Taraflarning javobgarligi




Download 198.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana11.08.2023
Hajmi198.42 Kb.
#78419
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ticket6182088 230301174053 FF538A0F-5FE5-47E1-BF5D-D8378D1E1038
Sayyoramizda sodir bo`ladigan global ekologik muammolar, 12amaliy, Ticket6182088 230301174032 FF538A0F-5FE5-47E1-BF5D-D8378D1E1038, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MULOQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH METODIKASI, Doc5, 3-kl tezis, 2 5265212979535681422, Gauss, 2 sinf ona tili fanindan testlar, 2 5323798296253184343, Ovqatlanish gigiyenasi. Shayxova G.I, самостоятельная работа по БЖД
5. Taraflarning javobgarligi.
5.1. Taraflarning biri tomonidan mazkur Shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, HKKPda aybdor Tarafning shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘laridan
jarima undiriladi va mazkur Shartnoma summasidan belgilangan zakalat puli miqdoridagi summa zarar ko‘rgan Taraf hisobiga o‘tkaziladi, mazkur Shartnoma
esa bekor qilingan hisoblanadi.
5.2. Tovar to‘liq yetkazib berilmagan taqdirda, Sotuvchi Sotib oluvchiga HKKPda Sotuvchining shaxsiy hisob varag‘idagi pul mablag‘laridan mazkur
Shartnoma summasidan belgilangan zakalat pullari miqdorida jarima to‘laydi. Jarima to‘lovi Sotuvchini tovar to‘liq yetkazib berilmaganligi oqibatida
yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
5.3. Yetkazib berilgan tovar standartlarga, texnik shartlarga, namunalarga (etalonlarga), sifati, turi va navga mansubligi bo‘yicha boshqa majburiy shartlarga
muvofiq bo‘lmagan taqdirda, Sotib oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda tovarni qabul qilib olishdan bosh tortish, Sotuvchidan tegishlicha sifatga, turga
va navga ega bo‘lmagan tovar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olish yoki to‘langan summalarning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
5.4. Mazkur Shartnoma bilan belgilangan yetkazib berish muddatida (davrida) tovar yuklab olib chiqilmaganligi uchun, shuningdek tovarni qabul qilib olishni
asossiz rad qilganligi uchun Sotib oluvchi Sotuvchiga HKKPda shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘laridan mazkur Shartnoma summasidan belgilangan
zakalat pullari miqdorida jarima to‘laydi. Jarima to‘lovi Sotib oluvchini yuklab olib chiqilmagan (o‘z muddatida qabul qilib olinmagan) tovarning kechiktirilishi
oqibatida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
5.5. Agar tovar maxsus qutilarda yetkazilishi yoki qadoqlanishi lozim bo‘lsa va tovar qutilarsiz va/yoki qadoqlanmay yetkazilsa, sotib oluvchi qonunchilikda
belgilangan tartibda Sotuvchidan mazkur tovarlar qiymatining 5% miqdorida jarima undirishga xaqli.
5.6. Brokerning mazkur Shartnomani imzolashdan va /yoki uni belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun filial makleriga (savdo maydonchasi
ro‘yxatdan o‘tkazuvchisiga) topshirishdan bosh tortganligi uchun Brokerdan Birja tomonidan belgilangan miqdorda jarima undiriladi.
5.7. HKKPdan to‘langan bitimlar reestri olinmasdan Sotuvchi tomonidan mahsulotlar yuklab jo‘natilgan taqdirda, Birja Sotib oluvchi tomonidan Shartnoma
bo‘yicha majburiyatlar nohalol bajarilganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
5.8. Shartnomaning 3.8-bandida qayd etilgan shartlar buzilgan taqdirda, Birja ehtimoldagi zararlar yuzaga kelganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

Download 198.42 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 198.42 Kb.
Pdf ko'rish