• Maqsadga qaratilganlik.
  • Tizimning tarkiblashganligi
  • Tashki muhit.
  • 7-ma’ruza. Mavzu




    Download 108.04 Kb.
    bet2/13
    Sana22.02.2023
    Hajmi108.04 Kb.
    #43142
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    7-Ma\'ruza. Mavzu. Axborot tizimlari va ularning boshqarishdagi axamiyati.
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy
    Tashkiliy murakkablik tizimning asosiy xususiyati sanaladi va u elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar (o’zaro harakatlar) mikdori bilan aniqlanadi. Elementlar o’rtasidagi chatishib ko’shilib ketgan o’zaro aloqalar shunday tuzilganki, u birorta parametr aloqasining o’zgarishiga olib keladi.
    Tashkiliy murakkablik elementlar tizimini tashkil etuvchi tavsiflar mikdori bo’lmagan yaxlit holda, faqat tizimga tegishli tavsiflarni aniqlaydi. Umuman olganda, tizim uni tashkil etuvchi elementlardan boshqacharok tavsiflarga ega bo’libgina kolmay, balki uning barcha qismlaridan sifat jihatidan farqlanadi. Shuningdek, elementlar ega bo’lmagan boshqa vazifalarni ham bajarish xususiyatiga ega.
    Tizim butunligining o’ziga xosligi bilan aniqlanadigan yangi xususiyatlarning paydo bo’lishi ba’zan emerjentlik (inglizcha «emergent» -yuzaga keluvchi, paydo bo’luvchi) deb ataladi. Tizimlarni qismlarga, ayniksa o’zi tarkib topadigan elementlarga bo’lganda bunday vazifalar yoki tavsiflar o’z-o’zidan yo’q bo’ladi.
    Maqsadga qaratilganlik. Tizim umumiy xususiyatga ega, ya’ni u umumiy maqsadga erishishga harakat qilishga qaratilgan. Tizimning maqsadga yo’naltirganligini ifodalovchi barcha elementlar uchun umumiy bo’lgan o’zaro aloqalarning maqsadli qoidalari maqsadning mavjudligini belgilaydi.
    Tizimning tarkiblashganligi — bu tizimning alohida elementlari va ularning tashqi muhit bilan o’zaro harakati o’rtasidagi ichki aloqalarning doimiy tarkibidir. Tizim tarkibi uning faoliyati samaradorligini ko’p jihatdan belgilovchi muhim tavsiflardan biri sanaladi.
    Tizimning bo’linishi - by uning maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi ma’lum belgilar bo’yicha ajratilgan elementlar yoki bir qator kenja tizimlardan tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib, bunda elementlar o’rtasidagi aloqalar ko’proq, kenja tizimlar o’rtasida esa kamroq bo’ladi.
    Tizim tushunchasi shu ma’noda nisbiyki, tizim elementining o’zi ham murakkab tizim bo’lishi mumkin. Biror belgi bo’yicha ajratilgan tizim o’ziga nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo’lishi mumkin.
    Tashki muhit. «Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o’rnatadi, undan tashqaridagi elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o’z-o’zidan emas, balki boshqa ko’plab elementlar qurshovida mavjud bo’ladi. Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko’rib chiqilayotgan tizimga biror -bir aloqasi bo’lgan elementlargina qiziktiradi. Tashqi muhit- bu ko’rilayotgan tizimga ta’sir ko’rsatuvchi yoki ko’rilayotgan masala sharoitida uning ta’siri ostida bo’lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki boshqalari yonida, bir-biriga bog’liq holda ishlayli. Tizimlarni tahlil va sintez qilish chog’ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashki aloqa. Tashki aloqaga ega tizimlar ochik deb, unga ega emaslari esa yopiq aloqa deb ataladi.

    Download 108.04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 108.04 Kb.