Sug‘urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma




Download 436.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana31.10.2023
Hajmi436.39 Kb.
#92106
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu
7-LABARATORIYA, Ulug`bek tabiat, dilfuza MAGISTR Z.Zamonova(2) 2023 222222222, maqola, Tarmoq havfsizligi MI Sobirov, Induvidual loyiha, Algo amaliy2, jismoniy shaxslardan olinadigan darom, РАЗДЕЛ 4, Avtomobillar tuzilishi javoblari, 1932 (1), 99-buyruq taqdimot Yakubova N, 33740 Strategik boshqaruv
2. Sug‘urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma. 
Sug‘urta bozori infratuzilmasining yana bir asosiy sub’ekti bu avariya 
komissaridir. U sug‘urta hodisasi yuz berganidan so‘ng shartnoma shartlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatda ishtirok etadi. Ta’kidlash mumkinki
avariya komissari sug‘urta tashkiloti bilan tuzgan shartnomasi asosida faoliyat 
yuritadi. U sug‘urta tashkilotining vakili sifatida sug‘urta hodisasi oqibatida zarar 
ko‘rgan mulkni ko‘rikdan o‘tkazadi, uning ko‘lami va sabablarini aniqlaydi hamda 
avariya sertifikatini tuzadi. Ba’zi mamlakatlarda sug‘urta tashkiloti tomonidan 
avariya komissariga ma’lum limit doirasida yo‘qolgan mulkni qidirish xarajatlarini 
amalga oshirish huquqi ham berilishi mumkin. 
Mamlakatimizda aksariyat hollarda sug‘urta tashkilotining o‘zi yoki hodisaning 
turiga qarab tegishli tashkilot (yo‘l patrul xizmati, baholovchi tashkilot va boshqa)lar 
tomonidan avariya komissarining vazifasi bajarilmoqda. Bu holat, albatta sug‘urta 
xizmatining sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozori jadal sur’atlar bilan 
rivojlanmoqda. Mazkur jarayonda avariya komissari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi 



va rivojlantirilishi turli sub’ektlarning sug‘urtaga bo‘lgan ishonchlari ortishiga omil 
bo‘ladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida avariya komissari bilan «yonma-yon» 
syurveyer va dispasherlar kabi sub’ektlar ham faoliyat ko‘rsatadi. Syurveyer - bu 
maxsus ekspert bo‘lib, u sug‘urta ob’ektlarini sug‘urta tashkiloti so‘roviga asosan 
ko‘rikdan o‘tkazuvchi sub’ekt sanaladi. U sug‘urtalanuvchi tomonidan ob’ektni 
ko‘rikdan o‘tkazish uchun jalb etilishi ham mumkin. Ta’kidlash lozimki, uning 
avariya komissari bilan o‘zaro o‘xshash hamda o‘ziga xos farqli tomonlari ham 
mavjud. Bundan tashqari syurveyerning ixtisoslashganlik darajasi odatda avariya 
komissariga nisbatan yuqori sanaladi. Shuning uchun avariya komissari ham ba’zan 
syurveyer xizmatidan foydalanadi.
Sug‘urta bozorida avariya komissari va syurveyer bilan birgalikda dispasher 
ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Mazkur faoliyat dengiz sug‘urtasi bilan bog‘liqligi 
sababli asosan dengiz bo‘yi davlatlarida rivojlangan. Mol-mulk yoki boshqa 
ob’ektlar dengiz orqali manzilga etkazilish jarayonida yuz berishi ehtimol bo‘lgan, 
turli risklardan sug‘urtalanadi. Ma’lumki, dengiz transportida bir necha 
sub’ektlarning mol-mulki yuklangan hamda ular sug‘urtalangan bo‘lishi mumkin. 
Dengizda sug‘urta xodisasi yuz berishi oqibatida mulklarning zararlanishi umumiy 
avariya deb nomlanadi.
Umumiy avariya holatida har bir mulk egasi qancha zarar ko‘rganligini aniqlash 
lozim bo‘ladi. Aynan shunday faoliyatni dispasher amalga oshiradi, hamda u 
ko‘rilgan zararni hisoblash va uni xolisona taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi 
mutaxassis hisoblanadi. Zararning hisobi bo‘yicha tuzilgan xujjat dispasha deb 
nomlanadi. 
Sug‘urta bozori infratuzilmasida sug‘urta vositachilari professional 
ishtirokchilar sifatida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Ular sug‘urtachi va 
sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish borasida muhim 
sub’ektlar hisoblanadi. Sug‘urta vositachilarining tarkibiga sug‘urta agentlari, 
sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari kabi sub’ektlar kiradi. Xususan, sug‘urta agenti 
bu sug‘urta tashkilotining nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan sug‘urta 
shartnomasining tuzilishi va uning ijro etilishini tashkil etuvchi yuridik yoki 
jismoniy shaxsdir. Sug‘urta brokeri esa sug‘urtalanuvchining nomidan yoki uning 
topshirig‘iga asosan shartnomani tuzish va uning amal qilishi bilan bog‘liq faoliyatni 
amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Sug‘urta vositachilari sug‘urta 
mahsulotini sotish bo‘yicha maxsus tizimga ega bo‘lib, sug‘urta bozorining o‘ziga 
xos infrastrukturasini tashkil etadi.
Sug‘urtachilar uyushmasi unga a’zo bo‘lgan sub’ektlarning manfaatlariga 
xizmat qilish maqsadida (masalan, 1985 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatayotgan 
Britaniya sug‘urtachilar assotsiatsiyasi singari) tashkil etilishi mumkin bo‘lgan 
sug‘urta bozori infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mazkur 
uyushma(assotsiatsiya)ning vazifasi keng ko‘lamli bo‘lib, u sug‘urta sohasiga oid 
bilimlarni ommalashtirish, maxsus bukletlar, statistik ma’lumotlarni nashr etish 
kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi.



Sug‘urta bozori infratuzilmasida auditorlik tashkilotlari ham o‘ziga xos o‘ringa 
ega. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan «Auditorlik 
faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq sug‘urta tashkilotlari ham auditorlik 
tekshiruvidan o‘tishlari majburiy qilib belgilab qo‘yilgan. Auditorlik tekshiruvi 
sug‘urta tashkilotining so‘roviga asosan amalga oshiriladi. Uning natijasiga ko‘ra, 
auditor sug‘urta tashkilotining moliyaviy ahvoli yuzasidan o‘z xulosasini beradi. 
Mazkur xulosada sug‘urta tashkilotining moliyaviy holati aks ettiriladi. Sug‘urta 
tashkiloti auditor taqdim etgan xulosadan kelib chiqib, o‘zining moliyaviy holatini 
yaxshilash strategiyasini ishlab chiqadi hamda uni amalga oshiradi. 
Sug‘urta faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lib, maxsus (masalan, 
tijorat banklari buxgalteriyasi kabi) buxgalteriya hisobini yuritish tartibini 
ishlab chiqishni talab etadi. 
Shuni qayd etish lozimki, sug‘urta faoliyatini tekshiruvchi auditor bu soha 
yuzasidan maxsus bilimga ega bo‘lmasa, tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga 
kelishi mumkin. Shu sababdan, sug‘urta faoliyatini rivojlantirishda uning o‘ziga xos 
bo‘lgan buxgalteriya hisobini yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan tashqari maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar ham sug‘urta 
bozori infratuzilmasining sub’ekti sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Mazkur 
sub’ektlar jumlasiga ixtisoslashgan va keng qamrovli maslahat byurolari, advokatlik 
hamda baholovchi firmalarni kiritish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash mumkinki, 
mamlakatimizda maslahatchilik xizmatining rivojlanganlik darajasi hozirda yuqori 
emas va mazkur mutaxassislar sug‘urta faoliyatida deyarli ishtirok etishmayapti. 
O‘zbekistonda 2004 yilning yakuniga ko‘ra, sug‘urta mukofotlari 32,9 mlrd. 
so‘mga yaqin summani tashkil etdi. 2005 yil bu ko‘rsatkichning yanada ortishi 
kutilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston sug‘urta bozorining jadal sur’atlar bilan 
rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada 
rivojlantirish uning xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni hamda ularning sifatini 
oshirishni taqozo etadi.
Xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor infratuzilmasi sug‘urta 
bozori infratuzilmasini shakllantirish bilan bir butunlikda kechadigan jarayondir. 
O‘zbekistonda sug‘urta bozori infratuzilmasining shakllantirilishi birmuncha 
o‘zgacha tarzda kechmoqda.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida alohida mustaqil faoliyat ko‘rsatishi lozim 
bo‘lgan 
sug‘urta 
vositachilari, 
auditorlari, 
sug‘urta 
ob’ektlarini 
baholovchi(ekspert)lar hamda boshqa sub’ektlar, xorijiy amaliyotdagidan farqli 
ravishda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga 
biriktirilgan. Garchi, sug‘urta bozori infratuzilmasining rivojlanishi sust 
kechayotgan bo‘lsada, sug‘urta tashkilotlarining o‘z infratuzilmasini rivojlantirishga 
bo‘lgan harakatlari ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, bu borada «O‘zbekinvest» 
EIMSKning etakchi bo‘layotganini, uning qoshida «Sug‘urta olami» nomli sug‘urta 
biznesini o‘qitish va «Innovatsiya va sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish» 
markazlari, «O‘zbekinvest Eksiminform» marketing hamda «O‘zbekinvest 
Assistans» servis agentliklari «O‘zbekinvest Sarmoyalari» investitsion kompaniya 



shuningdek, boshqa sho‘‘ba korxonalar samarali faoliyat ko‘rsatayotganligini qayd 
etish mumkin. 
Sug‘urta bozori infratuzilasini shakllantirish va uning sub’ektlari faoliyatining 
me’yoriy-xuquqiy bazasini takomillashtirish O‘zbekistonda sug‘urta bozori 
taraqqiyotini yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqadi. Xususan, mamlakatimizda 
sug‘urtachilar uyushmasini tashkil etish, aktuariy, syurveyer kabi sub’ektlarning 
faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’kidlash joizki, bu 
jarayon sug‘urta bozori infratuzilmasi sub’ektlarining alohida ixtisoslashuvini 
hamda ularning faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi. 

Download 436.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 436.39 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Sug‘urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma

Download 436.39 Kb.
Pdf ko'rish