• O’zbekistonda sug’urtalovchilar uyushmasi 1 № Kompaniya nomlari Huquqiy tashkiliy shakl
  • 6-mavzu : sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish reja




    Download 436.39 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana31.10.2023
    Hajmi436.39 Kb.
    #92106
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    6-mavzu
    7-LABARATORIYA, Ulug`bek tabiat, dilfuza MAGISTR Z.Zamonova(2) 2023 222222222, maqola, Tarmoq havfsizligi MI Sobirov, Induvidual loyiha, Algo amaliy2, jismoniy shaxslardan olinadigan darom, РАЗДЕЛ 4, Avtomobillar tuzilishi javoblari, 1932 (1)
    Sug’urtalovchilar uyushmasi - sug’urta faoliyatini muvofiqlashtirish, 
    uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari 
    oldida himoya etish hamda mahalliy sug’urta kompaniyalari va xorijiy sug’urta 
    kompaniyalari o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni o’rnatish maqsadida tashkil 
    etiladigan sug’urta kompaniyalarining uyushmasi.
    O’zbekistonda sug’urtalovchilar uyushmasi
    1
     
    Kompaniya nomlari 
    Huquqiy tashkiliy 
    shakl 

    O'zbekiston sug'urta bozori professional 
    ishtirokchilari uyushmasi 
    Mas'uliyati cheklangan 
    jamiyat 
    4. Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xujalik
    sub’ektlari faoliyatidan keskin farq qiladi. Chunki, ular ishlab chiqarish 
    uzluksizligini ta’minlashda va sug‘urta hodisalari ro‘y berganda etkazilgan zararni 
    qoplash uchun xizmat qiladilar. Bu holat, sug‘urtachilar zimmasiga alohida 
    mas’uliyat yuklaydi va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga 
    olinmog‘i zarurdir.
    Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sugurta 
    faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda uchga bulish 
    mumkin. 
    Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
    mamlakatlarning barchasida sug‘urta bozori davlatning vakolatli idoralari 
    tomonidan tartibga solib boriladi. 
    Masalan, Buyuk britaniyada sug‘urta ishini Savdo va sanoat departamenti, 
    Yaponiyada Moliya vazirligining sug‘urta bulimi, AQSHda esa maxsus sug‘urta
    komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan, 
    avvalo, mamlakatning sug‘urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa 
    me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari
    1
    UzReport axborot agentligining http//www.uzreport.uz internet sahifasi ma’lumolari asosida muallif tomonidan 
    tayyorlandi. 



    sug‘urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug‘urta nazoratining ob’ektlari 
    hisoblanadi. 
    5. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, xususan, 
    maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari bilan majburiy 
    sug‘urtalashni joriy qilish va vakolatli sug‘urta nazorati xizmatini tashkil etish yo‘li 
    bilan amalga oshiriladi. 
    Sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar) 
    berish sug‘urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya 
    (ruxsatnoma) berish jarayonida sug‘urta nazorati sug‘urtachining bo‘lajak 
    faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi. Ya’ni, nizom jamg‘armasi va o‘z 
    mablag‘larining holati hamda bu mablag‘larning tashkilot zimmasidagi 
    majburiyatlariga o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Sug‘urta faoliyatiga litsenziya 
    (ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug‘urtaning o‘z mohiyatidan kelib chiqishini 
    unutmaslik kerak. Chunki, sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz bergan vaqtda 
    sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni o‘z vaqtida to‘lashi lozim. 
    Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat 
    sug‘urtalanuvchilar manfaatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari 
    yo‘lida ham xizmat qiladi. 
    E’tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug‘urta faoliyati bilan 
    shug‘ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tartibi ishlab chiqilgan. Sug‘urta 
    tashkilotiga beriladigan litsenziya (ruxsatnoma) sug‘urtalashning har bir turi yoki 
    bir-biriga yaqin bo‘lgan sug‘urta turlari guruhlari uchun beriladi. CHunki, ba’zi 
    sug‘urta turlari bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish sug‘urtalovchida etarli 
    darajada moliyaviy mablag‘lar bo‘lishini talab etadi. Bundan tashqari, sug‘urta 
    kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug‘urta tarifi stavkalarini to‘g‘ri 
    hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish zarur. Negaki, noto‘g‘ri hisob-kitob 
    qilingan tarif, pirovard natijada, sug‘urta tashkilotini moliyaviy barqarorliksizga 
    yoki to‘lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. Nazarimizda, faqat sug‘urta 
    kompaniyalarini emas, balki, qayta sug‘urtalashga ixtisoslashgan tashkilotlar va 
    vositachilik idoralarini ham faoliyatini litsenziyalashni kiritilishi katta ahamiyatga 
    ega bo‘ldi.

    Download 436.39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 436.39 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu : sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish reja

    Download 436.39 Kb.
    Pdf ko'rish