|
-Mavzu: Mobil qurilmalarning dasturiy funksyalari
|
bet | 4/23 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #113949 |
Bog'liq mobil maruza-Mavzu: Mobil qurilmalarning dasturiy funksyalari.
1Hozirgi kundagi eng kerak bo’ladigan zarur mobil dasturlar
2. 2020 yilning eng yaxshi dasturlari
Biz bugungi kunda hayotimizni smartfonlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Bu hayratlanarli holat emas: Axir ular vositasida biz o`zimiz uchun foydali dasturlarni yuklab olishimiz mumkin. Mazkur dasturlar esa nafaqat vaqtimizni sermazmun o`tkazishga yordam beradi.
Yo`qolib qolgan smartfonni qanday topish mumkin?
Android
Ba`zan telefonimizni qaerga qo`yganimiz esdan chiqadi. Mana shunday paytlarda biz uni topish uchun ozmuncha kuch sarflamaymiz. Biroq bu ishni osongina uddalaydigan mobil dastur bor: Clap! Phone Finder. Mazkur dasturni yuklab olgan bo`lsangiz, qo`llaringiz bilan chapak chaling. Shunda smartfon qaerda ekanligini o`zi “aytadi”. Undan taralayotgan ovoz va uning balandligini esa o`zingiz belgilaysiz. Mazkur dastur 2 % akkumulyator quvvatini talab qiladi.
Televizor pulti buzilib qolsa...
iOS, Android
Remote Mouse dasturi yordamida televizor yoki kompyuetrni telefon vositasida boshqarishingiz mumkin. Televizor pulti sinib yoki yo`qolib qolganida bu dastur sizga qo`l keladi.
Qaysi kiyimimni kiysam ekan?
iOS va Android
GoodLook — Moda va uslub bo`yicha mobil maslahatchi. U sizga qaerga qanday ko`rinishda borish va kiyimingizni boshqa aksessuarlar bilan moslashtirish haqida maslahatlar beradi. Har kuni AQShlik va rossiyalik stilistlar so`nggi urfdagi erkaklar va ayollar liboslari haqida ma`lumotlar beradi.
Qo`shiqni kim aytyapti?
iOS, Android
SoundHound dasturi yordamida bizga yaqin hududda yangrayotgan musiqa haqida ma`lumotlar olishimiz mumkin. Bizdan talab etiladigani dasturdagi sariq rangdagi tugmani bosish. Shu ondayoq smartfon ekranida qo`shiq haqidagi ma`lumotlar va uning so`zlari paydo bo`ladi. Agar qaysidir qo`shiq sizga yoqib qolsa, undan ozgina parcha kuylasangiz, smartfon shu ondayoq mazkur taronani topib beradi.
Barvaqt turish uchun nima qilish kerak?
Android
Hammamiz erta tongda uyg`onishimiz kerak bo`lgan vaqtni uyg`otgichga kiritishga odatlanganmiz. Biroq uyg`onadaigna vaqtimiz kelganida esa uyg`otgichni takror-takror o`chiramiz va yana uxlashda davom etamiz.
Bu yomon odatimizdan voz kechishda bizga Puzzle Alarm Clock dasturi yordam beradi. Dastur sizni uyg`otmasdan vo`ymaydi. Tinimsiz yangrayotga6n musiqa to`xtashi uchun savol va topishmoqdarga javob berishingiz kerak.
Telefon suhbatlarini yozib olish mumkinmi?
Android
Telefondagi suhbatlar vaqt o`tib kerak bo`lib qolishi mumkin. Ammo Android tizimidagi smartfonlarda mazkur funksiya ko`zda tutilmagan. Automatic Call Recorder mobil dasturini yuklab olsangiz, siz telefondagi suhbatlarni yozib olishingiz va ularni saqlab qo`yishingiz mumkin.
Dasturni yuklab olganingizdan so`ng uning sozlamalarini to`g`irlang. Har bir suhbat tugaganidan so`ng smartfon ekranida uning muvaffaqiyatli yozib olinganligi haqidagi ma`lumot paydo bo`ladi.
Chet tilini o`rganishimizga ko`maklashuvchi dastur
iOS, Android
Words dasturi ingliz tilidagi so`zlarni o`rganish uchun yaratilgan. Dasturdagi 26 ta mavzuli bloklardan o`zingizga keraklisini tanlab oling. Words lug`ati esa noto`g`ri fe`llar va iboralardan iborat. Siz qandaydir so`zni eslab qolishga qiynalayotgan bo`lsangiz, bu maxsus test orqali aniqlanadi va dastur xotirangizni mustahkamlovchi topshiriq beradi.
|
| |