• Ustozimga ming rahmat. Jo’nalish kelishigini olgan so’z gapda qanday vazifani bajaryapti
  • Qaysi kelishik shakllarini olgan so’zlar gapda o’rin holi, payt holi, to’ldiruvchi vazifalarida kela oladi
  • Qaysi kelishik shakllari so’zlarni o’zaro tobe bog’lashdan tashqari, butunlik hamda qismlik ma’nosini ham beradi
  • Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida qaysi so’zlar qo’llanilganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi egalik qo’shimchalari harakat nomi tarkibida qo’llaniladi
  • Yordamchi so’z turkumlari deb nimaga aytiladi J
  • Jo’nalish kelishigini olgan so’zlar gapda qanday vazifalarni bajaradi?




    Download 194.3 Kb.
    bet28/98
    Sana14.07.2023
    Hajmi194.3 Kb.
    #76728
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
    Bog'liq
    6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)
    BMI mavzu, 10-sinf revision, Документ Microsoft Word, программа обучения Обслуживание 31052022, ОРС, IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR, Interaktiv texnologiyalar va ulardan foydalanish mundarija kiris, Dunyo tillari va tillar tasnifi
    Jo’nalish kelishigini olgan so’zlar gapda qanday vazifalarni bajaradi?

    J: Payt holi, o’rin holi, to’ldiruvchi bo’lib keladi.

    1. U o’qish niyyatida shaharga yo’l oldi. Jo’nalish kelishigini olgan so’z gapda qanday vazifani bajaryapti?

    J: o’rin holi (shaharga – qayerga so’rog’iga javob bo’lyapti)

    1. Ustozimga ming rahmat. Jo’nalish kelishigini olgan so’z gapda qanday vazifani bajaryapti?

    J: to’ldiruvchi ( ustozimga – kimga so’rog’iga javob bo’lyapti, Bu so’rog’ esa to’ldiruvchiniki)

    1. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi harf bilan tugallanuvchi so’zlardan keyin kelganda tovush almashinuv hodisasi sodir bo’ladi?

    J: k va q harflari bilan tugagan so’zlardankeyin kelganda ( yurak+ga= yurakka)

    1. Qaysi kelishik shakllarini olgan so’zlar gapda o’rin holi, payt holi, to’ldiruvchi vazifalarida kela oladi?

    J: jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklarini olgan so’zlar

    1. Qaysi kelishikni olgan so’z maqsad-sabab holi bo’lib kela oladi?

    J: chiqish kelishigini ( Uyalganidan kelmadi. –Nima sababdan so’rogiga javob bo’ladi va maqsad-sabab holi hisoblanadi)

    1. Qaysi kelishik shakllari so’zlarni o’zaro tobe bog’lashdan tashqari, butunlik hamda qismlik ma’nosini ham beradi?

    J: tushum kelishigidagi so’z butunni, chiqish kelishigidagi so’z qismni ifodalaydi.
    Solishtiring: uzumni yedim, uzumdan yedim

    1. Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida qaysi so’zlar qo’llanilganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi egalik qo’shimchalari harakat nomi tarkibida qo’llaniladi?

    J: Kerak, lozim, darkor, shart so’zlari qo’llanilganda

    1. Yordamchi so’z turkumlari deb nimaga aytiladi?

    J: Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar yordamchi so’z turkumlari deyiladi. ( va, bilan kabi so’zlarga so’roq berib ko’ring, uddalolmaysiz. Chunki, ular yordamchi so’zlar)




    1. Download 194.3 Kb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




    Download 194.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jo’nalish kelishigini olgan so’zlar gapda qanday vazifalarni bajaradi?

    Download 194.3 Kb.