• TCP/IP protokollari stekining tuzilishi
  • Tarmoq interfeyslari sathi
  • 7-8-ma’ruza. Tcp/ip protokollar steki. Reja




    Download 46.4 Kb.
    bet1/5
    Sana30.11.2022
    Hajmi46.4 Kb.
    #32608
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    7-8-ma’ruza. Tcp ip protokollar steki. Reja
    1667630846

    7-8-ma'ruza. TCP/IP protokollar steki.
    7-8-ma’ruza. TCP/IP protokollar steki.
    Reja:

    • TCP/IP protokollari stekining tuzilishi.

    • OSI modeli va kommunikatsion protokollar orasidagi bog’lanishlar.

    • TCP/IP protokollari asosida tarmoqlararo o’zaro ishlashni tashkil qilish.

    • Tarmoq sathi protokollari.

    • IP-protokoli.

    • Transport sathi protokollari. TCP va UDP protokollari.

    TCP/IP protokollari stekining tuzilishi
    TCP/IP protokoltar steki turli xil tarmoqlarni yagona ma'lumotlar uzatish tizimiga birlashtirilgan transport tizimini yaratish uchun mo'ljallangan ierarxik tartibga ega protokollar to'plamidir. Tarmoqlarning xilma-xilligi OSI modelining fizik va kanal sathlarida "mahalliy" tarmoqlarni qurish texnologiyasidagi farq sifatida tushuniladi. Hozirgi vaqtda TCP/IP protokollari steki Internetdagi asosiy ma'lumotlar uzatish protokollaridir. Stekning nomi asosiy protokollarning nomlaridan kelib chiqqan: TCP (Transmission Control Protocol) uztishlarni boshqarish protokoli va IP (Internet protocol) tarmoqlararo protokol. Ko'pincha birlashtiriladigan tarmoqlarga tarmoq osti deb ataladi va birlashgan tarmoq intertarmoq yoki Internet deb ataladi. Internet protokollarining texnik spetsifikatsiyasi RFC (Request for Comments)ning hujjatlari shaklida chiqariladi. RFCning hujjatlari Internetda, masalan, http://www.rfc-editor.org saytidada chop etiladi.

    7.1-rasm. TCP/IP stekining tuzilishi
    TCP/IP protokollari steki modeli 4 ta sathdan iborat (RFC 1122).

    • Tarmoq interfeyslari sathi “mahalliy” texnologiyalar asosida qurilgan tarmoqlarni murakkab tarmoqlarga birlashtirishni ta’minlaydi. Mahalliy texnologiyalar deganda mahalliy tarmoql (tarmoq osti)larning qurilish texnologiyalari va nuqta-nuqta kanallari tushunliladi. Bu sathning asosiy vazifasi quyidagilar:

    • deytagrammalarni qabul qilishga va ularni aniq tarmoq bo’yicha uzatishga javob beradi;

    • tarmoq tarkibiga kiruvchi tarmoq texnologiyalarining o’zaro aloqasini tashkil qilishga javob beradi;

    OSI modelining fizik va kanal sathlaridan farqli ravishda tarmoq interfeyslari sathi fizik va kanal sathlarida ma’lumotlarni uzatish prinsiplarini aniqlamaydi.
      1   2   3   4   5




    Download 46.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-8-ma’ruza. Tcp/ip protokollar steki. Reja

    Download 46.4 Kb.