• Tunnel diodi
  • 6-mavzu: yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich diodlar. Diodlar




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/16
    Sana21.10.2022
    Hajmi0.78 Mb.
    #27677
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    6-Ma\'ruza (El&Sxema1 Sirtki ta\'lim uchun)
    2-lekciya, 14-leciya, 12-lekciya, 5-Ma\'ruza (El&Sxema1 Sirtki ta\'lim uchun), Abu Ali ibn Sino, Ижроия орган аъзолари руйхати, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати(1), 143994141, Ziyatov Ulug`bek 2003, ot kishnagan oqshom, 8-маъруза (1), ТАРИХ ФАНИ, O‘RQ-788 08.08.2022, Axborotni eng kichik o‘lchov birligi qaysi javobda to‘g‘ri beril
    Stabilitron - yarim o‘tkazgichli diod bo‘lib, uning ishlash prinsipi р-n o‘tishga teskari 
    kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta 
    bo‘lmagan o‘zgarishiga olib kelishiga asoslangan. Stabilitron sxemalarda kuchlanishni 
    barqarorlash uchun ishlatiladi. 
    Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib, tokning I
    ST.min
    dan I
    ST.max
    gacha keng o‘zgarish 
    oralig‘ida barqarorlash kuchlanishi U
    ST 
    hisoblanadi (6.5-rasm). 
    Stabilitron VAX sidagi ishchi soha elektr teshilish sohasida joylashadi. Barqarorlash 
    kuchlanishi diod bazasidagi kiritma konsentratsiyasi bilan aniqlanadigan r-n o‘tishga bog‘liq. 
    Agar yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich qo‘llanilsa, u holda р-n o‘tish tor 
    bo‘ladi va tunnel teshilish kuzatiladi. U
    ST
    ishchi kuchlanishi 3-4 V dan oshmaydi. 
    Yuqori voltli stabilitronlar keng r-n o‘tishga ega bo‘lishi keoak, shuning uchun ular kuchsiz 
    legirlangan kremniy asosida yasaladilar. Ularda ko‘chkisimon teshilish sodir bo‘ladi, barqarorlash 
    kuchlanishi esa 7 V dan ortmaydi. U
    ST
    3 dan 7 V gacha bo‘lgan oraliqda teshilishning ikkala 
    mexanizmi ishlaydi. Sanoatda barqarorlash kuchlanishi 3 dan 400 V gacha bo‘lgan stabilitronlar 
    ishlab chiqariladi. 
    Stabilitronning elektr teshilish sohasidagi differensial qarshiligi r
    D
    barqarorlash darajasini 
    xarakterlaydi. Bu qarshilik qiymati dioddagi kichik kuchlanish o‘zgarishi qiymatining diod toki 
    o‘zgarishiga nisbati bilan aniqlanadi (6.5-rasm). r
    D
    qiymati qancha kichik bo‘lsa, barqarorlash 
    shuncha yaxshi bo‘ladi. 
    СТ
    СТ
    Д
    I
    U
    r





    6.5-rasm. Stabilitronning asosiy parametri 
    Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib barqarorlash kuchlani-shining temperatura 
    koeffitsiyenti (KTK) hisoblanadi. KTK – bu temperatura bir gradusga o‘zgarganda barqarorlash 
    kuchlanishining nisbiy o‘zgarishi. Ko‘chkisimon teshilish kuzatiladigan kichik voltli stabili-
    tronlar odatda musbat KTKga ega. KTK qiymati odatda 0,2 - 0,4 % /grad dan oshmaydi. 
    Varikap elektr yordamida boshqariladigan sig‘im sifatida qo‘llanishga mo‘ljallangan. 
    Varikapning ishlash prinsipi elektr o‘tish to‘siq sig‘imining teskari kuchlanishga bog‘liqligiga 
    asoslangan. 
    Varikaplar asosan tebranma konturlarni chastotasini elektron qayta sozlashda qo‘llaniladi. 
    Varikaplarning bir necha turi mavjud. Masalan, parametrik diodlar o‘ta yuqori chastota signallarini 
    kuchaytirish va generatsiyalashda, ko‘paytiruvchi diodlar esa keng chastota diapazoniga ega 
    bo‘lgan ko‘paytirgichlarda qo‘llaniladi. 
    Tunnel diodi deb qo‘zg‘otilgan yarim o‘tkazgich asosida loyihalangan yarim o‘tkazgichli 
    asbobga aytiladi. Unda teskari va uncha katta bo‘lmagan to‘g‘ri kuchlanishda tunnel effekti yuzaga 
    keladi va volt – amper xarakteristika manfiy differensial qarshilikka ega bo‘lgan soha mavjud 
    bo‘ladi. Tunnel diodlar boshqa turdagi diodlardan sezilarli farq qilmaydi, lekin ularni yasash uchun 
    10
    20
    sm
    -3
    kiritmaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli materiallar qo‘llaniladi. 
    VAX nochiziqli bo‘lsa, uning har bir kichik sohasi to‘g‘ri chiziq deb qaraladi va 
    xarakteristikaning bu nuqtasida 
    dI
    dU
    R
    i

    differensial qarshilik kiritiladi. Agar xarakteristika 
    kamayuvchi bo‘lsa, bu sohada qarshilik R
    i
    manfiy qiymatga ega bo‘ladi. 

    Download 0.78 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu: yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich diodlar. Diodlar

    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish