• 7.2.Gazlamalardan tejamli foydalanish.
  • 7.3.Gazlamalarni toshashning takomillastirish yollari
  • 7 – ma’ruza mavzu: Gazlamalardan tejamli foydalanish




    Download 16.04 Kb.
    Sana04.04.2022
    Hajmi16.04 Kb.
    #19305
    Bog'liq
    7 (1)
    1. Organik moddalar ishtirokida boradigan reaksiyalar. Birikish,, Horij musiqa adabiyoti, NARXLAR, Qattiq jism dinamikasi 10, Самостоятельная работа албом, Mavzu Oddiy differensial tenglamalar uchun Koshi masalаsini yec, 09 Бланк курсового Производство св конст , UMARXON KURS ISHI, Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг-hozir.org, avtomobillarga-texnik-va-servis-xizmat-ko-rsatish-usullari, 1481616381 65136



    7 – MA’RUZA
    Mavzu: Gazlamalardan tejamli foydalanish
    REJA:
    7.1.Gazlamalarni to'shamaga mo'ljallab xillash.
    7.2.Gazlamalardan tejamli foydalanish.
    7.3.Gazlamalarni to'shashning takomillastirish yo'llari
    Tayanch so‘z iboralari: Vertikal pichokli, disk pichokli , lenta pichokli bichish mashinalari lazer nuri, elektr uchquni, gidromonitor, rulon, rama, yo‘naltiruvchi tirqishlar, taranglovchi rolik, valik, chopqilar, harakatlanuvchi, ustki stol, uzatuvchi rolik, lenta, baraban, qirqadigan valik, gazlamani bosib turadigan valik, pichoqlar.

    7.1.Gazlamalarni to'shamaga mo'ljallab xillash.


    Gazlamalarning sifati boshqa shahardan keltirilgan bo‘lsa, 20 kun muddatdan kechiktirmasdan, shu shahardan keltirilgan bo‘lsa 10 kun muddatdan kechiktirmasdan tekshirilishi lozim.
    Gazlama nuqsonini topish uchun nuqson topish "BPM-2", "BPM-3", "Edelman" mashinalari yoki 3 metrli o‘lchov stollari ishlatiladi.O‘lchash natijalari har qaysi to‘pning pasportiga yoziladi.
    Sifati tekshirilayotgan gazlamalarda nuqson topilsa, gazlamaning yuz tomoniga bo‘r yoki sovun bilan belgilanadi va milkiga rangli iplar yoki yopishqoq lenta bilan "signal" biriktirib qo‘yilady. Uzun tukli gazlamalarda tukning yo‘nalishi strelka bilan ko‘rsatiladi.
    Tekshirish natijalari to‘pning pasportiga yoziladi.To‘pning pasporti ikki nusxada to‘ldirilib, birinchisi to‘pga biriktirib qo‘yilib, ikkinchi nusxasiga gazlama namunasi yopishtirilib, hisobchilarga yuboriladi


    7.2.Gazlamalardan tejamli foydalanish.
    Tikuvchilik korxonalarida gazlamalarni ketma-ket, parallel yoki aralash (parallel-ketma-ket) usulda to‘shash mumkin. Ketma-ket usulda avval bir stolga mo‘ljallangan to‘shamani to‘la bajarib bo‘lib, keyin navbatdagi stollarga birin-ketin to‘shala boriladi.Bunda gazlama to‘plari oxirigacha to‘shalib bitishi kutilmay, bir to‘shamadan ortib qolgan qismi keyingi stolga to‘shash uchun olib qo‘yilaveradi.Shunday qilib bir to‘shamani tugallagandan keyingina navbatdagisiga o‘tib boradilar. To‘shashni 2 kishi bajaradi.
    Bu usulning afzalligi quyidagilar:

    • bichish syexi sathidan rasional foydalanish mumkin;

    • keyingi stollardagi to‘shamalar tayyor bo‘lishi kutilmay, to‘shab bo‘lingan stoldagi to‘shama qirqaveriladi.

    Kamchiligi: rulon o‘ramini ochish ko‘p marta takrorlanadi, bitta to‘pni keyingi to‘shamalarda ishlatish uchun bir necha marta olib qo‘yiladi, boshqa usullardagiga qaraganda to‘shash jarayoni cho‘zilib ketadi.
    Parallel to‘shash usuli shundan iboratki, unda har qaysi gazlama to‘pi oxirigacha to‘shama seksiyalarga yoki bir necha stolga bir vaqtda to‘shaladi, to‘shamalar esa barcha to‘plar to‘shab bo‘lingandan keyingina qirqiladi.Parallel to‘shash usulida bir to‘p gazlama butunlay tugaguncha to‘shaladi.
    Afzalligi: qancha gazlama sarf bo‘lishini eng maqbul hisoblash imkoniyati tug‘iladi, nuqsoni ko‘p bo‘lgan gazlama to‘plarini rasional ishlatish uchun katta imkoniyat paydo bo‘ladi.
    Kamchiligi: bichish syexining sathi keng bo‘lishi kerak.
    Gazlamalarni aralash to‘shash usuli parallel to‘shash usulining ikki yoki undan ortiq marta ketma-ket takrorlanishidan iborat.


    7.3.Gazlamalarni to'shashning takomillastirish yo'llari
    Avtomatik tarzda to‘shamani tayyorlash uchun Fransiya-da chiqarilgan "Lektra" sistemasining "Lektra Ye-73" to‘shash qurilmasi bor Erkaklar kostyumi avrasini to‘shash uchun "Bulmer" firmasining 30/31A to‘shash mashinasi qo‘llaniladi.Uning Ye5U 25/160 yuklash moslamasi bor. Bunda gazlama-larning milki ±3 mm. aniqlikgacha avtomatik tarzda to‘g‘rilanadi.Bu komplektga 2 ta TK-112 to‘shash stollari (o‘lchami 15 x 1,8) bor. Oldindan qog‘oz to‘shalgan stolga jun gazlamalar 60 qavatgacha, velvet, duxoba 40 qavatgacha to‘shalishi mumkin.
    To‘shama tayyor bo‘lgandan keyin uning ustiga bo‘rlama to‘shaladi va o‘chirilgan noaniq chiziqlari bo‘r bilan chiziladi.
    To‘shamaning sifati tekshirilgandan keyin kiyimning hamma detallariga kiyimning razmeri, rosti, fasonning nomeri yozilgan gazlama parchasi tikiladi yoki qog‘ozga yozilib, yelim bilan yopishtiriladi, bu detallarni to‘g‘ri komplektovka qilishni ta’minlaydi.
    NAZORAT SAVOLARI

    1. Gazlamalarni bichishni necha xil usuli bor?

    2. Universal usulda bichishda qanday jihozlar ishlatiladi?

    3. Vertikal pichoqli bichish mashinalaridan qaysilarini bilasiz?

    4. Disk pichoqli bichish mashinalaridan qaysilarini bilasiz?

    5. Lenta pichoqli bichish mashinalaridanqaysilarini bilasiz?

    6. Pichoq bilan gazlama orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchini kamaytirish uchun nima qilinadi?

    7. Presslar qanday harakatlanadigan bo‘ladi?

    8. O‘yish presslarining stoli qanday bo‘ladi?

    9. Kontaksiz qirqishni qanday usullarni bilasiz?

    10. Nuqsonli gazlamalarni bichish uchun nima qilinadi?

    Download 16.04 Kb.




    Download 16.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7 – ma’ruza mavzu: Gazlamalardan tejamli foydalanish

    Download 16.04 Kb.