76 Qoramollarni bordoqilash indd




Download 0.61 Mb.
bet1/17
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#41514
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
qoramollarni bo\'rdoqilash
9-sinf, Документ Microsoft Word, 93676, uzbeksko russkiy razgovornik uzbegim, 8, 6-синф Математика, 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti, ma lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida lingvistik ma lumotl, 1-mavzu, пул-кредит, 2-ma\'ruza 2022-23, 9-ma\'ruza 2022-23, testing (1), OTABEK - diplom ishi qayta



76–китоб Қорамолларни бўрдоқилаш
100 kitob to’plami


QORAMOLLARNI BO’RDOQILASh
76-kitob









Qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yo’lga qo’ymas ekanmiz, sohada rivojlanish bo’lmaydi.
SH. MIRZIYOYEV.
Hurmatli dehqonlar, chorvadorlar, tadbirkorlar!
Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda agrar sohaning o’rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida, kambag’allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko’paytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xo’jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar.
Bu jarayonda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi o’rtacha
2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qo’yildi va qishloq xo’jaligiga eng ilg’or texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug’chilik, ilm-fan va innovasiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozimligi belgilab berildi.
“Agrobank” ATB mamlakatimizda qishloq xo’jaligi sohasining barqaror rivojlanishiga hissa qo’shish uchun nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy loyihalar bilan ham agrar sohaga sarmoya kiritishga e’tibor qaratmoqda.
Jumladan, rivojlangan davlatlar qishloq xo’jaligida erishilgan yutuqlar hamda tajribalar asosida sohaning yetuk mutaxassislari, olimlari bilan hamkorlikda fermerlar va aholi uchun dastlabki bosqichda ushbu 100 ta kitobdan iborat qo’llanmalar to’plami tayyorlandi.
To’plamda qishloq xo’jaligi sohasi, jumladan, meva-sabzavot va poliz ekinlarini asosiy hamda takroriy ekish muddatida yetishtirish, issiqxonalarda mahsulot ishlab chiqarish, g’allachilik, don va dukkakli ekinlar, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarning eng ilg’or tajribalariga oid keng qamrovli ilmiy va amaliy ma’lumotlar berilgan.
Ushbu loyihani kelajakda tajribali dehqon va fermerlarimiz, chorvador va veterinarlarimiz, agrar soha vakillari va boshqa kitobxonlarimiz fikr- mulohazalari hamda takliflari asosida yanada takomillashtiramiz.
Umid qilamizki, ushbu qo’llanmalar to’plami Siz – dehqonlar, chorvadorlar va tadbirkorlarimiz uchun foydali bo’ladi.
Hosilingiz mo’l-ko’l, daromadingiz barakali bo’lsin!



Download 0.61 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 0.61 Mb.