• 1.Olmani saqlash texnologiyasi
  • 6-mavzu: meva va uzumlarni saqlash texnologiyasi reja




    Download 23.46 Kb.
    bet1/6
    Sana03.02.2024
    Hajmi23.46 Kb.
    #151115
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-6-Mavzu
    Документ Microsoft Word (2), Qizil kitob - Vikipediya, 10-Amaliyot. (Deklar), KOMPYUTERLARNIN-WPS Office, Tabiatda bialog, Abu Rayhon Beruniy, Orol dengizi qurigan tubining hozirgi ahvoli, HUQUQTaqvim betlik(1) (4), 2-Tajriba ishi, Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’l, Zinama-zina-texnologiyasi, Олимов. Тик жихозлари, Umumiy psixologiya, Zamonaviy organik kimyo, KIMYO MAGISTRATURA dastur

    6-mavzu: MEVA VA UZUMLARNI SAQLASH TEXNOLOGIYASI


    Reja:
    1.Urug‘li mevalarni saqlash texnologiyasi
    2.Danakli mevalarni saqlash texnologiyasi
    3.Uzumlarni saqlash texnologiyasi


    Tayanch iboralar: urug‘li mevalarni saqlash, danakli mevalarni saqlash, saqlash omborlari, saqlash usullari, saqlash texnologiyasi, xalq usulida saqlash, uzumni saqlash
    1.Olmani saqlash texnologiyasi. Olmaning saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib yetilish xususiyati bilan aniqlanadi. Olmaning ertapishar navlari kam muddatga, kechki navlari esa 7–8 oygacha saqlanishi mumkin. Olma saqlash uchun yashiklarga joylashtiriladi. Bunda olma qog‘ozga o‘ralsa yaxshi saqlanadi. Olma yashiklarga joylashtirilganda ular orasiga qog‘oz yoki qirindi solinsa ham bo‘ladi.
    Yashiklar omborga devor tomondan 25–30 sm, yashiklar orasida ikki metrli yo‘l qoldirilib joylashtiriladi. Bir taxda 7–8 ta yashik bo‘ladi. eng yuqoridagi yashik bilan ombor shipining orasida 50–60 sm qolishi kerak.
    Olma solingan yashiklar taxlarga shaxmat usulida uchtadan va juft-juft qilib joylashtiriladi. Taxlarga navi, sorti, sifati, katta-kichikligi bir xil bo‘lgan mahsulot joylangan yashiklar terib qo‘yiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, uncha pishmagan olma past haroratda pishib yetilmaydi, aks holda ular qattiqlashib, ta’mi va xushbo‘yligi o‘zgarmaydi. Shu sababli, omborda havoning haroratini olmaning pishganligiga qarab o‘zgartirib turish lozim.
    Olmaning sovuqqa chidamli navlari -1– -20 haroratda saqlanadi. Bunday olmalar issiq haroratda uzoq vaqt saqlanmaydi. Pepin shafran, Kandil sinap, Renet Simirenko, Golden delishes, Boyken, Renet Kichunova, Sari sinap, Rozmarin kabi olma navlari sovuqqa chidamli hisoblanadi. Olmaning sovuqqa chidamsiz navlari 2–4S da saqlanadi. Mart, Suvorovets, Aprel, Jonatan, Starking, Antonovka, Renet shampan, Oddiy antonovka navlari sovuqqa chidamsiz navlar jumlasiga kiradi.
    Olmani saqlashda havoning nisbiy namligi 85–95% bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Omborni sovitishga saqlash haroratiga yetguncha havoni jadal aralashtirib turish orqali erishiladi, bunda taxlar orasida havo oqimining tezligi 0,2–0,3 m/sek bo‘lishi tavsiya qilinadi.
    Olmani omborda saqlash vaqtida gaz muhitini boshqarish muhim hisoblanadi. Bunda ayniqsa past haroratga chidamsiz olmani saqlashda foydalanish yaxshi samara beradi.
    Odatda olma daraxtining pastki shoxlaridan yig‘ilgan mevalar yaxshi saqlanadi. Shu sababli ular alohida terib olinadi va saqlashga ham alohida joylanadi.
    Olma uzilgandan so‘ng 4–8 soatdan kechiktirmasdan meva omboriga olib kelinishi kerak.

    Download 23.46 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 23.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu: meva va uzumlarni saqlash texnologiyasi reja

    Download 23.46 Kb.