozli material ijro etilib, ovozni mos raqamlashtiruvchi dasturlar yordamida kompyuter xotirasiga kiritish orqali bajariladi.
Raqamli audiofayllarni tayyorlashda ikkita aspektga alohida e’tibor qarating: talab qilinayotgan ovoz sifati operativ va doimiy xotira hajmiga mos bo’lsin; yaxshi, tiniq ovoz yozuviga ega bo’lish uchun mos yozish darajasiga ega qurilma zarur.
Ko’pchilik ovoz kartalari maksimal chastotalarda yaxshiroq ishlaydi, shu sababli 44.1 KGs diskretizatsiya bilan ovoz yozish ma’qulroq, keyinchalik, zaruratga qarab, past chastotali fayllarga o’tkazish mumkin bo’ladi. Matematik nuqtai nazardan, raqamlashtirish chastotasi yozilayotgan signal chatotasidan ikki marta yuqori bo’lishi kerak. Kompakt disklarga yozish jarayonida yuqori aniqlikdagi 20 KGs chatotali ovozni uzatish uchun 44.1 KGs raqamlashtirish chastotasi qo’llaniladi. Biroq kompyuterlar uchun multimedia loyihalarini yaratishda mashina imkoniyatlarini ham hisobga olish kerak bo’ladi – katta raqamlashtirish chastotasi fayllarni saqlash uchun katta xotira hajmini va ijro etish uchun mukammal kompyuterni talab qiladi. Uncha ko’p bo’lmagan katta yoshdagi kishilargina 15 KGsdan yuqori chatotali ovozni eshita olishlari mumkin, bu chastota odatda stereofonik eshittirishlar uchun chegara bo’lib xizmat qiladi. Katta yoshli erkakning ovozi kamdan-kam holatda 7.5 KGs chastotadan oshadi. Bulardan kelib chiqib, multimedia loyihalari musiqali yo’lakchalarini, shuningdek, kadr ortidagi ovoz va musiqa va ovozdan tashkil topuvchi ovozli yo’lakchalarni yozishda 22.05 KGs raqamlashtirish chastotasi, kadr orti ovozlari va ovoz effektlarini yozish uchun 11 KGs chastota qo’llanilishi tavsiya etiladi.
Shunday qilib, ovozli ma’lumotlar bilan ishlashda quyidagilarni qo’llash tavsiya etiladi:
- ko’pchilik taqdimot va multimedia loyihalar uchun – 22.05 Gs, 8 bit, stereo yoki 22.05 KGs, 16 bit, stereo; - nutqni yozish uchun – 22.05 KGs, 16 bit, mono yoki 11 KGs, 8 bit, mono; - yetarlichi quvvatli komp-yuterlarda ijro maqsadidagi sifatli musiqa asarlarini yozish uchun – MP3 formatda 44.1 KGs, 16 bit, stereo.

Video tushunchalari va audio qurilmalar


Hozirgi kunda video ma’lumotlarning ikki toifasi mavjud: analogli va raqamli. Analogli video videosignallarni uzatishning dastlabki usuli bo’lib, analogli usuldagi birinchi video formatlardan biri kompozit videosignal hisoblanadi. Kompozit analogli video barcha videokomponentlarni (yorqinlik, rang, sinxronlik va h.k) bir signalga birlashtiradi. Bu elementlarni bir signalga birlashtirish hisobiga kompozit video sifati mukammal bo’la olmaydi. Natijada biz aniq bo’lmagan ranglar uzatilishiga, tasvirning yetarli bo’lmagan aniqligiga va boshqa sifat yo’qotish faktorlariga ega bo’lamiz. Shu sababli kompozit video turli video komponentlari mustaqil signallar sifatida namoyon bo’luvchi komponentli videoga tezda yo’l bo’shatib berdi. Bundan kelib chiqadiki, yuqorida tavsiflangan analogli formatlardagi asosiy kamchilik sifatda, chunki nusxa har doim originalga qaraganda sifatsizroq bo’ladi. Videomaterialdagi sifat yo’qotish xuddi fotonusxaga o’xshash bo’ladi – nusxa hech qachon originaldagidek tiniq va yorqin bo’lolmaydi. Analogli videodagi bu kamchilik raqamli videoformatning yaratilishiga sabab bo’ldi. Analogli videodan farqli raqamli videoda har bir nusxa original bilan bir xil bo’ladi.
Analogli video haqida qisqacha ma’lumot
Analogli video – Televidenieda qo’llaniladigan video tipi. Ekrandagi tasvir lyuminofor material bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir rangda nur tarqatuvchi ekran bo’ylab elektron nurlarning harakati davomida hosil qilinadi. Bu jarayon skanerlash deb ataladi va qatorlar (gorizontaliga) hamda kadrlar (vertikaliga) bo’yicha o’tkaziladi. Harakatli video hosil bo’lishi uchun sekundiga bir nechta kadrni skanerlash zarur. Televizorlarda kadrlar sekundiga bir necha o’nlab chastotada almashadi.
Television standartlar
Hozirgi kunda uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud:
- NTSC (National Television Standard Committee – milliy television standartlar komiteti) amerika standarti, kadrdagi starlar soni 525, chastotota 60 GGs;
- PAL (Phase Alternation Line – o’zgaruvchan fazali satrlar) nemis standarti, kadrdagi satrlar soni 625. chastota 50 GGs;
- SECAM (Séquentiel couleur avec mémoire – xotirali ranglar ketma-ketligi) fransuz standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastota 50 GGs.
Standartlar qo’llanilayotgan modulyatsiya va chastota qiymatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot

Download 0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-ma`ruza. Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish materiallarga ishlov berish

Download 0.61 Mb.