Sovitish davrida po‘lat sirtida bug‘ (par) plenkasi hosil bo‘lishi kerak emas, chunki
u sovitish muhitini issiq almashishiga to‘sqinlik qiladi.
Eng yaxshi davr bu sovutuvchi muhitni ko‘pirib qaynash davridir. Buni harorat
intervali qancha katta bo‘lsa, sovituvchi muhit shuncha shiddat bilan sovitadi.
Toblash texnologiyasiga rioya qilinmaganda, ichki kuchlanish paydo bo‘lib detalni
qiyshayishga (tob tashlashga) va darz ketishga olib kelishi mumkin. Ichki
kuchlanishlarni asosiy manbai austenitni martensitga aylanishida hajmning
kattalashishidir.