• Elektron kitoblar to’rtta
  • Yarimmedia kitoblar
  • Intellektual kitoblar
  • Elektron ta’lim resurslari
  • Elektron nashr
  • 7-mavzu. O‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini. Reja




    Download 33.53 Kb.
    bet2/7
    Sana01.11.2023
    Hajmi33.53 Kb.
    #92538
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    adjlkahdkja 7-mavzu ma\'ruzasi
    2-Mavzu bulutli va taqsimlangan hisoblashlar
    Elektron kitoblarni yaratish ta’lim tizimiga CD – ROM va multimedia texnologiyalarining keng joriy qilinishi, elektron o’quv adabiyotlarining ishlab chiqilishiga va ularning ta’lim - tarbiyada samarali qo’llanishiga katta imkoniyatlar yaratish jarayonidan iborat bo’ladi.
    Elektron kitoblar to’rtta yo’nalishdan iborat bo’ladi. Ular: Qomusiy; ma’lumot beruvchi; o’qituvchi; imtihon oluvchi.
    Elektron kitoblar axborot turlari va ularni foydalanuvchiga yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Bunda:
    Multimediali kitoblar – bu axborotlarni bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlagan bo’lib, u matnli, ovozli, statik, dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan bo’ladi.
    Yarimmedia kitoblar – bu multimedia kitoblardan farqli ravishda ma’lumotlarni yetkazib berishda turli vositalarning kombinatsiyasidan foydalanuvchi kitoblar.
    Gipermedia kitoblar – bu multimediali kitoblarning takomillashgan shakli bo’lib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qo’shimcha manbalarga ham (sharhlarga, atamalarning izohlariga, tuzatishlariga) murojaat qilishi mumkin.
    Intellektual kitoblar – bu imtihon oluvchi kitoblarga o’xshash bo’lib, bunda ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari, bilim darajalari maxsus testlar yordamida ularning kompyuter bilan muloqot jarayonida aniqlanadi va baholanadi.
    Telemedia kitoblar – bu telekommunikatsiya vositalari yordamida masofadan o’qitishga xizmat qiluvchi kitobdir.
    Kibernetik kitoblar – bu matematik modellashtirish vositalari yordamida hodisalarni va obyektlarni har tomonlama o’rganish va tadqiq qilishga yordam beruvchi kitobdir.
    Elektron ta’lim resurslari – bu muayyan fan bo’yicha yaratilgan elektron o’quv qo’lanma, elektron ko’rsatmalar, elektron ma’lumotnomalar, lug’atlar virtual stendlar, multimediali vositalar va boshqa elektron nashrlar majmuasidir.
    Elektron axborot-ta’lim resursi (EATR) – o`rganish va ta’lim berish uchun qulay tarzda shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta’lim olish darajasidagi o`quvchi va o`qituvchilarga mo`ljallangan, ma’lum bir fanni o`rganish uchun mantiqiy ketma-ketlikka shakllantirilgan elektron axborot manbaalari majmuasidir.
    Elektron nashrbu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video – foto va boshqa axborot obyektlari majmuasidan iborat bo’lib, ular elektron axborot tashuv vositalari yoki kompyuter tarmog’i orqali taqdim etishga mo’ljallangan.

    Download 33.53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 33.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu. O‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini. Reja

    Download 33.53 Kb.