• Muvaffaqiyatlar va omadsizliklar omillari.
  • Biznesning aynan sizga mosini tanlash uchun quyidagilarni inobatga olish zarur




    Download 486.5 Kb.
    bet6/11
    Sana15.05.2023
    Hajmi486.5 Kb.
    #59843
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    6-ma\'ruza
    Lesson 4. Speed dating, , 5-MARUZA TASODIFIY MIQDOR TUSHUNCHASI. TAQSIMOT FUNKSIYA VA UNING XOSSALARI. (1), 1-dastur, 11-mavzu, Axborotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari, Mavzu android mobil operatsion tizimlar va uning imkoniyatlari, Referati Makroiqtisodiyot predmeti va uning bosh maqsadi Reja K-fayllar.org, Milliy xavfsizlikni ta\'minlash borasida amalga oshirilayotgan is (1), Dastur nomi-WPS Office, 1. O‘zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi “Ta\'lim to‘g‘ri-fayllar.org, O`zbеkiston Rеspublikasi-fayllar.org, joni., jaxon
    Biznesning aynan sizga mosini tanlash uchun quyidagilarni inobatga olish zarur:
    1. Bozorda bu mahsulot/xizmat turiga bo’lgan talab.
    Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari hammaga har doim kerak. Baliqchilik anjomlari esa faqat tor doiradagi odamlarga vaqti-vaqti bilan asqatishi mumkin.
    2. Sohaning bandlik darajasi.
    Agar siz yashaydigan hududda har 5 metr masofada dorixona joylashgan bo’lsa, yana bitta shunday muassasa qurishga hech qanday hojat yo’q.
    3. Tovar narxining olinishi mumkin bo’lgan daromad bilan o’zaro nisbati.
    5 mln. so’m topish uchun nechta paypoq sotishingiz kerak? Sport kiyimlarini-chi? Paltolarni-chi?

    4. Sohadan qanchalik boxabar ekaningiz.


    Masalan, karemat va koridor o’rtasidagi farq qanday bo’lishini bilmasangiz, sayyohlik tovarlari do’konlarini ochishingizning hojati yo’q. Avval nazariya bilan tanishib chiqing. Sotuvchi bilsa bo’ldi-da, deb unga ishonish yaramaydi.
    5. Siz ishlamoqchi bo’lgan hudud aholisining darajasi.
    Masalan, qishloq joyda Yevropa standartlari asosida qurilgan qimmatbaho tamaddixonaga hech kim kirmaydi. Kafe, choyxona, veterinar klinika esa odamlar bilan gavjum joyga aylanish ehtimoli ancha katta.
    6. Tovarning barcha mavsumlarga mosligi.
    Ishlab chiqariladigan tovar yilning barcha fasllarida ommabop bo’lishiga e’tibor qaratish lozim. Masalan, karnaval kostyumlari asosan bayramlar arafasida sotib olinadi.
    7. Hisob-kitoblar.
    Qancha pul sarflab qancha daromad qilishingizni oldindan hisoblab chiqishingiz kerak. Kommunal xizmatlar to’lovlari, xodimlarning maoshlari, soliqlar, kerakli materiallar va tovarlarga ishlatiladigan mablag’larni chiqarib tashlaysiz.



    Muvaffaqiyatlar va omadsizliklar omillari. Ikki odam bir vaqtning o’zida biznesni yo’lga qo’yishga qaror qilishdi. Ammo ular erishgan natijalar bir-biridan tubdan farq qilardi. CHunki ularning biri shug’ullanishni boshlashidan oldin sohani yaxshilab o’rgandi, boshqasi esa tavakkaliga dabdurustdan ish boshlab qo’ya qoldi.
    Masalan, Anora ko’chmas mulk agentliklaridan birida ishlab yurgan paytlari o’z ishini yo’lga qo’yish haqida o’ylab qolgandi. U firmada uch yildan beri ishlar, sohada ancha-muncha tajribaga ega edi.
    Odamlar bilan oson muloqotga kirishar, hujjatlarini tezda rasmiylashtirib beradigan tanish yuristlari ham ko’p edi. Buning ustiga oz bo’lsa-da, mijozlar ham orttirgan edi.
    1. Anorada biznesni yo’lga qo’yish uchun faqat bir narsa — boshlang’ich kapital yetishmasdi. Bankdan qarzdor bo’lishni istamagan Anora bir yil davomida ul-buldan chegirib, oylik ish haqini yig’di. O’tgan vaqt ichida ancha-muncha mablag’ to’plab qo’ydi. Yetmagan qismini esa xolasidan oldi. Sabri va mashaqqatining mevasi o’laroq ikki yilda uning ko’chmas mulk agentligi shahardagi eng yaxshi agentliklar qatoriga qo’shildi.
    2. Komil esa har kuni erta tongdan ishga otlanmaslik, saxar turmaslik, bekorchi vaqti ko’proq bo’lishini o’ylab tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga qaror qildi. Negadir avtomobilь ehtiyot qismlari savdosi unga boylik keltirishiga amin edi. Ammo o’z mashinasi yo’q, hatto avtotovarlar haqida yetarli ma’lumotlarga ega emasdi.
    Boshlang’ich kapitali ham yo’q bo’lgani bois oyisining nomidagi uyni garovga qo’yib, bankdan kredit olishga qaror qildi. Avtodo’kon zo’r-bazo’r 8 oy faoliyat yuritdi. Keyin kamomadi sababli uni yopishga to’g’ri keldi. Ko’chada qolib ketmasliklari uchun onasining ish haqini ham bankka to’lashlariga to’g’ri kelayapti.

    Download 486.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 486.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biznesning aynan sizga mosini tanlash uchun quyidagilarni inobatga olish zarur

    Download 486.5 Kb.