|
7-Ma’ruza. Oziq- ovqat maxsulotlarining sifati va xavfsizligi. Reja
|
bet | 3/4 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 18,98 Kb. | | #134078 |
Bog'liq 7-Ma’ruza. Oziq- ovqat maxsulotlarining sifati va xavfsizligi. R-fayllar.orgTekshirishning kimyoviy usullari. Bu usul yordami bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida uchraydigan va ularning sifat ko’rsatkichlarini belgilaydigan moddalarning miqdori aniqlanadi. Bu ular asosida esa oziq-ovqat mahsulotlarini
saqlaganda va tashiganda bo’ladigan o’zgarishlarni bilish mumkin. Mahsulotlarning sifatini belgilaydigan kimyoviy ko’rsatkichlarning aniqlash usullari maxsus standartlarda ko’rsatilgan bo’ladi. Masalan, 21094-75 nomerli davlat standarti bilan non va non-bulka mahsulotlari tarkibidagi suvning miqdori aniqlanadi. 5476-80 nomerli davlat standarti bilan esa o’simlik moylarining kislotaligini aniqlash mumkin. Ma'lumki, ko’pincha oziq-ovqat mahsulotlari
tarkibida suvning miqdori asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Mahsulot tarkibidagi suv miqdori asosan o’sha mahsulotni 105°C haroratda uning doimiy og’irligiga yetguncha quritish yo’li bilan aniqlanadi. Mahsulot tarkibidagi kul
miqdorini aniqlash uchun mahsulotning aniq bir miqdori yuqori ma'lum bir haroratda mufel pechlarida kuydiriladi. Qandlarning miqdorini aniqlash esa ularning miqdori sharoitida og’ir metallar tuzlari bilan oksidlanishiga asoslangan.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi osh tuzini aniqlash Mor usuli bilan olib boriladi. Bunda mahsulotning suvdagi eritmasi tarkibidagi xlor konlari kumush nitrat tuzining ma'lum normallikdagi eritmasi bilan cho’kmaga tushiriladi.
Eritmani neytrallash uchun ketgan azot kislotali kumush eritmasi miqdoriga qarab mahsulot tarkibidagi tuz miqdori aniqlanadi. Yo’glarning miqdori Sokslet usuli bilan aniqlanadi. Bu usul yog’larning organik erituvchilarda (atseton, efir,
spirt, benzin, kerosin) yaxshi eruvchanlik xususiyatiga asoslangandir. Mahsulot tarkibidagi kislotalarni aniqlash esa oziq-ovqat mahsulotlari eritmasi yoki ulardan ajratib olingan suvni 0,1 normalli iikor eritmasi bilan titrlash usuliga asoslangan. Umuman, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi biror-bir moddaning miqdorini aniqlash ularning ma'lum bir xususiyatlariga asoslangandir.
|
| |