7 Laboratoriya ishi Yong‘inga qarshi va tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlar harakati Умумий қоидалар




Download 45.78 Kb.
bet1/12
Sana26.08.2023
Hajmi45.78 Kb.
#79583
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-laboratoriya (1)
protokl, Hello everyone, Документ Microsoft Word, NAMUNA, Mavzu, 11-маъруза, Bojxona ishi referat.yangi TAXRIRI, Moliya maruza referat M.Sharobiddinov, GuideIPru (1), 3922100824, Хулоса Моддий ёрдам учун, 10-MA\'RUZA (2), bb2e81c9-6072-428a-89b5-f96b9cc5db0f, 16 Kilichev

7 - Laboratoriya ishi
Yong‘inga qarshi va tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlar harakati

Умумий қоидалар



1. Tiklash, o‘t o‘chirish poyezdlari, maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlar yo‘lda to‘xtab qolgan poyezd yetakchi lokomotivining mashinisti (mashinist yordamchisi) ning yordam so‘rab (yozma ravishda, telefon yoki radio aloqa orqali uzatilgan) qilgan talabi, shuningdek, yo‘l, elektr ta’minoti, signalizatsiya va aloqa xizmati xodimlarining talabi asosida tayinlanadi.
Tiklash va o‘t o‘chirish poyezdlari bu poyezdlar to‘g‘risida amal qilayotgan tegishli qoidalar asosida chaqiriladi. Tiklash, o‘t o‘chirish poyezdlari, maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlarni jo‘natish va ularni belgilangan manziliga harakatlanishi poyezd dispetcherining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.


2. Yordam talab qilganda peregonda to‘xtab qolgan poyezdning mashinisti (mashinist yordamchisi) stansiya navbatchisi yoki poyezd dispetcheriga poyezdning boshi qaysi kilometrda joylashganligini, nima sababdan va qaysi vaqtda yordam zarurligini xabar qilishi shart. Stansiya navbatchisi yoki poyezd dispetcheri bilan telefon va radio aloqasi bo‘lmagan favqulotda holatlarda stansiyaga yozma talabnomani yetkazish uchun poyezd lokomotividan foydalanish mumkin. Vagon g‘ildiraklari ostiga tormoz boshmoqlari qo‘yilib va qo‘l tormozlari ishga tushirilib, vagonlarni o‘z-o‘zidan ketib qolishidan mahkamlangandan so‘nggina lokomotivni tarkibdan uzishga ruxsat etiladi. Lokomotiv tarkibdan ajratilishidan avval qoldirilayotgan vagonlarning avtotormozlari ham (so‘nggi kranni to‘liq ochish yo‘li bilan) ishga tushirilishi kerak. Stansiyaga talabnomani yetkazish uchun yo‘lovchi poyezdi lokomotividan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
To‘xtab qolgan poyezd tarkibi joylashgan yo‘lning profiliga ko‘ra vagonlarni mahkamlash uchun mavjud vositalar yetarli bo‘lmasa, vagonni lokomotivdan ajratish taqiqlanadi. Zarur hollarda ikki yo‘llik peregonlarda stansiya navbatchisiga yordam to‘g‘risida yozma talabnomani yetkazish uchun qarama-qarshi yo‘nalishdagi poyezdning lokomotiv brigadasidan foydalanishga ruxsat etiladi.


3. Tiklash, o‘t o‘chirish poyezdi, maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi yoki yordamchi lokomotivni yuborish xaqidagi talabni qabul qilgandan so‘ng stansiya navbatchisi bu to‘g‘rida darhol poyezd dispetcheriga xabar beradi. Telefon yoki radio aloqa orqali qabul qilingan talab poyezdlar harakati jurnaliga yoziladi.



Download 45.78 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 45.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7 Laboratoriya ishi Yong‘inga qarshi va tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlar harakati Умумий қоидалар

Download 45.78 Kb.