• Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni
  • Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq obyekti va bazasi Soliq kodeksining 283-moddasiga muvofiq, aksiz solig’ini to’lovchilar deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi
  • Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni




    Download 400,83 Kb.
    bet2/11
    Sana20.02.2024
    Hajmi400,83 Kb.
    #159261
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    7-mavzu. Aksiz solig’i

    Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni
    Aksiz solig‘ini davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi­ning pasayish tendensiyaga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13 noyabrdagi 390-son «Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zDEUAvto» YoAJi (hozirgi «Jeneral Motors O‘zbekiston» YoAJi) ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi.
    Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni
    Bundan tashqari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan ayrim tovarlarning (guruch, mebel, atir sovun va boshqa tovarlar) aksiz osti tovarlari ro‘yxatidan chiqarib tashlandi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi davlat byudjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika byudjetiga kelib tushadi va soliq yuki iste’molchilar zimmasida bo‘ladi.
    Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq obyekti va bazasi
    Soliq kodeksining 283-moddasiga muvofiq, aksiz solig’ini to’lovchilar deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi:
    1) O’zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig’i solinadigan tovarlarni (aksiz to’lana-digan tovarlarni) ishlab chiqaruv-chilar;
    2) tabiiy gazni iste’mol-chilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruv-chilar;
    3) benzin, dizel yoqilg’isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu me’yorni qo’llash maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda o’z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg’isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;

    Download 400,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 400,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni

    Download 400,83 Kb.