• Elektr tarmoq xo‘jaligi ob’ektlarining muxofaza maydonlari
  • 7-amaliy mashg‘ulot. Shahar elektr taʻminotidagi kabel tarmoqlari boʻyicha qurilishi talablari




    Download 1.31 Mb.
    bet1/2
    Sana01.09.2022
    Hajmi1.31 Mb.
    #25531
      1   2
    Bog'liq
    1050 ва КЛ (автовосстановление)
    GLOBALLASHUV JARAYONINI RIVOJLANISH YO\'NALISHLARI BOZORLARNI GLOBALLASHUVI VA TOVARLARNI

    7-amaliy mashg‘ulot. Shahar elektr taʻminotidagi kabel tarmoqlari boʻyicha qurilishi talablari
    Ishdan maqsad: Talabalar shaharlardagi elektr tarmoq xo‘jaligi ob’ektlarining muxofaza maydonlari, kuchlanishi 220 kV gacha bo’lgan kabel liniyalarini o‘rnatish bo‘yicha ko‘nikma hosil qiladi.
    Elektr tarmoq xo‘jaligi ob’ektlarining muxofaza maydonlari
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi
    1050-son qarori bilan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarini muhofaza qilish qoidalari” tasdiqlangan bo‘lib, unda elektr uzatish tarmoqlarining muxofaza maydonlari qancha masofada ekanligi va ushbu hududlarda qanday ishlarni amalga oshirish mumkinligi yoki bajarish mumkin emasligi to‘g‘risida barcha talablar bayon etilgan.
    Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlari ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan korxonalar tomonidan muhofaza qilinadi.
    Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi:
    a) elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab — chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni bo‘ylab (havo elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagi) quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi ko‘rinishida kuchlanishi:
    bir kilovoltgacha kuchlanishli liniyalar uchun —



    Yuqori kuchlanishli liniyalar uchun, kV

    Ximoya zonasi

    bir kilovoltgacha

    2 metr (binolarning devorlari, konstruksiyalar va hokazalar bo‘ylab o‘tkazilgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun muhofaza zonasi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘rnatilgan bunday liniyalardan ruxsat etilgan minimal masofalar bilan aniqlanadi);

    20 kilovoltgacha

    10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr);

    35 kilovol

    15 metr

    110 kilovolt

    20 metr

    220 kilovolt

    25 metr

    500 kilovolt

    30 metr

    b) yer osti elektr uzatish kabel liniyalari bo‘ylab -elektr uzatish liniyasining ikkala tomoniga parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan, chetdagi kabellardan 1 metr, agar kabel liniyalari shaharlarda yo‘laklar ostida o‘tkazilganda esa — bino va inshootlar tomonga 0,6 metr va ko‘chaning transport harakatlanadigan qismi tomoniga 1 metr masofaga chetlangan yer uchastkasining yuza qismi, uning ostida joylashgan (elektr uzatish kabel liniyalari o‘tkazilgan chuqurlikka mos chuqurlikdagi) yer qa’ri ko‘rinishida;
    v) suv osti elektr uzatish kabel liniyalari bo‘ylab — liniyaning xar ikki tomoni bo‘ylab chetdagi kabellardan 100 metr masofadagi vertikal tekislik bilan cheklangan suv yuzasidan uning tubigacha bo‘lgan suv makoni ko‘rinishida;
    g) elektr uzatish havo liniyalarini suv havzalaridan (daryolar, kanallar, ko‘llar va boshqalar) o‘tishlari bo‘ylab — suv havzalaring suv sathi ustidagi (balandligi elektr uzatish havo liniyasi tayanchlari balandligiga mos bo‘lgan) elektr uzatish liniyasining ikkala tomonidan chetdagi simlardan, ularning o‘zgarmagan holatida kema yuradigan suv havzalari uchun 100 metr masofada, kema yurmaydigan suv havzalari uchun esa — elektr uzatish havo liniyalari uchun o‘rnatilishi nazarda tutilgan muhofaza zonasi masofada vertikal tekisliklar bilan cheklangan havo makoni ko‘rinishida;
    d) podstansiyalar atrofi bo‘ylab — podstansiya to‘sig‘ining barcha tomonlaridan perimetri bo‘ylab, podstansiyaning birlamchi kuchlanishiga nisbatan qo‘llanilgan holda ushbu bandning «a» kichik bandida ko‘rsatilgan, masofada vertikal (balandligi podstansiyaning eng baland nuqtasiga mos bo‘lgan) tekisliklar bilan cheklangan yer uchastkasi sathi va havo makoni qismi ko‘rinishida.
    Elektr uzatish liniyalari bilan yaqin joylashgan binolar va inshootlar, shuningdek, daraxtlar va boshqa ko‘p yillik o‘simliklar o‘rtasidagi ruxsat etiladigan eng kam masofa Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarida belgilanadi.
    I) Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, shu jumladan ularning shikastlanishiga yoki yo‘q qilib tashlanishiga olib borishi va (yoki) fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga va jismoniy yoki yuridik shaxslarning mulkiga shikast yetkazishi, shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:
    a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
    b) texnik qoidalar, normalar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq yaratilgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish, shuningdek, elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlariga kirish yo‘llarini barpo qilmay turib, bunday kirishlarga xalaqit beruvchi har qanday ishni amalga oshirish va inshootlar barpo etish;

    v) taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning to‘silgan hududi doirasida va xonalarida bo‘lish, taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning eshiklari va lyuklarini ochish, o‘chirib-yoqishlarni va elektr tarmoqlarga ulashlarni (ushbu talab o‘rnatilgan tartibda ruxsat etilgan ishlarni amalga oshirish bilan band bo‘lgan xodimlarga tatbiq etilmaydi) amalga oshirish, podstansiyalarning kirish va taqsimlash qurilmalari, elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;


    g) bolalar va sport maydonchalarini, stadionlarni, bozorlarni, savdo shoxobchalarini, dala shiyponlarini, mollar uchun qo‘ralarni, har qanday turdagi mashina va mexanizmlar uchun garajlar va turar joylarni joylashtirish, o‘rnatilgan tartibda ruxsat etilgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida);
    d) axlatxonalarni joylashtirish;
    ye) zarba beruvchi mexanizmlar bilan ishlarni amalga oshirish, massasi 5 tonnadan ortiq og‘irliklarni tashlash, yemiruvchi korroziyalovchi moddalarni va yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.
    16. Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori bo‘lgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlari uchun o‘rnatilgan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalarning 15-bandida keltirilgan harakatlardan tashqari quyidagilar taqiqlanadi:
    a) har qanday, shu jumladan yoqilg‘i-moylash materiallari saqlanadigan omborlarni joylashtirish;
    b) har qanday uchish apparatlarini, shu jumladan varraklarni, uchish apparatlarining sport modellarini (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonalarida) uchirish;
    v) kemalardan langar tashlash va ularni (suv osti elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida) tashlangan langarlar, zanjirlar, chuqurlikni o‘lchaydigan asboblar, sudralma aravalar va traplar bilan o‘tish;
    g) kemalarni kranlarining va boshqa mexanizmlarining ko‘tarilgan strelasi bilan (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasidan) o‘tishi.
    d) 500 kV EUL muhofaza zonasida, temir yo‘ldan tashqari, barcha transport vositalarining to‘xtashi taqiqlanadi.
    II) Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlari bo‘lgan korxonaning yozma roziligisiz elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarining muhofaza zonalari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagilar taqiqlanadi:
    a) har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish;
    b) har qanday turdagi kon, portlatish, melioratsiya, shu jumladan yerga vaqtinchalik suv bostirish bilan bog‘lik ishlarni amalga oshirish;
    v) daraxtlar hamda butalarni ekish va kesish;
    g) suv havzasi tubini chuqurlashtirish, tuproqni kavlab olish va ortish-tushirish ishlari, baliq va boshqa suv jonivorlarini suv osti changaklari bilan tutish, suv o‘simliklarini chiqarib olish, (elektr uzatish suv osti kabel liniyalarining muhofaza zonasida);
    d) kemalarning vertikal bo‘yicha eng yuqori gabaritidan (yuk bilan yoki yuksiz) elektr uzatish havo liniyalari simlarigacha ruxsat etilgan minimal masofadan kam masofada, shu jumladan toshqin davrida suv sathining maksimal ko‘tarilishi hisobga olingan holda o‘tish;
    ye) umumiy balandligi yo‘lning sathidan (yuk bilan yoki yuksiz) 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashina va mexanizmlarning o‘tishi (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida);
    j) 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda, shudgorlanadigan yerlarda esa 0,45 metrdan ortiq chuqurlikda qazish ishlarini amalga oshirish, shuningdek tuproqni tekislash (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida);
    z) agar suv oqimi balandligi 3 metrdan ortiq bo‘lishi mumkin bo‘lsa — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘orish;
    i) balandligi 4 metrdan ortiq qishloq xo‘jaligi mashinalari va uskunalarini qo‘llagan holda dala qishloq xo‘jaligi ishlarini (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida) yoki yerni haydash bilan bog‘liq dala qishloq xo‘jaligi ishlarini olib borish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.
    III) Kuchlanishi 1000 voltgacha bo‘lgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlari uchun o‘rnatilgan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalarning 17-bandida nazarda tutilgan harakatlardan tashqari, elektr ta’minoti korxonasining ruxsatisiz:
    a) har qanday, shu jumladan yoqilg‘i-moylash materiallari saqlanadigan omborlarni joylashtirish;
    b) kemalar, barjalar va suzuvchi kranlarning turishi uchun to‘xtash joylarini tashkil qilish, kemalardan langar tashlash va ularni tashlangan langarlar, zanjirlar, chuqurlikni o‘lchaydigan asboblar, sudralma aravalar va traplar bilan o‘tishi (suv osti elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida);
    v) varraklarni, uchish apparatlarini, shu jumladan boshqarilmaydigan uchish apparatlarini uchirish taqiqlanadi.



    Download 1.31 Mb.
      1   2




    Download 1.31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-amaliy mashg‘ulot. Shahar elektr taʻminotidagi kabel tarmoqlari boʻyicha qurilishi talablari

    Download 1.31 Mb.