|
ONA TILI FANIDAN SAVOL VA JAVOBLAR
|
bet | 15/98 | Sana | 14.07.2023 | Hajmi | 194.3 Kb. | | #76728 |
Bog'liq 6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1) BMI mavzu, 10-sinf revision, Документ Microsoft Word, программа обучения Обслуживание 31052022, ОРС, IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR, Interaktiv texnologiyalar va ulardan foydalanish mundarija kiris, Dunyo tillari va tillar tasnifi, Марузалар матни 2 (1), rc4 ksaproc, FALSAFA, FALSAFA, Тесты по структуре данных, Ehtimollik va statistika yakuniy testlariONA TILI FANIDAN SAVOL VA JAVOBLAR
7-SINF
O’z va ko’chma ma’noda qo’llanila oladigan so’zlar qanday so’zlar hisoblanadi?
J: ko’p ma’noli so’zlar (odamning ko’zi, daraxtning ko’zi)
Kumush qishdan, zumrat bahordan Qolishmaydi kuzning ziynati. Ko’chma ma’nodagi so’zlarni toping?
J: kumush qish, zumrat bahor
Ozodlik, mustaqillik, erkinlik kabi so’zlar so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi biriga kiradi?
J: sinonim (ma’nodosh)
Ot, o’t, yer kabi so’zlar so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi biriga kiradi?
J: omonim (shakldosh. Ot-hayvon. Ot-harakat. Yer-sayyora, yer-tuproq)
Sava-sa’va, amr-amir, daha-daho kabi so’zlar so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi biriga kiradi?
J: paronim (bir tovush bilan farq qiluvchi)
Do’st-dushman, kata-kichik, uzun-qisqa kabi so’zlar so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi biriga kiradi?
J: antonim (zid ma’noli so’zlar)
So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi birining ma’nosi matn ichida oydinlashadi?
J: shakldosh (omonim)
Shakldosh so’zlardan qaysi turkiy janrda keng foydalaniladi?
J: tuyuq
Olmosh atash, ya’ni lug’aviy ma’nosiga egami?
J: yo’q
Atash ma’nosiga ega bo’lmaganligi uchun olmoshlar yana qanday nom bilan ataladi?
J: Ichi bo’sh so’zlar deyiladi.
Boshqa so’z turkumlari o’rnida qo’llanilib ularga ishora qiluvchi so’z turkumi nima deb ataladi?
J: olmosh
|
| |