7-mavzu. Sоhaga tegishli axbоrоtlarni arxiv qilish texnоlоgiyalari. Reja




Download 355,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.02.2024
Hajmi355,78 Kb.
#151083
  1   2
Bog'liq
Ma\'ruza- 7. Sоhaga tegishli axbоrоtlarni arxiv qilish texnоlоgiyalari.



7-mavzu. Sоhaga tegishli axbоrоtlarni arxiv qilish texnоlоgiyalari. 
Reja: 
1. Аrxivlash va arxivdan chiqarish dasturlari.
2. Virus turlari 
3. Аntivirus dasturlari 
Arxivlangan fayllar bilan ishlash. 
Kompyuter texnologiyalar rivojlanishi bilan ma’lumotlar hajmi ko'payishi boshlangan. Shu 
sababli yoki kompyuter xotirasini ko'paytirish yoki ma’lumotlar hajmini kamaytirish ehtiyoji 
paydo bo'lgan. 
Fayllar arxivlanish jarayonida ular ixchamlanadi, siqiladi hamda disk hajmlarini 
kengaytirishda yordam beradi. Odatda fayllarni arxivlash ularni bir joydan ikkinchi joyga tashqi 
qurilmalar (disketalar) orqali ko'chirishda, diskda bo'sh o'rinlar ochishda, elektron pochta orqali 
katta axborotlarni kichraytirib jo'natishda bunday fayllar bilan ishlash zaruriyati tug'iladi. 
Arxivlash jarayoni faylning qattiq diskda ishdan chiqishi yoki tasodifan faylning o'chirilishi 
hollarini oldini oluvchi vosita sifatida ham ko'p qo'llaniladi. 
Arxivator dasturlar - bu kompyuterdagi ma’lumotlar hajmini o'zgartirib maxsus fayllarga 
ularni joylashtiradigan dasturlar. Ular hajmni o'zgartirish tezligi va siqish holatlari bilan ajratiladi. 
Eng taniqli arxivator dasturlarga ARJ, RAR va ZIP - UNZIP lar kiradi. 
Arxiv turlari. 
Hajmi o'zgargan ma’lumotlar saqlovchi fayl - arxiv deb nomlanadi. 
Arxiv faylning nomi asosan 8 harfdan iborat buladi. Uning kengaytmasi esa asosan 3 harfdan 
iborat bo'lib, u qaysi dasturda yaratilganligini ko'rsatadi. 
Masalan: kitob.arj yoki dastur.rar. 
Arxiv fayldagi ma’lumotlarni ko'rish va ishga tushirish uchun biz shu arxivni arxivator 
dasturi yordamida ochishimiz zarur. Ammo shunday arxivator dasturlar ham mavjud, ular 
arxivlardagi ma’lumotlar bilan arxivni ochmasdan ishlash imkoniyatini yarata oladilar 
(ZIPMAGIC dasturi). 
Arxivlovchi dasturlar 
Birinchi bo'lib eng taniqli ARJ arxivator dasturi bilan tanishamiz. Ushbu arxivator bitta 
fayldan iborat - ARJ.EXE . ARJ arxivatorni umumiy ko'rinishi quyidagicha: 
«ARJ» komanda - rejim «arxiv fayl nomi», «fayl nomi». 
Bu yerda arxiv fayl nomi - ma’lumotlar hajmi o'zgartirilib joylanishi kerak bo'lgan arxiv 
faylgacha to'liq yo'l yoki agar fayl shu papkada bo'lsa u holda arxiv fayl nomi. Fayl nomi esa -
hajmi o'zgarishi kerak bo'lgan fayl yoki fayllar nomlari. Agar ko'rsatilgan nomli arxiv fayl 
topilmasa, u holda yangi arxiv fayl yaratiladi. 


Buyruqlar satrida * va ? belgilar bilan foydalanishiz mumkin. Shunda * - bir nechta 
noma’lum harf va belgilar uchun, ? - esa bitta noma’lum harf yoki belgi uchun qo'yilishi mumkin. 
ZIP arxivator ikkita fayldan iborat bo'lib, ulardan biri ZIP - arxivlarni yaratadi, ikkinchisi 
esa UNZIP - arxiv fayllarni ochadi. ZIP arxivatorni umumiy kurinishi: 
ZIP - rejim arxiv fayl nomi, fayl nomi; 
UNZIP - rejim arxiv fayl nomi; 
Rejimlar: 

0- 

-
R

- arxivlash 
(arxivgako'chiribolish); arxiv dan 
hamma fayllarni tiklash; faqat 
o'zgargan fayllarni tiklash; - 
katalog va podkataloglar bilan 
tiklash. 
Dasturlar MS-DOS operatsion tizim uchun mo'jallangan bo'lib ularda ishlash juda 
murakkab. Ammo bu dasturlarning Windows operatsion tizimga mo'jallangan turlari ham mavjud. 
Ular oson, bir xil foydalanuvchi interfeysi va yangi imkoniyatlari bilan farqlanadi. Bu dasturlarga 
WINZIP, WINRAR, WINARJ yoki ZIPMAGIC arxivatorni keltirish mumkin. Arxiv fayl nomi 8 
ta harfdan oshirilishi mumkin. 
Windows uchun yaratilgan arxivator dasturlarning biri WINRAR bo'lib, u yordamida biz 
RAR hamda ZIP formatli arxivlarni yaratishimiz va ular bilan ishlashimiz mumkin. 
WINRAR dasturini ishga tushirish uchun Пуск menyusining Программы bo'limida 
WINRAR guruhini tanlab, uning ichida WINRAR dasturni ishga tushiramiz. Oyna 
WINDOWSdagi oynalarga o'xshab standart interfeysga ega: U sarlavha satri; Menyular satri; 
Asboblar paneli; Ish sohasi; Yordamchi ma’lumotlar satridan iborat. 
WINRAR da ishlashda asboblar panelidagi yordamchi tugmalar bilan ishlashni bilishimiz 
kerak. Yordamchi tugmalar asosiy buyruqlarni bajarish uchun mo'ljallangan bo'lib quyidagilardan 
tashkil topgan. Yordamchi tugmachalar. 


Dastur menyusi 5 bo'limdan iborat bo'lib, ular Фаyl, Комманды, Избранное, Параметры 
va Спраvка. Ushbu bo’limlar yordamida kerakli amallarni bajarishimiz mumkin. 
Фаyl menyusi 
Открыть архиv (CTRL+O) 
Arxiv faylni ochish; 
Vыбрать диск (CTRL+D) 
Asosiy diskni O’zgartirish; 
Vыбрать папку (CTRL+T) 
Asosiy papkani O’zgartirish; 
Пароlь (CTRL+P) 
Arxiv faylga parol O’rnatish; 
Скопироvать фаylы v буфер (CTRL+C) Tanlangan fayllarni xotiraga olish 
Vстаvить фаylы из буфера (CTRL+V) 
Xotirada joylashgan fayllarni chiqarish 
Vыдеlить vсе (CTRL+A) 
Ekrandagi hamma ma’lumotlarni tanlash 
Vыдеlитыруппу (+) 
Ekrandagi ma’lumotlarni shart bO’yicha gurahga olish 
Снять vыдеlение(-) 
Tanlangan ma’lumotlrdan shart bO’yicha gurahdan 
chiqarish 
Инvертироvать vыдеlение (*) 
Gurahdagi fayllarni gurahdan chiqarib, tanlanmagan 
fayllarni 


guruhga olish 
Vыход 
Dasturdan chiqish 
Команды menyusi 
Добаvить фаylы v архиv (ALT+A) 
Tanlangan ma’lumot fayllarini arxivga qo'shish Arxiv 
fayldagi 
Изvlеch v указанную папку (ALT+E) 
ma’lumotlarni ko'rsatilgan papkaga ochish Arxiv
fayldagi 
Протестироvать фаylы v архиvе 
(ALT+T) 
ma’lumotlarni xatolarga tekshirish 
Просмотреть фаyl (ALT+V) 
Arxiv fayl ichini ko'rish 
Удаlить фаyl (DEL) 
Fayllarni o'chirish 
Переименоvать фаyl (F2) 
Fayllarni qayta nomlash 
Преобразоvать архиvы (ALT+Q) 
Arxivlash usulini o'zgartirish 
Наyти фаylы (F3) 
Fayllarni qidirish 
Мастер 
Arxivlash yordamchisini ishga tushirish 
Показать информаtsию (ALT+I) 
Fayl haqida ma’lumotni ko'rish 
Vостаноvить архиv (ALT+R) 
Arxiv xatolarini to'g'rilash 
Изvlеch без подтvерждения (ALT+W) 
Аrхivdagi hamma fayllarni chiqarish 
Добаvить архиvныy коментариy 
(ALT+M) 
Arxivga izoh qo'shish 
Добаvить информаtsию дlя
vостаноvlения 
Arxivga izoh qo'shish 
(ALT+P) 
Arxivni blokirovka qilish 
Забlокироvать архиv (ALT+L) 
ArxivniSFX (avtomatlashgan) xolatigao'tkazish 
Преобразоvать архиv v SFX (ALT+X) 
Избранное menyusi 
Добаvить к Избранному (CTRL + F) 
Izbrannoe gurahiga qo'shish 
Упорядоchить избранное 
Izbrannoe gurahni saralash 
Параметры menyusi 
Устаноvки (CTRL + S) 
Dastur ishlash xolatlarini va xususiyatlarini o'zgartirish 
Импорт/экспорт 
Ko'rsatilgan faylning ishlash xolatlarini va 
xususiyatlarini 
saqlash yoki ko'rsatilgan faylga ularni qo'llash 


Список фаylоv 
Ekrandagi fay liar ro'yxatining ko'rinishini o'zgartirish 
Просмотр протокоlа (CTRL + L) 
Arxivlash protokolini ko'rish 
Оchистка протокоlа 
Arxivlash protokolini tozalash 
Спраvка menyusi 
Spravka 
Dastur haqida ma’lumot olish 
Kompyuter virusi- bu maxsus yozilgan dastur bo'lib, u boshqa dasturlarga qo'shilishi (ya’ni 
uni zararlashi) shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi ham mumkin. 
Virus mavjud bo'lgan dasturlar «zararlangan» deyiladi. Mavjud bo'lgan viruslarning ko'pchiligi 
yadro tizimli fayllarni afzal ko'radilar, chunki ko'p zamonaviy kompyuterlarda fayllar tizimi bir 
xil nomlanadi. Masalan, viruslar aksariyat hollarda, 
Command.com
 fayliga birlashadilar va «Dir» 
buyrug’i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladilar. Ko’p hollarda tizimning zararlanishi 
kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro’y beradi. 
Kompyuterda viruslarning tarqalishi zararlangan biror fayl yoki dasturning ishlashi 
jarayonida yuzaga keladi. Kompyuterda ishlashdan avval xotiradagi ma’lumotlarning 
zararlanmaganligini tekshirish zarur bo’ladi. 
Kompyuterning viruslar bilan kasallanishi quyidagi hollarda ro'y beradi: 
- kompyuterdagi virus bilan kasallangan dasturlar yuklanishi(com, bat yoki exe fayllar); 
- moduli zararlangan dasturni ishlatilishi; 
- kompyuterga virusli disketalarning yuklanishi
- kompyuterga zararlangan ОТ yoki qurilmaning zararlangan drayverlarini o'rnatilishi va 
h.k. Kompyuter zararlanganda, birqancha g'aroyib hodisalar yuz beradi: 
- ba’zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi; 
- ekranga boshqa xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi; 
- kompyuter ishlashi sekinlashadi; 
- ba’zi bir fayllar buziladi; 
- fayllarning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni qo'shish hisobiga o'zgaradi; 
- operativ (tezkor) xotiraning bo'sh joyi qisqaradi; 
- tizimli diskdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman yuklanmaydi va 
h.k. Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin: 
- Bajariluvchi fayllar: COM va EXE ko'rinishidagi fayllar. 
Fayllarni zararlaydigan viruslar fayl viruslari deyiladi. Bajariluvchi fayllaridagi viruslar, shu 
fayl tegishli bo'lgan dastur ishlaganda o'z faoliyatini boshlaydi. 
- Operatsion tizimning yuklovchisi va qattiq diskning asosiy yuklovchisini zararlaydigan 
viruslar yuklovchi yoki but viruslar deyiladi. Bunday viruslar kompyuter yuklanishi bilan ishlay 
boshlaydi va u rezidentlik holatiga o'tadi, ya’ni doim kompyuter xotirasida saqlanadi. 


Kompyuter viruslaridan himoyalash. 
Himoyalanishning eng yaxshi turi - viruslarni qay tarzda ta’sir etishini bilishdir. Viruslar 
oddiy dasturlar kabi bo'lib, biror g'aroyib kuchga ega emaslar. Shuning uchun ularni davolovchi 
dasturlar orqali yo'q qilish mumkin. 
Viruslarning tarqalishini oldini olish va quyidagi usullarni muntazam bajarib borish 
zarurdir: 
- disketani o'qitishdan avval albatta unda virus bor yoki yo'qligini tekshirish; 
- axborot nusxalarini ko'chirish, shuningdek disklardagi va axborotni saqlash uchun 
ishlatiladigan umumiy qoidalardan unumli foydalanish; 
- disklarni jismoniy zararlanishidan, dasturlarni esa buzilishidan saqlash; 
- axborotdan noqonuniy foydalanishni oldini olish; 
- dastur va ma’lumotlarning viruslar ta’sirida o'zgarishidan, noto'g'ri ishlayotgan dasturlar 
va o'rganuvchilarning noto'g'ri harakatlaridan himoya qilish; 
- viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlarni qo'llash; 
- viruslarga qarshi maxsus antivirus dasturlaridan foydalanish; 
Kompyuter viruslarining turlari. 
Viruslar, kompyuterda boshqaruvchining noto'g'ri ishlashi, yangi o'rganuvchilarning 
noma’qul harakatlari tufayli paydo bo'ladi va foydalanuvchiga katta zarar yetkazadi. Ko'p 
o'chradigan viruslar 
WC.COM
; TURBO; ONEHALF; CRAZI.DIE.HARD; CHERNOBIL; 
WFN95; DIR, TROJAN va hokazo viruslar mavjud. 
1984 yili AQSH dagi Loxay universitetida o'tkazilayotgan axborotlarning xavfsizligi 
bo'yicha o'tkazilayotgan 7-konferentsiyada F.Koyen tomonidan «Kompyuter virusi» termini 
ishlatildi. 1987-1989 yillarda IBM PC da «Braen», «Viena», «Cascade» viruslari paydo bo'ldi. 
Ekranda harflar to'kila boshladi, foydalanuvchilar o'z manitorlarini tamirlashga shoshilganlar 
to'dasi paydo bo'lgan, so'ng kompyuter boshqa yerliklar gimnini chala boshladi. Hamma 
tushundiki, bu virus, bitta emas balki o'nlab viruslar paydo bo'la boshladi. 
«Braen» virusi Boot sektor ustidan g'olib bo'ldi. Bunday zaharlarga qarshi Antikat dasturlar 
(Oleg Kotik tomonidan) yaratila boshlandi. Antikat «Time» virusini aniqlashga imkon berdi. 
Viruslar ko'pincha EXE yoki COM kengaytmali fayllarga tez ilashishi bilan, ularni ishdan 
chiqara boshlaydi.Viruslar bir necha turlarga bo'linadi. Masalan: 
Ko'rinmas viruslardan bin «Biast-512» paydo bo'lishi bilan kompyuterlarning janjalkashli 
kasalliklari paydo bo'la boshladi. 
Faylli viruslar faylning boshlanish qismiga yoki faylning oxiriga ilashib oladi. Viruslar 
faylning o'rtasiga, faylning jadval qismlaridagi bo'sh sohaga yoki matnli fayl qismlariga ilashib 
oladi. Faylli viruslar hatto o'zining nusxasi operativ xotirada mavjudligini tekshiradi, agar 
topilmasa, xotirani ishg'ol qiladi va undagi fayllarni zaharlaydi. 


Yuklovchi viruslar tizimli diskning, vinchesterning yuklovchi sektorlarini zaharlaydi. 
Yuklovchi virusning ishlash prinsipi operatsion tizimning yuklash algaritmiga asoslangan bo'lib, 
yuklovchi (Boot-programm) dasturini bo'zib yuboradi, ya’ni dastur tarkibiga qandaydir 
simvollarni joylashtiradi. 
Makro viruslar MS Office tarkibiga kirgan ilovalarning ichki foydalanadigan tili VBA 
bo'zilishi bilan bog'liq bo'ladi. 
Tarmoq viruslari global, lokal tormoqlar bilan ishlaganda paydo bo'ladi va protokollarni 
bo'zib yuboradi. Tarmoq viruslarining ishlash prinsipi asosan tarmoq orqali mustaqil ravishda o'z 
kadrlarini jo'natib yuboradi. Tarmoq viruslariga “Morris” viruslarin misol keltirish mumkin. 
Antivirus dasturlar 
Biz kompyuter virusini aniqlaydigan va davolaydigan bir qancha antivirus dasturlari 
Aidstest, Doctor Web, VirusScan, AVP; ANTIDIR, Norton Antivirus, Antivirus Kasperskogo 
Personal va shu kabilarni bilamiz. Quyida Doctor Web antivirus dasturi ishlatilishi bilan 
tanishamiz. 
Doctor Web antivirusi. DRWEB dasturi 1994 yilda I.A.Danilov tomonidan yaratilgan va 
unda ishlash juda qulay bo'lgani uchun bu dastur juda mashhur. 
Bu (Dr.Web) antivirus hozirgi kunda keng tarqalgan dasturlaridan biri hisoblanadi. Yangi 
paydo bo'layotgan viruslarga qarshi bu antiviruslarning yangidan-yangi versiyalari yaratilib 
borilmoqda. Chunki viruslarning aniqlanmagan ko'pgina turlari mavjud. Virus tarqalishining 
oldini olinmasa, u foydalanuvchiga katta zarar yetkazishi mumkin. 
Dr.Web ishini boshlash uchun u joylashgan katalogdan DrWeb.exe fayli yuklanadi. Ekranda 
dastur darchasi hosil bo'ladi. 
Dastur ishga tushgach birinchi o'zining antivirus ma’lumotlar bazasini xotiraga yuklaydi. 
Uni yuklagach tezkor xotirani viruslarga tekshiradi. Tezkor xotirani viruslarga tekshirgach bizga 
tekshirish natijasini ekranga chiqarib, bizning buyruqlarimizni kutadi. Buyruqlarni biz menyudan 
tanlashimiz yoki tezkor tugmalar yordamida bajarishimiz mumkin. Doktor Veb menyusi 3 
bo'limdan iborat: Dr Web, Test, Nastroyki. 
DRWEB bo'limi 
Vременныy vыход - Dasturda har xil buyruqlarni bajarish uchun vaqtincha chiqish. 
Опрограмме - Dastur haqida ma’lumot. 
Vыход Alt+X - Dastur ishini tugatish. 
ТЕСТ bo'limi 
Тест памяти - Tezkor xotirani viruslarga tekshirish
Тестироvание F5 - Ko'rsatilgan disk va kataloglarda viruslarni aniklash; 
Lеchение CTRL+F5 - Ko'rsatilgan disk va kataloglardagi viruslarni aniqlab ularni 
tuzatishga harakat qilish. 
Статитстика- Bajarilgan ish haqida natija ko'rsatish. 


Фаylотchета - Oxirgi natijalar faylini ko'rish. 
НАСТРОYКИ bo 'limi 
Интерфеyс - Dastur tashqi ko'rinishini o'zgartirish; 
Параметры F9 - Dastur tashqi ishlash holatlarini o'zgartirish; 
Фаylы - Dasturga kerak fayllarni joylanishini ko'rish va o'zgartirish. 
Dasturni ishga tushirib, u yordamida viruslarni tekshirishni boshlash uchun quyidagi 
amallarni bajarishimiz kerak. Birinchi CTRL+F5 tugmasini yoki Тестmenyusidagi 
Lеchениеbuyrug'ini bajaramiz. Tekshirish uchun disk va kataloglarga yo'l ko'rsatish uchun 
belgilardan foydalanishimiz mumkin. Bunda * belgi bu bir necha no'malum belgilar o'rniga va ? 
belgi esa bitta no'malum belgi o'rniga qo'yiladi. 
DRWEB dasturning asosiy qismlari: dasturni ishga tushiradigan fayl DRWEB.EXE; viruslar 
bazalari fayllari DRW*.VDB; viruslar bazasi haqida ma’lumot fayli DRW*.TXT; dastur haqida 
qisqacha yordam fayli DRWEB.HLP; bazadagi viruslar nomi va ular haqida ma’lumot fayli 
VIRLIST.DWB; oxirgi tekshirishlar natijalari fayli REPORT.DWB va hokazo. 
Antivirus dasturlarining ishlash prinsipi fayllar, sektorlar va tizim xotiralarini tekshirish va 
ulardagi yangi va ma’lum viruslarni izlashdan tushunchatdir. Antivirus dasturlarning oxirgi 
vakillaridan foydalanish tavsiya etiladi. Quyida bir nechta antivirus dasturlarni ko'rib o'tamiz. 
Kasperskiy 
laboratoriya 
mahsuloti. 
Kasperskiy 
laboratoriyasi antivirus dastur ta’minotini Anti Viral Tolkat 
PRo (AVP) nomi bilan tavsiya qiladi. AVP operatsion 
tizimlarni, pochta tizimlarni viruslardan tozalaydi. AVP 
kompyuter viruslanning barcha kanallan orqali mumkun bo'lgan lmkoniyatlanm to'liq nazorat 
qilishni ta’minlaydi. 
Virusga qarshi ko'rashish uchun quyidagi dasturlardan keng foydalaniladi: 
1. Aidstest. 
2. DrWeb. 
3. AVP. 
4. Nod 32, Eset Smart Security va h.k. 

Download 355,78 Kb.
  1   2




Download 355,78 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-mavzu. Sоhaga tegishli axbоrоtlarni arxiv qilish texnоlоgiyalari. Reja

Download 355,78 Kb.
Pdf ko'rish