|
6-Mavzu: Media matnlarni yaratish a aktni tasniflash
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 261,67 Kb. | | #103114 |
Bog'liq 6-mavzu glossariy
6-Mavzu: Media matnlarni yaratish
A
AKTni tasniflash — funksional yoʻnaltirilgan texnologiyalar,fanga yoʻnaltirilgan texnologiyalar, muammoga yoʻnaltirilgan texnologiyalar orqali tasniflanadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - bu turli xil qurilmalar, mexanizmlar, usullar va maʼlumotlarni qayta ishlash algoritmlarini tavsiflovchi umumiy tushuncha.
Anʼanaviy maʼlumotlar — markazlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash sharoitida shaxsiy elektron kompyuterlardan (shaxsiy kompyuterlardan) ommaviy foydalanish davriga qadar mavjud boʻlgan.
Anʼanaviy tarzdagi media savodxonlik — shaxsning adabiy sirlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat boʻlgan. Bugun media savodxonlik axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir.
F
Funksional yoʻnaltirilgan texnologiyalar — axborotni qayta ishlashning odatiy nisbatan avtonom vazifalaridan birini amalga oshirish uchun moʻljallangan. Bunday texnologiyalar juda yuqori darajadagi egiluvchanlikka ega boʻlishi va kelajakda isteʼmolchining minimal ishtirokida rivojlanish va koʻpayish uchun mavjud boʻlishi mumkin.
Fan (mavzu)ga yoʻnaltirilgan axborot texnologiyalari- maʼlum bir sohada maʼlum bir muammoni hal qilish uchun moʻljallangan. Ular ushbu ilovaning muayyan talablarini maksimal darajada qondiradilar va eng kam qirrali darajaga ega boʻlishlari mumkin.
M
Matn maʼlumotlarini tahrirlash- Jadval va grafik maʼlumotlarga ishlov berish.
Media- (lotincha – medium, yaʼni vosita, vositachi, usul) turli koʻrinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi
Media - Ommaviy axborot vositalari (OAB). Maʼlum axborotni koʻp abonentlarga uzatish vositasi. Informatikada “media” soʻzi turli moddalarni – qogʻoz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi
Media matn — istalgan media turi va janridagi xabar, (gazeta maqolasi, telekoʻrsatuv, videoklip, film va boshqa.)
Media matn — media mahsulotning aniq natijasi: axborotni ifodalovchi va medianing istalgan turi va janrida bayon qilingan xabar (gazeta maqolasi va boshqa)
Media mistifikatsiya — yaratilgan va axborot maydonida qayd etilgan soxta voqea (hodisa yoki holat), u haqiqatga yaqin qator dalillar bilan tasdiqlangan, ommaviy axborot vositalari uchun yorqin axborot sababi boʻladi.
O
Ommaviy axborot vositalari — gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet va boshqalar kiradi.
Z
Zamonaviy AKT qurilmalari — bu tegishli dasturiy taʼminot bilan jihozlangan kompyuter va ularda joylashtirilgan maʼlumotlar bilan birga telekommunikatsiya vositalari.
|
| |