• 7.3.Detallarni payvandlash va suyuqlantirib qoplash jarayonlarini avtomatlashtirish. Tayanch iboralar
  • 7-mavzu: mashina detallarini va metall konstruksiyalarini payvandlash usulida ta’mirlash. Payvandlash turlari




    Download 335.26 Kb.
    bet1/6
    Sana17.12.2022
    Hajmi335.26 Kb.
    #35549
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    20 muhammad ali
    Jahongirov ETA 5

    7-MAVZU: MASHINA DETALLARINI VA METALL KONSTRUKSIYALARINI PAYVANDLASH USULIDA TA’MIRLASH. PAYVANDLASH TURLARI.


    REJA:
    7.1.Mashina detallarini gaz alangasida payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash.
    7.2.Detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash.
    7.3.Detallarni payvandlash va suyuqlantirib qoplash jarayonlarini avtomatlashtirish.
    Tayanch iboralar: mashina, jihoz, payvandlash, gaz, elektr yoyi, argon yoyi.


    7.1.Mashina detallarini gaz alangasida payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash.
    Mashina va jihozlarni ta’mirlashda payvandlash va qoplash usuli amaliyoti juda ham keng qo‘llanilib kelinmoqda. Qattiq metallardan yasalgan detallarni mahalliy eritish yoki plastik deformatsiya natijasida ularning atomlari orasida hosil bo‘lgan bog‘lanish kuchlaridan foydalanish yo‘li bilan ajralmas birikma hosil qilish jarayoni payvandlash deyiladi. Binobarin, payvandlash (8.13-rasm), asosan, ikki turga: material qismlarini erish temperaturasigacha mahalliy qizdirish yo‘li bilan eritib payvandlashga va payvandlanadigan detallarni erish temperaturasidan pastroq temperaturaga qizdirib, tashqi kuch ta’siri ostida siqish natijasida payvand choki hosil qilishga (bosim ostida payvandlashga) bo‘linadi. Suyuqlantirib qoplash payvandlashning bir turi bo‘lib, unda detal yuzasi eritilgan metall yoki qotishma bilan qoplanadi.
    Ta’mirlash korxonalarida detallarni ta’mirlashda payvandlashning qo‘lda bajariladigan va mexanizatsiyalashgan (avtomatik yarimavtomatik) turlari qo‘llaniladi. Qo‘lda bajariladigan payvandlashga gaz, elektr yoki argon yoyi vositasida payvandlashlar kiradi. Mexanizatsiyalashgan payvandlash usullari flyus qatlami ostida, karbonat angidrid muhitida, suv bug‘i muhitida payvandlashni, plazma-yoyli, tebranma yoyli va ishqalanish bilan payvandlashni o‘z ichiga oladi.
    Ish unumining nisbatan pastligi va payvand sifatining payvandchi malakasiga uzviy bog‘liqligi, detallarni payvandlash usulida ta’mirlash jarayonini keng mexanizatsiyalashni taqozo qiladi.
    Agar elektrod simini elektr yoyi hosil bo‘ladigan oraliqqa uzatish ham, ta’mirlanadigan detalni harakatlantirish ham mexanizatsiyalashgan bo‘lsa, bunday payvandlashni avtomatlashgan payvandlash deyiladi. YArimavtomatlashgan payvandlashda, odatda, payvandlash jarayoni qisman mexanizatsiyalashtiriladi. Bunda elektrod simini elektr yoyi hosil bo‘ladigan oraliqqa uzatishgina mexanizatsiyalashgan bo‘lib, elektr yoyini ta’mirlanayotgan detalga nisbatan yoki, aksincha, detalni elektr yoyiga nisbatan harakatlantirish qo‘lda bajariladi.
    Payvandlash turlaridan ayrimlarini va ulardan foydalanish sohalarini ko‘rib chiqamiz.
    Gaz yordamida payvandlashda detal qismini va biriktiruvchi materialni eritish uchun yonuvchi gazning texnik kislorod bilan aralashmasi yonishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik energiyasi qo‘llaniladi. Yonuvchi gaz sifatida atsetilen, metan, propanlardan foydalanish mumkin. Gaz yordamida payvandlash, asosan, kam uglerodli po‘latlardan yasalgan detallarni qalinligi 2 mm gacha bo‘lgan legirlangan po‘latlarni, Cho‘yandan yasalgan detallarni, rangli metallarni va qattiq qotishmalarni suyuqlantirib qoplashda qo‘laniladi.
    Elektr yoyi yordamida payvandlashda material qismini eritish uchun yuqori haroratga ega bo‘lgan (70000S gacha) elektr yoyini na issiqligidan foydalaniladi. Elektr yoyi vositasida payvandlash po‘latdan, murakkab shaklga ega bo‘lgan Cho‘yandan, alyuminiy qotishmalaridan yasalgan detallarni payvandlash va suyuqlantirib qoplashda qo‘llaniladi.
    Detallarni flyus ostida avtomatlashgan holda payvandlash (suyuqlantirib qoplash) ilg‘or usullardan hisoblanadi va detallarni ta’mirlash texnologiyasida keng qo‘llaniladi. Bu turdagi payvandlash flyus qatlami ostida amalga oshiriladi, ya’ni elektr yoyi erigan shlak bilan cheklangan muhitda yonadi, bu esa payvand choklarini havo ta’siridan himoya qiladi. Mazkur usul po‘latdan, rangli metallardan yasalgan detallarni payvandlashda va suyuqlantirib qoplashda qo‘llaniladi.
    Flyus qatlami ostida payvandlashni iloji bo‘lmasa yoki uni bajarish juda qimmatga tushsa, payvand choki havoning ta’siridan himoya qilish uchun argon, karbonat angidrid, suv bug‘i va boshqa gazlar ishlatiladi.
    Ishlatiladigan gazlarning turi esa ta’mirlanadigan detallarning materialiga bog‘liq. Masalan, argon gazi muhitida payvandlash rangli metallarni karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash va suyuqlantirib qoplash uglerodli hamda yupqa po‘lat listlardan yasalgan detallarni, suv bug‘i muhitida payvandlash po‘lat va Cho‘yan detallarni ta’mirlashda qo‘llaniladi.
    Plazma –yoy vositasida payvadlash (suyuqlantirib qoplash) elektr yoyi plazmasining issiqligidan foydalanishga asoslangan. Bu usulda asosan, qattiq qotishmalardan yasalgan detallarni ta’mirlashda faydalaniladi.



    7.13- rasm. Payvandlash turlari.

    Tebranma yoy vositasida suyuqlantirib qoplash flyus va himoya gazlari yordamida avtomatik suyuqlantirib qoplashning bir turi hisoblanadi. Bunday suyuqlantirib qoplash usuli elektrod yordamida sekundiga 50....110 tebranish chastotasida amalga oshiriladi. Bu usul uglerodli va kam uglerodli po‘lat hamda Cho‘yanlarni suyuqlantirib qoplashda qo‘llaniladi.


    Kontaktli payvandlash detaldan elektr toki o‘tkazilganda uning elektrod bilan tutashuv sohasida issiqlik ajralib chiqish hisobiga amalga oshiriladi. Bu usuldan yupqa devorli va rangli metallardan yasalgan detallarni payvandlashda foydalaniladi.
    Ishqalanish natijasida payvandlashda detallarning payvandlanadigan sirtlarini bir-biriga ishqalash natijasida hosil bo‘lgan issiqlikdan foydalaniladi. Payvandlashning bu turi po‘lat va rangli metallardan yasalgan sterjenlarni payvandlash uchun qo‘llaniladi.
    Detallarni ta’mirlashda ko‘proq qo‘llaniladigan payvandlash usullarini batafsil ko‘rib chiqamiz.

    Download 335.26 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 335.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu: mashina detallarini va metall konstruksiyalarini payvandlash usulida ta’mirlash. Payvandlash turlari

    Download 335.26 Kb.