• Masalan, odamlarga doim zarur bo’lgan narsalar
  • Oddiy yoki g’ayrioddiy
  • 1. Siz sotish usullarini yaxshi bilmaysiz; 2. Siz qanday mahsulot sotishni bilmaysiz; 3. Siz kimga sotishni bilmaysiz.
  • Zamona zayliga qanday biznes to’g’ri keladi?




    Download 486.5 Kb.
    bet7/11
    Sana15.05.2023
    Hajmi486.5 Kb.
    #59843
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    6-ma\'ruza
    Lesson 4. Speed dating, , 5-MARUZA TASODIFIY MIQDOR TUSHUNCHASI. TAQSIMOT FUNKSIYA VA UNING XOSSALARI. (1)
    Zamona zayliga qanday biznes to’g’ri keladi?
    Biznes yo’nalishini belgilab olish oson ish emas. Ayniqsa, tanlagan sohangiz bo’yicha hech qanday malakangiz bo’lmasa, bu yo’l siz uchun juda murakkab bo’ladi.
    Aytaylik, pardozchi, sartarosh, tish doktori qanday xizmat ko’rsatishi mumkinligini yaxshi biladi. Gumanitar sohani tanlaganlarga esa qanday yo’nalishda biznes ochish masalasi ko’ndalang bo’lganda, tanlov masalasi ancha paytgacha ko’ndalang turaveradi.
    Bunday vaziyatda bugun bozorda qaysi tovarlar va qanday xizmatlarga talab kattaligini tekshirish yordam berishi mumkin.
    Masalan, odamlarga doim zarur bo’lgan narsalar:

    Oddiy yoki g’ayrioddiy
    Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ommabop bo’lgan yo’nalishlardan birini tanlash (agar taklif talabdan ortiq bo’lmasa) yo bo’lmasa, o’ziga xos yo’nalishni kashf etish kerak.
    Agar sarmoyadorlar muayyan yo’nalish uchun pul ajratishni istamasa yoki mijozlar uni sotib olishmasa bunga faqat quyidagi uchta sabab “aybdor”dir:
    1. Siz sotish usullarini yaxshi bilmaysiz;
    2. Siz qanday mahsulot sotishni bilmaysiz;
    3. Siz kimga sotishni bilmaysiz.
    Katta mablag’larsiz biznes boshlashning yaxshi imkoniyatlaridan biri — internet do’kon. Rivojlangan davlatlarda axborot texnologiyalari shunchalik kundalik turmush tarziga singib ketganki, usiz bir lahzani ham tasavvur eta olishmaydi.
    Internetga kirib istagan mahsulotlarini tanlashadi va zum o’tmay, uddaburro tadbirkorlar tovarni mijozning xonadoni ostonasiga eltib berishadi. Bozorma-bozor, do’konma - do’kon aylanib, izlab yurishning esa hech qanday hojati yo’q.
    Kattaroq tovarlardan - televizormi, kir yuvish mashinasi kabilarni uyga qaysi mashinada olib kelaman deb bosh qotirib o’tirishmaydi ham. Eng qizig’i, bunday usulda olingan tovar do’konlardagidan ancha arzonga ham tushadi.
    Tadbirkorlikni boshlashdagi eng asosiy qiyinchiliklardan biri odamlarning ishonchini qozona olish. Endigina bozorga kirib kelgan “yangilarning” oyoqqa turib olishi uchun ancha-muncha vaqt ketadi. Ammo boshqa biror kimsa taklif eta olmaydigan usullarni o’ylab topsangiz, marra sizniki! Muvaffaqiyat qozonishingiz turgan gap.
    SHunday qilib, o’zingizga mos bo’lgan biznes sohasini tanlab olgach, sizni qiziqtirayotgan g’oyalarning qaysi birini qo’llash maqsadga muvofiq bo’lishini aniqlash uchun ularning iqtisodiy samaradorligini taxlilil qiling va ulardan eng qulayini tanlang. Tadbirkorlik g’oyasini iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi mezonlardan biri foydadir. Foyda balans va sof foydaga bo’linadi.
    Balans foyda mahsulotni sotishdan keladigan tushum bilan ularni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan xarajatlarning ayirmasi sifatida aniqlanadi:
    (1) Sof foyda esa, balans foydadan soliq to’lovlari ayirmasiga teng:
    (2)
    Rentabellik quyidagicha aniqlanadi.
    (3)
    Kapital qo’yilmalar TG’ samaradorligida muhim o’rin tutadi. Tadbirkorlik faoliyatini endigina boshlayotgan kishilar uchun kamroq kapital qo’yilma talab qiladigan sohalar - konsalting, servis, savdo, vositachilik, reklama xizmatlaridan boshlash qulaylik tudiradi.
    Kapital qo’yilmalar quyidagi formula orqali aniqlanadi:

    Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik quyidagi ketma-ketlikda taxlilil qilingan:

    1. O’z biznesingizni tashkil qilish va ro’yxatdan o’tkazish xarajatlari (X1) ni hisoblang.

    2. Mahsulot (xizmat) ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish bazasini yaratishga sarflangan xarajatlarni (kapital qo’yilma) (X2) hisoblang.

    3. Mahsulot (xizmat)ni ishlab chiqarish joriy xarajatlarini (X3) hisoblang.

    4. Mahsulot (xizmat)ni sotish xarajatini (X4) hisoblang.

    SHunday qilib,

    yoki

    bunda,
    N - mahsulot miqdori.


    1. Mahsulot (xizmat) bahosini belgilang.

    2. Kutilayotgan tushumni (T) hisoblang.

    3. Kutilayotgan balans foydani (Fb) hisoblang.

    4. Balans foydadan to’lanadigan soliq va to’lovlarni (S) hisoblang.

    5. Sof foydani (Fs) aniqlang.

    6. Bordiy-u, hisob-kitoblar sof foydaga erishilmaganligini ko’rsatsa, u holda tanlangan g’oya samarasiz hisoblanadi yoki sotish narxini o’zgartirgan holda hisoblar qaytadan qilinadi.


    Download 486.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 486.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamona zayliga qanday biznes to’g’ri keladi?

    Download 486.5 Kb.