• Axborot tizimi haqida tushuncha Tizim
  • «Tizim» ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi
  • Xususiyatlar
  • 7-ma’ruza. Mavzu




    Download 108.04 Kb.
    bet1/13
    Sana22.02.2023
    Hajmi108.04 Kb.
    #43142
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    7-Ma\'ruza. Mavzu. Axborot tizimlari va ularning boshqarishdagi axamiyati.
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

    7-MA’RUZA.
    Mavzu: Axborot tizimlari va ularning boshqarishdagi axamiyati.
    Reja:
    1. Axborot tizimi haqida tushuncha.
    2. Axborot tizimlarining tuzilishi.
    3. Tizimni rivojlantirish uchun ko’rsatmalarni aniqlash.


    Tayanch iboralar: tizim,axborot, ob’ekt, aloqa, rekvizit,mavxum, maxfiy, xususiyat, tashqi muhit, axborot tizimi, foydalanuvchi, tashkiliy murakkablik, maqsadga qaratilganlik, tizimning tarkiblashganligi, tizimning bo’linishi, tizimlar tasnifi, tasniflash sun’iy tizimlar, tabiiy tizimlar, tashkiliy tizimlar.



    1. Axborot tizimi haqida tushuncha

    Tizim - bu umumiy maqsadga erishish yo’lida o’zaro ta’sir etuvchi bir qator elementlar to’plamidir.
    «Tizim» deganda, bir vaqtning o’zida xam yagona, yaxlit deb qaraladigan har qanday ob’ekt, xam qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi.
    Siz har kungi faoliyatingizda ko’pgina tizimlarni kuzatasiz foydalanasiz va ular bilan o’zaro aloqada bo’lasiz. Avtomobil yo’llari tarmog’ini boshqarasiz biron bir manzilga etib borish maqsadida. Energiyani tejash, isitish va sovutish tizimlarini boshqarish uchun dasturlashtirilgan termostatdan foydalanasiz. Ish haqingizni hisoblash uchun o’nlik sanoq sistemasidan foydalanasiz.
    Shuningdek, kompaniyalar tizimlarning ko’p turlaridan foydalanishadi. Billing tizimi xarajatlarni yuborish va mijozlardan kelgan to’lovlarni qabul qilish tizimi hisoblanadi. To’lov tizimi orqali ishchilar to’lov cheklarini oladilar. Ishlab chiqarish tizimi sotib oladigan mijozlarga mahsulotlar ishlab chiqaradi. Inventarizatsiya tizimi omborlarda buyumlarni ro’yxatga oladi va mavjudligini qayd etadi. Ko’pincha bunday tizimlar axborot tizimini tashkil qiladi.
    Tizimini rivojlantirish bo’yicha ba’zi chora tadbirlar bir vaqtning o’zida amalga oshishi mumkin. Boshqalari izchil amalga oshiriladi. Axborot tizimining turi va murakkabligiga qarab, har bir faoliyat davri bir tizimdan boshqa tizimga o’zgaradi. Ba’zi hollarda, ba’zi faoliyatlar turi butunlay tashlab ketiladi. «Tizim» ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob’ektlar», «aloqalar», «xususiyatlar».
    Ob’ektlar- tizimning bir bo’lagi yoki komponentlari bo’lib, jismoniy, matematik o’zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo’linmalari kabi ko’plab cheklanmagan qismlarga ega.
    Xususiyatlar- bu ob’ektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma’lum bir o’lchamga ega ob’ektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etishi imkonini beradi. Ob’ektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o’zgarishi mumkin.
    Aloqalar ob’ekt va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va tizimlar o’rtasida aloqa bo’lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o’rtasida aloqaning mavjud bo’lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga eta bo’lmagan element ko’rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo’linishligidir.
    Tizimlar tarkibi asosiy maqsadlariga ko’ra farqlanadi.

    Download 108.04 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 108.04 Kb.