|
Olmoshlarning qaysi turi egalik qo’shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim (ma’nodosh) bo’la oladi
|
bet | 20/98 | Sana | 14.07.2023 | Hajmi | 194.3 Kb. | | #76728 |
Bog'liq 6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1) BMI mavzu, 10-sinf revision, Документ Microsoft Word, программа обучения Обслуживание 31052022, ОРС, IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR, Interaktiv texnologiyalar va ulardan foydalanish mundarija kiris, Dunyo tillari va tillar tasnifiOlmoshlarning qaysi turi egalik qo’shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim (ma’nodosh) bo’la oladi.
J: o’zlik ( sen – o’zing)
O’zlik olmoshi turlanganda kelishik qo’shimchasidan oldin qaysi qo’shimchaning bo’lishi shart?
J: egalik (o’zimning)
O’zlik olmoshi kishilik olmoshidan keyin kelganda qanday ma’noni ifodalaydi?
J: ta’kid ma’nosini (Sen o’zing qilding)
Bunday, shunday, unga kabi olmoshlarda qanday fonetik hodisa sodir bo’lgan?
J: tovush ortgan ( bu+ ga= bunga)
Mening, sening, meni kabi olmoshlarda qanday fonetik hodisa sodir bo’lgan?
J: tovush tushgan ( men+ning=mening)
Jami, jamiyki, butun, yalpi so’zlari belgilash olmoshining qaysi turiga kiradi?
J: jamlovchi belgilash olmoshlariga
To’pdan ajratilgan belgilash olmoshlariga misollar keltiring?
J: har, har qancha, har qaysi
Belgilash olmoshlari qanday hosil qilinadi?
J: so’roq olmoshlaridan oldin har so’zini qo’yish orqali (har nima)
So’roq olmoshlaridan oldin hech so’zini qo’yish orqali olmoshing qaysi ma’no guruhi hosil qilinadi?
J: bo’lishsizlik olmoshlari ( hech nima)
Bo’lishsizlik olmoshi ishtirok etgan gapning kesimi qanday shaklda bo’ladi?
J: inkor ( Men hech narsa qilmadim. ma)
Shaxs ma’nosini bildiruvchi otlar o’rnida almashinib kelib, ularga ishora qiluvchi olmosh … deyiladi.
J: kishilik olmoshi ( men, sen,u …)
Mustaqil so’zlar yoki gaplar o’rnida kelib, ularni ko’rsatib keluvchi olmosh … deyiladi.
J: ko’rsatish olmoshi ( Bu maktab bizniki.)
|
| |