• OSI va TCP/IP modellari o‘rtasidagi moslik quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan
  • 7.5.-rasm. Pog‘onalar munosabati quyidagi
  • 7-ma’ruza. Tcp/ip protokollari steki. Pog’onasining tarixi, pog’onalar, ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari. Tcp/ip va osi modellerning o’xshash jihatlari




    Download 0.57 Mb.
    bet4/4
    Sana22.12.2022
    Hajmi0.57 Mb.
    #36581
    1   2   3   4
    Bog'liq
    7-MA\'RUZA
    INFORMACIYANÍ QORǴAWDÍ SHÓLKEMLESTIRIW HÁM PROGRAMMALÍQ QURALLARÍis (3), Elektronikadan slayd jumisi, 4-курс АХ Кундузги, 2-Лекция (1), BAXTIYAR Tarmoq xavfsizligi, Ismailov Asror 7.8.9, Tu\'rli xaliqlar kesteshiligi (2), 1. Ilmiy loyiha, УР ВИНСЕРВЕР ЛАБ 5, ta lim jarayonida infografika texnologiyasining o rni va uning ishlab, Astronomiya(2013), Xakimova Navruza 304-19 DI 5-lab, Sardorbek mustaqil ish, 3 томонлома шартнома битирувчи уз

    7.3.-rasm. TCP/IP stekida muloqot


    Xizmat ko‗rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning tarmoqlararo tizim orqali (7.4.-rasm) uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‗rsatishi uchun foydalaniladi.

    7.4.-rasm. Internetda o‘zaro bog‘lanish misoli
    Paketning yashash vaqti tarmoqdagi deytagramma mavjud bo‗lish vaqtining yuqori chegarasini ko‗rsatadi. Ushbu ko‗rsatkich jo‗natuvchi tomonidan beriladi va tarmoqlararo deytagrammaning marshrut nuqtalari bo‗ylab harakatlanishiga ko‗ra kamayib boradi. Tarmoqlararo deytagramma vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‗lsa, u holda ushbu deytagramma yo‗q qilinadi. Sarlavhaning nazorat yig‗indisi undagi ma‘lumotlar himoyasini ta‘minlaydi. Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa, u holda ushbu tarmoqlararo deytagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‗q qilinadi. Qo‗shimcha imkoniyatlar ayrim qo‗shimcha xizmatlar bajarilishini ta‘minlaydi, masalan, ma‘lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari.
    TCP/IP va OSI modellarini qiyoslash. Tarmoqlarni ishlashi uchun OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi).

    OSI va TCP/IP modellari o‘rtasidagi moslik quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan


    7. Amaliy (Application)

    1. Amaliy sath (Application)

    1. Taqdimot (Presentation)

    5. Seans (Session)

    4. Transport (Transport)

    2. Transport sathi (Transport)

    3. Tarmoq (Network)

    3. Tarmoqlararo aloqa sathi (Internet)

    2. Kanal (Data Link)

    4. Tarmoq interfeysi sathi (Network Interface)

    1. Fizik (Physical)

    OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay foydalanish hisoblanadi. ISO/OSI modelining hamma pog‘onalarining ishlashini tashkil qilishga javobgar protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‗p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net BIOS/SMB, Novell Ware, DECnet va boshqalar.Protokollar stek tarkibida bo‗lib, ISO/OSI modelining turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida ta‘kidlanadi:transport, tarmoq va amaliy. Protokol steklaridan foydalanishning ijobiy tomoni shundan iboratki, quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan beri ishlatiladigan va taniqli Ethernet, FDDI va boshqa tar-moq protokollaridir. Bu protokollarning apparat vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil qurilmalarni turli tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‗ladi. Shu tufayli qurilmalarning moslashuv imkoni hosil bo‗ladi. Yuqori bosqich protokollari xususida esa har bir stek o‗z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir protokolga – bir bosqich» tushunchasidek aniq bog‗lanish yo‗qdir, ya‘ni bir protokol birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi mumkinBundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta.
    Har qanday texnologiya yordamida ma‘lumotlarni uzatish qanday bajarilishini aniqlash uchun quyidagilarni ko‗rib chiqish lozim:

    • tarmoqning adres makoni qanday shakllanadi va taqsimlanadi; - IP texnologiya asosiy protokollarining mantiqiy tavsiflari (paket maydonini belgilash);

    • axborot uzatish jarayonining me‘yoriy faoliyatini ta‘minlovchi protokollarning asosiy muolaja tavsiflari;

    • jo‗natuvchidan oluvchiga ma‘lumotlar yetkazish yo‗lini aniqlash masalasi qanday hal qilinadi, ya‘ni paketlar qanday marshrutizatsiya qilinadi.

    Pog‘onalar munosabati quyidagi rasmda (7.5.-rasm, a,b,c) keltirilgan:
    a)

    b) Gorizontal va vertikal munosabati

    c)Pog‘onalar vazifalari kesimidagi munosabat

    7.5.-rasm. Pog‘onalar munosabati quyidagi


    Download 0.57 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-ma’ruza. Tcp/ip protokollari steki. Pog’onasining tarixi, pog’onalar, ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari. Tcp/ip va osi modellerning o’xshash jihatlari

    Download 0.57 Mb.