|
Khan Academy platformasida ta’lim olish
|
bet | 9/16 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,01 Mb. | | #228628 |
Bog'liq 7-ma’ruza Mavzu Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhKhan Academy platformasida ta’lim olish
Khan Academy — ta’lim berishga yoʻnaltirilgan, internet orqali bepul va sifatli ta’lim beradigan notijoriy tashkilot. Asosiy maqsadi — dunyo aholisiga sifatli va bepul ta’lim berish. Loyiha Google, Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi va boshqa koʻplab tashkilot hamda shaxslarning xayriyalari hisobiga moliyalashtiriladi. Akademiya platformasining kurslari juda sodda, biroq qat’iy va oʻzini sinab koʻrish uchun juda koʻp interfaol xususiyatlarga ega. Platforma oʻzida ta’lim beruvchi videorolik, amaliy topshiriqlar va ta’lim olishning shaxsiy panelidan tarkib topgan. Boshqa MOOC platformalardan farqli ravishda, Khan Academy kurslari maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, platformada matematika, ingliz tili, kimyo va boshqa fanlar boʻyicha oʻquv materiallari joylashtirilgan. Shuningdek, ta’lim oluvchilar SAT, ACT, GRE, NCLEX-RN va Praxis imtihonlari standart testlariga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bilan tanishishlari mumkin. Akademiya oʻqituvchi va ota-onalarga standart oʻquv materiallarini belgilash va ta’lim oluvchining oʻzlashtirishini kuzatib borish imkoniyatini taqdim etadi. Tarmoq vositalari yordamida ta’lim oluvchilar boshqa foydalanuvchi va oʻqituvchilar bilan oʻzaro aloqa oʻrnatishi mumkin.
https://uz.khanacademy.org/ — Khan Academy bepul onlayn ta’lim platformasining oʻzbek tiliga mahalliylashtirilgan loyihasi. https://xanakademiyasi.uz/ — Khan Academy bepul onlayn ta’lim platformasi videolarining mahalliylashtirilgan variantlari joylashgan sayt manzili.
Mavzuga doir savollar
1.MOOC nima va u haqida nimalarni bilasiz?
2. MOOC qanday imkoniyatlarga ega?
3. MOOCda ta’lim olish imkoniyatlari nimalardan iborat?
4.MOOC qanday oʻqitish platformasi ?
5. MOOC platformalarida bilim olish qanday tashkil etiladi?
6. MOOC qaysi soʻzlardan tashkil topgan va qanday ma’noni anglatadi?
7. MOOCning afzalliklari nimada?
8. MOOCning qanday kamchiliklari mavjud?
9.MOOC platformalarining qanday turlari bor?
10.MOOC platformalarida roʻyxatdan oʻtish qanday amalga oshiriladi?
11.MOOC platformalarida nazorat topshiriqlarini bajarish mumkinmi?
12.MOOC platformalari orqali sertifikat olish mumkinmi?
|
| |