• Tayanch iboralar
  • Asosiy savollar
  • 7- modul : maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. Dars o‘quv maqsadi




    Download 74.64 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana30.03.2023
    Hajmi74.64 Kb.
    #47759
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    7- modul maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish.
    Chiroyli yozuv yakuniy nazorat (1), CHiroyli yozuv fan dasturi, BIRINCHI SINFDA YOZUV MALAKALARINI, 6-Mavzu, Ижод фаол техн - 1-АМАЛИЙ , 2-M Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha, 3-mavzu ma\'ruza tabiat, YOSHLARNI KASB HUNARGA QIZIQTIRISHNING INNOVATSION USULLARI MAQOLA, e\'lon 13.02, Очиқ дарс баённомаси 21-06 (2), 6-Mavzu, 12. Infokfaktor 25.04.2023 , FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    7- MODUL : MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA RAHBARLIK QILISH. 
     
    Dars o‘quv maqsadi: Talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalariga rahbarlik 
    qilish to‘g‘risida bilimlar hosil qilish.
    Tayanch iboralar: Tipovoy shtat — namunaviy ish joyi, Pedagogik bilimlar bola 
    tarbiyasiga oid bilimlar.Nazoratchi — nazoratchiuslubchi. Operativ — muayyan 
    vazifalarni tez va izchil amalga oshirilishi.Ob’ektiv ~ xolis, xolisona.Ota-onalar qo‘mitasi 
    — maktabgacha ta’lim muassasasida jamoatchilik asosida tashkil etiladigan organ. 
    Asosiy savollar: 
    1.
    Maktabgacha ta’limga rahbarlik. 
    2.
    Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni. 
    3.
    Ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta’lim tizimini boshqarish. 
    Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
    ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va 
    Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari 
    maktabgacha ta’limni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadi. 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shahar Xalq 
    ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) 
    hokimliklariga bo‘ysunadi. 
    Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi boshqarmasi turli shakldagi maktabgacha ta’lim 
    muassasalari tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirish ishlarini boshqaradi. U 
    maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi 
    muassasalarni qurish, mablag‘ bilan ta’minlash, kadrlar tanlash ishlariga ko‘maklashadi, 
    kadrlarni tayerlash va malakasini oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi, uslubiy qo‘llanmalar va 
    ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlaydi, idoralar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar faoliyatini 
    muvofikdashtiradi. 
    Kengash tarkibiga homiylik qiluvchi muassasalarning xodimlari, ota-onalar, o‘rta maktab, 
    maktabgacha ta’lim, tibbiy yordam, mahalla qo‘mitasi vakillari kiritiladi. Maktabgacha ta’lim 
    mudirasi tegishli tuman maktabgacha ta’limi bo‘limi tomonidan tayinlanadi. 
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 
    moliyalashtiriladi. 
    Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari — maktab, 
    maktabgacha ta’lim va maktabdan tashqari, maktab internatlar, akademik litsey va kollejlarga 
    rahbarlik qiluvchi yuqori organlar hisoblanadi. 
    Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari quyidagi 
    yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi: 
    —maktabgacha ta’lim; 
    Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarga umumiy rahbarlik vazir 
    tomonidan amalga oshiriladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha rahbarlik vazir o‘rinbosarlari, boshqarma 
    va bo‘lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limi vazirligining 
    maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi zimmasiga mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini 
    rivojlantirish, muassasalar faoliyatiga rahbarlik qilish va uni nazorat etish vazifasi yuklatilgan. 


    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Maktabgacha 
    ta’limi vazirligi faoliyatiga ko‘maklashadi va ish rejalarini tasdiqlaydi. Vazirlik «Ta’lim 
    to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa me’yoriy hujjatlarga tayangan 
    holda faoliyat yuritib, maktabgacha ta’lim, umumiy, o‘rta maxsus va malaka oshirish institutlari 
    tizimini takomillashtirish, respublikada pedagogika fanini taraqqiy ettirish ishlariga rahbarlik 
    qiladi. 
    Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
    — umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy tajriba, xalqning ko‘p asrlik ilmiy va madaniy an’analarini, 
    jamiyatning kelgusi taraqqiyotini hisobga olgan holda, respublikaning intellektual va ilmiy 
    imkoniyatini rivojlantirish, o‘zining jamiyat, oila va davlat oldidagi mas’uliyatini anglaydigan, 
    har tomonlama etuk, erkin shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim sohasida davlat siyosatini 
    amalga oshirish; 
    —ta’lim strategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlanish istiqbolini belgilash va rejalashtirish, 
    ta’lim tizimining xalq xo‘jaligi boshqa sohalari bilan o‘zaro munosabati tartibini 
    takomillashtirish; 
    —ta’lim mazmunini muntazam yangilab turish hamda ta’limning jahon andozalariga, aholining 
    milliy, yosh va boshqa guruhlari ehtiyojlariga javob beradigan yangi mazmuni ishlab chiqilishini 
    ta’minlash; 
    —kasb ta’limi olish va yangi„ijtimoiyiqtisodiy sharoitlardagi faoliyatga tayyorlanish uchun 
    yoshlarning umumiy o‘rta va bazaviy ta’limi konsepsiyasini shakllantirish va ro‘yobga 
    chiqarish; 
    bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish, chora-tadbirlari kompleksini 
    ishlab chiqish va amalga oshirish; 
    — O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ta’lim ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash va 
    ulardan foydalanishni takomillashtirish, ta’lim sohasi xodimining jamiyatdagi ijtimoiy maqomini 
    ko‘tarishni amalga oshirish sohasilagi kadrlar siyosatini ro‘yobga chiqarish; 
    —o‘quv- tarbiya jarayoni sifatiga davlat bahosini berish, davlat tasarrufida bo‘lgan va davlatga qarashli 
    bo‘lmagan ta’lim muassasalarida ishchilar va mutaxassislar tayyorlash; 
    —ta’limning moddiy negizini rivojlantirish va texnika bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini 
    ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy ta’limni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli 
    buyumlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarini belgilash; 
    —ta’lim masalalarida xalqaro, davlatlararo darajalarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini 
    belgilangan tartibda ifodalash; 
    —ta’lim muassasalarida, ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, o‘quv-tarbiyaviy va uslubiy 
    ishlarni muvofiqlashtirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgaliqda ta’lim sifatini 
    oshirish, bolalar va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish. 

    Download 74.64 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 74.64 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7- modul : maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. Dars o‘quv maqsadi

    Download 74.64 Kb.
    Pdf ko'rish