II BOB. DES shifrlash algoritmini tadqiq etish. 2.1 Shifrlash va deshifrlash blok sxemasi.
Algoritmning yagona noqulayligi uning o'ziga xos an'anaviy bo'lmagan sxemasidir. Haqiqat shundaki, Feistel tarmog'iga asoslangan algoritmlarning xususiyatlari yaxshi o'rganilgan va Rijndael, ulardan farqli o'laroq, yashirin zaifliklarni o'z ichiga olishi mumkin, ularni keng tarqalishidan bir muncha vaqt o'tgandan keyingina topilishi mumkin.
DES blokli shifrlash algoritmi
Feystel tarmog’ining qo’llanishi ko’pgina simmetrik blokli shifrlash algoritmlarida uchraydi. Bu kriptoalgoritmlarga misol qilib FEAL, LOCI, Khufu, Khafre Blowfish, Lucifer, CAST, shuningdek, DES, GOST 28147-89 kabi standart algoritmlarni keltirish mumkin.
Feystel tarmog’i g’oyasi quyidagicha ifodalanadi. Shifrlanadigan blok ikkita , qismlarga ajratiladi. Feystel tarmog’i raundi iterativ blokli shifrlash almashtirishi quyidagi sxema bo’yicha aniqlanadi:
6.1-rasm. Feystel tarmog’i raundi
Bu yerda -raund uchun va qismlarga ajratilgan kiruvchi ma’lumot, esa ni raund kaliti bilan akslantirish natijasida hosil bo’lgan shifrma’alumot.
Feystel tarmog’i raundining matematik modeli quyidagicha ifodalanadi:
(6.1)
Feystel tarmog’iga asoslangan algoritmlar bir necha iterasiyadan tashkil tapgan kalitlarda shifrlanadigan funksiyadan tashkil topadi. Har bir raunddagi shifrma’lumot raund uchun kiruvchi (ochiq) ma’lumot hisoblanadi yoki raunddagi kiruvchi ma’lumot raund uchun shifrma’lumot hisoblanadi. raund kalitlari dastlabki -kalitdan algoritmda ko’rsatilgan qoida bilan hosil kilinadi.
Feystel tarmog’i akslantirishlarining asosiy xossasi shundan iboratki, -raund funksiyasi qaytmas bo’lsa ham, Feystel tarmog’i bu akslantirishlarini qaytarib beradi. Haqiqatan ham, (6.1) ifodada keltirilgan raund matematik modelida - ikkilik sanoq sistemasida qo’shish amali xossasidan foydalangan holda quyidagi tenglikni olish mumkin:
(6.2)
Bu oxirgi tengliklar sistemasi Feystel tarmog’i asosida qurilgan shifrlash algoritmlarini deshifrlashining matematik modelini ifodalaydi. Umumiy holatda raundli Feystel tarmog’ining funksional sxemasi quyidagicha ifodalanadi:
|