• Tayanch iboralar va tushnchalar
  • 1. Analiz va sintez operasiyalari
  • 7bd7e8db-3888-451f-8265-3a06fe4dc3f9/afa4c0fc-f442-4a13-a5e4-6298eeca1f49




    Download 421.07 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana31.03.2022
    Hajmi421.07 Kb.
    #19163
      1   2
    Bog'liq
    3-mavzu Tafakkur psixologiyasi predmetining rivojlanishi asosiy nazariy
    Moliyaviy savodxonlik (Sillabus) Fizika, Mavzu Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish Ilmiy , 11, 4-5, 255125, 1323123, 3-mustaqil ish


    3-mavzu: Tafakkur psixologiyasi predmetining rivojlanishi: asosiy nazariy 
    yondoshuvlar. Tafakkurni o‘rganishda klassik yondoshuvlar. 
    Darsning maqsadi: Tafakkur operatsiyalari haqida talabalarda tushuncha, bilim, 
    malakalarni hosil qilish. 
    Tayanch iboralar va tushnchalar: Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiya, 
    umumlashtirish, empiric, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash, sistemalashtirish, makon, 
    xronologik. 
    Asosiy qism:
    1. Analiz va sintez, taqqoslash. 
    2. Abstraksiya. 
    3. Umumlashtirish, konkretlashtirish. 
    4. Klassifikasiyalash, sistemalashtirish
    1. Analiz va sintez operasiyalari. Analiz shunday bir tafakkur operasiyasidirki, uning 
    yordami bilan biz narsa va hodisalarni fik-ran yoki amaliy va xususiyatlarini taxdil qilamiz. 
    Allomalarning aytishicha, maymunning yong'oqni chaqishining o'ziyoq boshlang'ich od-diy 
    analizdir. O'quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko'pgina 
    ishlarni amalga oshiradilar, topshi-rikdar misol va masalalarni echadilar. Demak, tabiat va 
    jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o'zlashtirib olish analiz-dan boshlanar ekan. 
    Darsda biz kimyoviy birikmalarni (1Ch2504 — vo-dorod, kislorod va oltingugurtga) 
    parchalaymiz. Ma'ruzalarda gap-larni grammatik taxdil qilish asosida turli gap bo'laklariga, mor-
    fema va fonemalarga ajratiladi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish 
    vazifasi qo'yilsa, u holda bu top-shiriqni hal qilish uchun u motorni ayrim qismlarga ajratib, har 
    bir qismni o'z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo'ladi va hokazo. 
    Ma'ruza va dars jarayonlarida tafakkurning analiz qilish ope-rasiyasi juda muhim rol 
    o'ynaydi. Insonga savod o'rgatish bola nutqini analiz qilishdan boshlanadi. So'ng bu holat matnni 
    gaplar-ga, gaplarni so'zlarga, so'zlarni o'z navbatida bo'g'inlarga, fonemalar-ga, ularni esa 
    tovushlarga bo'lish singari aqliy faoliyat bilan asta-sekin almashtiriladi. Arifmetika, algebra, 
    geometriya, trigonomet-riya, fizika, yoinki O'zbekiston tarixi, falsafa, iqgisod, polito-logiya, 
    psixologiya va boshqa fan asoslarini o'rganish muammoli top-shiriqlarni, masalalarni echish ham 
    analiz qilishdan boshlanadi. 
    Yuqorida aytib o'tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini chuqur tushunish uchun 
    yolg'iz analizning o'zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirilgan holda bir-biriga 
    ta'sir qilib turgan motor va mashinani butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki 
    mashini ekanligini anglash mumkin. 
    Sintez — shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda 
    bo'lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo'laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy 
    ravishda bir-lashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning 
    qismlari va bo'laklarini bir butun qilib qo'shish-dan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta'rifdan ham 
    ko'rinib turib-di. Analiz amaliy bo'lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, 
    motor yoki dvigatelning qismlarini, detallarini yig'ishtirib o'rni-o'rniga joylashtirilganda, ya'ni 
    sintez qilinganda motor yoki dvigatel hosil bo'ladi. Avtomashinaning kuzovni, kabi-nasini, 
    motor va hokazo qismlari sintez qilingan mahaldagina bir butun avtomashinani bunyod etish 
    mumkin. Turli psixologik mavzu-larni o'rganish orqali psixologiya fani to'g'risida yaxlit 
    tushuncha paydo bo'ladi. Kimyoviy elementni reaksiyaga kiritish yo'li bilan-gina istalgan 
    birikma hosil qilish imkoniyati tug'iladi. Rassomlar ko'z, qosh, burun va kishining boshqa 
    organlarini mutanosib ravish-da chiziq orqali bir butun inson shaklini yasash, yaratish imkoniya-
    tiga ega bo'ladilar va hokazo. 
    Birinchi sinf bolasi o'z harf xaltasidagi kesilgan harflardan foydalanib bo'g'in, 
    bo'g'inlardan so'z, so'zlardan gap, gaplardan qisqa informasiya, undan esa hikoya tuzadi. 
    Talabalar O'zbekiston tarixi fanidan xalqimiz, davlatchiligimiz, madaniyatimiz, san'atimiz 
    hamda bugungi kunimiz to'g'risida ma'lumot oladi. 


    Ish-harakatlarni yaxlitlash tufayli bir butun moddiy narsa hosil bo'ladi, ish-harakatlarda 
    ham sintez operasiyasini qo'llasa bo'lar ekan. Tarixiy qahramonlar, buyuk sarkardalar, arboblar 
    to'g'risida ham xuddi shunday fikr va mulohazapar yuritish mumkin. 
    Xalq orasida Afandi, Aldar ko'sa, Rustambek, Alpomish, Zulqarnay, suv parisi, 
    ajdarholar, jinlar, alvastilar, devlar, Semurg', oltin baliq va boshqa narsalar, ayrim tana 
    organlarini, hayvon va inson tuzilishini, his va hayajonlarni, xarakter va irodani bir-lashtirib, 
    yagona afsonaviy obrazlar yaratishga muvaffaq bo'lingan. 
    Analiz va sintez o'zaro bevosita mustahkam bog'langan yagona ja-rayonning ikki 
    tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilin-magan bo'lsa, uni sintez qilib bo'lmaydi, har 
    qanday analiz pred-metlarni, narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshi-rilishi lozim. 
    Talaba va o'quvchilarni analiz va sintez qilishga o'rgatishda fikr-larni muayyan 
    ob'ektlarga yo'naltirish asosiy rol o'ynaydi. Bunda ular, albatta, qanday va qay yo'sinda ish 
    bajarilishlari kerakligi-ni bilib olishlari zarur. Masalan, o'smirlarni ona tili darslari-da analiz va 
    sintez faoliyatiga o'rgatish uchun istalgan jumlani, chu-nonchi «It bo'ynini burmasdan g'alatiroq 
    bukildi, och ko'zlari bilan menga bir qarash qildi-da, dumini qisib o'zini o'rmonga urdi» gapi-ni 
    mustaqil holda tahlil etish vazifasini qo'yish (agar sinaluvchi-lar bu vazifani bajarishga 
    qiynalsalar, eksperimentatorning o'zi yordam berishi) mumkin. Ular predmet nomini 
    anglatadigan so'zlar-ni alohida ko'chirib yozishlari va so'zlarning qanday so'roqqa javob 
    bo'lishini aniqlashlari, ot va so'z turkumlariga ta'rif berishlari, shu so'z turkumiga xos belgilarni 
    (predmetni bildirib, kim va nima so'roqlarga javob bo'lishini) alohida ifodalashlari kerak. 
    Mazkur vazifani o'quvchilardan biri qanday bajarganligini ko'zdan kechiraylik: «Gapda 
    predmetni bildirgan so'zlar mavjud. Ma-salan, it, bo'ynini, ko'zlari, dumini. Bular nima so'rog'iga 
    javob bo'ladi. Ana shu so'roqlarga javob bo'lib, predmetlarning nomini bildirgan so'zlar ot deb 
    ataladi. Otning eng muhim, boshqa so'zlar-dan ajratib turuvchi belgisi bu predmetni bildirishi va 
    savolla-ridir. Predmetni anglatuvchi so'zlar turli xil qo'shimchalar bilan kelishi mumkin». 
    Sinaluvchi o'smir o'quvchilarning ana shu muloha-zalari asosida shuni aytishi mumkinki, analiz 
    va sintez operasi-yasi quyidagicha aqliy faoliyat tizimidan, tarkibiy qismlardan iborat; a) 
    berilgan topshiriqni diqqat bilan o'qish; b) matndagi so'zlarni fikran parchalash; v) o'xshash 
    so'zlarni ajratish, ya'ni may-da bo'laklarga bo'lish; g) o'xshash so'zlarni yaxlit holda keltirish; d) 
    matndagi so'zlarni fikran yig'ish; j) gapning strukturasini tik-lash va boshqalar. 
    Talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatida, jumladan, kon-spekttuzish, 
    referattayyorlash, seminarga hozirlik ko'rish, kurs ishi va malakaviy bitiruv ishi yozish kabi aqliy 
    faoliyatningturli shakl-larida analiz, sintez operasiyalaridan foydalanadilar. 
    2. Taqqoslash insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlarning o'zlashtirilishida, voqelikni 
    to'laroq aks ettirishida bir-biriga o'xshash jihatlar tafovutini, shuningdek, bir-biridan farq qiladi-
    gan tomonlar o'rtasidagi o'xshashlikni topishdan iborat fikr yuri-tish operasiyasi katta 
    ahamiyatga ega. Taqqoslash — shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan 
    ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o'xshashligi va bir-bi-ridan farqi aniqlanadi. 
    XIX—XX asrlarda yashagan allomalardan biri taqqoslashning psi-xologik mexanizmi 
    to'g'risida juda ilg'or fikrlarni ilgari surib, quyidagi mulohazalarni bildiradi: «Agar 
    siztabiatningbiror nar-sasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o'ziga juda o'xshash 
    bo'lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o'zidan juda uzoq bo'lgan narsalar bilan 
    o'xshashlik topingiz. Ana shunda siz shu narsa-ning eng muhim, hamma belgilarini payqab 
    olasiz, demak, shu narsa-ni tushunib olasiz». 
    Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, inson, ko'pincha, jamiyat formasiya-larini o'rganish 
    davrida, ularning avvalgi mohiyatini keyingi formasiyani o'rganish paytida yanada chuqurroq va 
    puxtaroq egallab oladi. 
    Mazkur jarayon to'g'risida fikr yuritilganda, so'zning negizini o'zlashtirishda o'zakning 
    muhim belgilarini (xossalarini) to'laroq tushunib olish kabi ko'pgina aqliy harakatlarni keltirib 
    o'tish maq-sadga muvofiqdir. 
    Bilish ob'ekti hisoblangan narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshash-likni yoki farqni, 
    tenglik yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddi-yatlarni aniklashdan iborat bo'lgan fikr yuritish 


    operasiyasi bi-lishning dastlabki va zarur vositasi bo'lib hisoblanadi. Ajdodla-rimiz 
    taqqoslashning ta'limdagi roli to'g'risida shunday fikrlar-ni bildirgan edi: Taqqoslash har qanday 
    tushunishning va har qan-day tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taq-
    qoslab ko'rish yo'li bilan bila olmasak, boshqa yo'l bilan bila ol-maymiz, agar biz hech narsa 
    bilan solishtirishimiz va farqini bi-lib olishimiz mumkin bo'lmagan biron bir narsaga duch 
    kelganimiz-da edi, u holda biz shu narsa to'g'risida hech qanday fikr hosil qila olmagan bo'lar 
    edik. 
    Yuqoridagi mulohazalardan ko'rinib turibdiki, taqqoslash, fikr yuritish operasiyasi 
    sezgilarimizda va idroklarimizda hali gavdalanmagan o'xshashlik va tafovutni topish zaruriyati 
    vujudga kelgan paytda namoyon bo'ladi. Psixologiyada yana shu narsa ma'lumki, sezgi va 
    idrokimizda dastavval narsalarning va hodisalarning o'xshash va farklanuvchi tomoni ko'zga 
    yaqqol tashlanadi. 
    Taqqoslash operasiyasi ikki xil yo'l bilan amalga oshishi mum-kin: amaliy (konkret 
    narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda 
    fikran taq-qoslash). Agar inson ikki boylam yukni qo'l bilan ko'tarib, bir necha xil taom mazasini 
    qiyoslasa, ikki paykal paxtazor hosildorligini taqqoslasa bu amaliy taqqoslash bo'ladi. 
    Shuningdek, o'quvchilar ikki qalam yoki sterjenni, chizg'ichni yog'ochga yoki qog'ozga 
    solishtirsalar, u analogik holatdagi misol bo'la oladi. Bundan tashqari, metr bilan masofani 
    (gazlamani), tarozi bilan og'irlikni termometr bilan haro-ratni, teleskop bilan osmon jismlarini 
    o'lchash paytida ham taq-qoslash jarayoni vujudga keladi. 
    Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, qo'l bilan 
    paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to'planadigan bilimlarning aksariyati qo'l bilan 
    ushlash, ko'z bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida 
    anglashiladi. Ular o'rtasidagi o'xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida 
    ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng ko'lamdagi informasiyalar farqini fikran taq-qoslash 
    yordamida anglab etadi. Jumladan, o'quvchilar dilda o'ylayot-gan narsalarni fikran solishtirib 
    ko'radilar. Ba'zan turli yoshdagi kishilar o'z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish-turishi-
    da, muomalasida va boshqa xususiyatlarida o'xshashlik va tafovut bor-ligini topadilar. 
    Kishilar narsa va hodisalarni biron belgiga (alomatga) asosla-nib taqqoslashda 
    qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun beri-. layotgan informasiyalar mohiyatiga diqqat-
    e'tibor qilish shart. Ki-shilar uchun taqqoslash prinsipi tushunarli va aniq bo'lsa, mavjud 
    qiyinchiliklarni bartaraf qilish imkoniyati tug'iladi. Inson ol-diga aniq maqsad qo'yilsa, yoinki 
    o'rganilayotgan ob'ekt mohiyatiga kirib borish uchun ustanovka berilsa, fikran taqqoslashda 
    xatolar miqdori keskin kamayadi. 
    Shaxsiy kuzatishlarimizning ko'rsatishiga qaraganda, taqqoslash operasiyasida katta 
    yoshdagi kishilarda va o'quvchilarda uchraydigan asosiy kamchilik bu jarayonni noto'g'ri 
    tasavvur qilish yoki xato tu-shunishdir, ya'ni taqqoslash deganda ikki va undan ortiq narsalarni 
    yonma-yon qo'yishlik deb faraz qilishlikdir. Inson shaxsiy faoliyatida, ta'lim jarayonida 
    taqqoslash ustida qanchalik ko'p mashq qilsa, taqqoslash ko'nikmasi paydo bo'lsa, unda fikr 
    yuritish shunchalik samarali bo'ladi. 
    3. Abstraksiya. Narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlar-ning ayrim belgisi, sifati, 
    alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr ob'ektiga aylantirishdan ibo-
    rat fikr yuritish operasiyasi inson bilish faoliyatida muhim ahami-yatga ega. Masalan, bilish 
    jarayonida tabiat, jamiyat va ayrim inson-larga xos bo'lgan «go'zallik» belgisini ayirib olib, 
    ularning go'zal-ligi to'g'risida emas, balki umuman go'zallik, ya'ni estetik kategoriya 
    mazmunidagi tushuncha yuzasidan mulohaza bildiriladi. 
    Abstraksiyalash shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu ope-rasiya yordami bilan 
    moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farklab olib, ana shu 
    xususiyatlardan narsa va hodi-salarning muhim bo'lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fik-
    ran ajratib tashlaymiz. 
    Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi (alomat)-ning o'zi tafakkurning 
    mustaqil ob'ekti bo'lib qoladi. Abstraksiya operasiyasi analiz natijasida vujudga keladi. Masalan, 


    sinf devo-rini analiz qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya'ni oqligini ajratib olish 
    mumkin va oq devor to'g'risida emas, balki devorning okdigi to'g'risida, keyin esa umuman oqlik 
    haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov, ba'zi pla-netalar, ayrim 
    tosh va hokazolarning ko'z o'nglarida yoritishini ku-zata turib, ularning bitta umumiy belgisini, 
    ya'ni yoritishini fik-ran ajratib olib, umuman yoritish to'g'risida mulohaza yuritishlari ayni 
    haqiqatdir. Turli geometrik shakllarni - uchburchak, to'rtbur-chak, kesik konus, kesik piramida, 
    parallelofamm, ko'pburchak, pa-rallelepiped va hokazolarni kuzata turib, ular uchun umumiy 
    bo'lgan belgini, ya'ni burchakni fikran ajratishlari, so'ngra umuman burchak tushunchasi 
    to'g'risida fikr yuritish mumkin. 
    Fan va texnika revolyusiyasi avj olingan hozirgi davrda kishi-larga uzatilayotgan 
    informasiyalarning ma'lum qismi abstrakt holatda inson ma'naviy mulkiga aylanmoqda. Mazkur 
    bilimlarni hissiy bilish apparati yordami bilan o'zlashtirish imkoniyati insonda yo'q, shuning 
    uchun ularni abstrakt yo'l bilan o'zlashtirib olish talab qilinadi. Lekin abstraksiya holatidagi 
    informasiyalar insoniyat tomo-nidan qiyinchilik bilan o'zlashtiriladi. Yaqqol ko'rgazmalikka 
    asos-lanmagan bilimlar qiyinchilik bilan qabul qilinadi. Shunga qara-masdan, abstrakt holatidagi 
    bilimlar ko'lami kundan-kun ortib bormoqda. Chunki yangi kashfietlar, ixtirolar zamiridan kelib 
    chiquvchi qonuniyatlar, ichki murakkab bog'lanishlarning barchasi abstrakt ter-minlarda o'z 
    ifodasini topadi. Shu boisdan kishilarni mazkur ja-rayonga tayyorlab borish, o'ng'aysiz shart-
    sharoitga moslashtirish, ko'niktirish mutlaqo shart. 
    Ta'lim tizimidagi bilimlarning aksariyati bilishning rasio-nal yo'di bilan egallashga 
    qaratilgan bo'lib, abstraksiyadan keng ko'lamda foydalanishni taqozo etadi. Shuning uchun 
    o'quvchilarni ab-straksiyani amalga oshirish yo'l va usullari bilan tanishtirish ke-rak. 
    Yuqorida aytganlarimizdan tashqari, abstraksiyalash jarayoni yorda-mida qiymat, son, 
    kenglik, tenglik, uzunlik, kattalik, qattiqlik, zichlik, balandlik, geometrik shakl, matematik ibora, 
    tanqidiy re-alizm, bosim, solishtirma og'irlik, geografik tushunchalar tizimi kabi abstrakt 
    tushunchalar vujudga keltiradi. 
    Buyumlarni, narsa va hodisalarni, jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida 
    ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning, voqelikning mavjud 
    belgila-riga (masalan, tusiga, shakliga, tezligiga, og'irligiga, qiymatiga va shu kabi o'xshash 
    sifatlariga) qarab taqqoslanadi. 
    Abstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intel-lektual jihatdan intensiv 
    rivojlanishga olib keladi, shuningdek, mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi. 
    4. Umumlashtirish. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo'yi-cha yagona* 
    "yunalishdagi nazariya yo'q. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, 
    goho uni guruhlarga bo'lib o'rga-nadilar. Shuningdek, maktab ta'limini qaysi umumlashtirish 
    usuli asosida amalga oshirish to'g'risida olimlar turlicha fikrdadirlar. Ba'zi psixologlar ta'limda 
    nazariy jihatdan umumlashtirish usu-lini qo'llab chiqsalar (S. L. Rubinshteyn, V. V. Davidov va 
    boshqa-lar), ayrimlari ham nazariy, ham amaliy usulni qo'llashni tavsiya etmoqdalar (N. A. 
    Menchinskaya, D. N. Bogoyavlenskiy). Ammo o'quv faoliyatining turli-tumanligi, bizningcha, 
    dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqozo qiladi. 
    Psixologiyada umumlashtirishning keng qo'llaniladigan ikki turi: tushunchali 
    umumlashtirish va hissiy-konkret umumlashtirish yuza-sidan ko'proq fikr yuritiladi. Tushunchali 
    umumlashtirishda pred-metlar ob'ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. Hissiy-konkret 
    umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga bino an tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. 
    Ayrim psixologlar noto'g'-ri umulashtirishning (N. A. Menchinskaya, YE. N. Kabanova-Meller) 
    hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta'-kidlab kelmokdalar. O'quvchi va 
    talaba ba'zan predmetlarni muhim bo'lmagan belgisiga asoslanib noto'g'ri umumlashtiradilar, 
    vaholan-ki topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo'yilmaydi. Lekin bu nazariyaning 
    himoyachilari noto'g'ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblamaydilar. 
    Umumlashtirish deganda psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, 
    alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ular-ni birlashtirish tushuniladi. 


    Masalan, temir, po'lat, latun, oltin va boshqalarda mavjud bo'lgan o'xshashlik va umumiy 
    belgilarni yagona tushuncha ostida to'plab, uni «metall» degan ibora bilan nomlashimiz mumkin. 
    Shuningdek, qish, bahor, yoz va kuz «fasl» degan tushuncha orqali ifodalanadi. Inson-ning yosh 
    davrlari xususiyatidagi umumiy belgilar hisobga olinib, «o'smir», «o'spirin», «etuk kishi», 
    «keksa» singari terminlar ishla-tiladi. 
    Umumlashtirish abstraksiyalash operasiyasidan ajralgan holda sodir bo'lmaydi, har 
    qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni 
    abstraksiyasiz mavjud bo'li-shi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi 
    mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalar-ning o'xshash hamda muhim 
    belgilari tasodif belgilaridan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o'xshash, 
    umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlash-tiriladi. 
    Boshqa fikr yuritish operasiyalari kabi umumlashtirish ham so'z, nutq yordamida 
    ro'yobga chiqadi. Jumladan, daraxt degan so'z qo'llanila-di, deb faraz qilaylik, unda biz turli 
    daraxtlarga bevosita aloqada bo'lgan iborani aks ettirgan bo'lamiz. Yoinki talaba degan terminni 
    ishlatish bilan turli kurs, har xil fakultet va barcha oliy maktab-da tahsil slayotgan yoshlarni 
    birlashtiramiz va hokazo. 
    Umumlashtirish jarayoni so'z ta'sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga 
    asoslanadi. Akademik I. P. Pavlov fikricha, nutqsignallari tufayli nerv faoliyatining yangi 
    prinsipi - abst-raksiyalash va bu bilan birga, oldingi tizimning behisob signalla-rini 
    umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o'z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi 
    signallar tag'in analiz va sintez qilina-veradi. 
    Fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasi har xil asoslarga ko'ra turlarga bo'lib 
    o'rganiladi. 
    Umumlashtirishni mazmuniga ko'ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko'rgazmali 
    yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali 
    ob'ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo'yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim 
    belgilar umumlashtirilib, ob'ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo'ladi. Yaqqol-ko'rgazmali 
    umumlashtirishda narsa va hodi-syalar tashqi hamda yaqqol belgilari bo'yicha umumlashtiriladi. 
    Biz tajribamizda umumlashtirishning yo'nalishi bo'yicha farqla-nuvchi usullarga 
    ahamiyat berganmiz. Tajribalarda ushbu umumlashti-rish usullari o'rganilgan eda: umumiydan 
    xususiyga (usul №1), xusu-siydan umumiyga (usul №2), yagonadan umumiyga, so'ng xususiy 
    hol-larga (usul №3), umumiydan xususiyga va o'sha umumiydan yanada umumiyga (usul №4), 
    kamroqumumiy holdan ko'proqumumiy holatga (usul №5), yagona umumiy qonuniyatdan 
    yanada umumiy qonuniyatga o'tish (usul №6) va boshqalar. 
    Sinaluvchilarni umumlashtirish usulining birinchi turiga o'rga-tish eksperimentatorning 
    tushuntirish faoliyatidan va mustaqil topshiriqdan tashkil topdi. Eksperimentatorning 
    tushuntirishida va mustaqil topshiriqda sinaluvchilar geofafik qonuniyat bilan tanishadilar. 
    Tushuntirishda eksperimentator kartadan sinaluvchi-larga Drakon tog'lari va uning sharqiy 
    etagini ko'rsatib, ularni ob'ekt bilan tanishtiradi. Ob'ektni tahlil qilish jarayonida eks-
    perimentator asta-sekin qonuniyatni aniqlovchi to'rt sharoitni ocha-di va tog'ning yog'ingarchilik 
    miqdoriga ta'siri to'g'risidagi umumiy qonuniyatni ifodalab beradi. 
    Qonuniyat bo'yicha mustaqil topshiriqda tabiiy geografiya kartasi-dan ikkita ob'ekt 
    topish, ularda o'zlashtirilgan qonuniyatni illyust-rasiya qilib berish topshirilgan. Masalan, 
    Himolay va uning janu-biy etagi, Suram tog' tizimi va unga yondoshgan Kolxida pasttekisli-gi. 
    Ular har bir ob'ektni alohida analiz qilib, undan eksperimenta-tor tomonidan ochilgan 
    sharoitlarni topadilar. So'nfa mazkur ob'ekt-dagi umumiy qonuniyatni aniqlovchi sharoitlar 
    to'g'risida xulosa chi-qaradilar. Bunday holatda umumlashtirish umumiy qonuniyatni «tayyor 
    holda» olib, uni boshqa ob'ektlarga «yoyish» bilan tugallanadi. 
    Sinaluvchilarga umumlashtirishning xususiydan umumiyga o'tish usuliga (№2) 
    o'rgatilishida kartadan And, Ximolay, Suram ob'ekt-lari ko'rsatiladi va ob'ektlarni mustaqil 
    taqqoslash, yog'ingarchi-likka ta'sir qiluvchi umumiy sharoitlarni topish, tog'ning yog'ingar-
    chilikka ta'siri qonuniyatini ta'riflash vazifasi beriladi. Sina-luvchilar ob'ektlarni taqqoslab, 


    ularning har biridan qonuniyatni aniqlovchi to'rttadan sharoitni topadilar. So'ng xuddi shu 
    sharoit-larga binoan ob'ektlarni fikran birlashtirib, umumiy qonuniyat-ni ifodalaydilar. Jumladan, 
    tog' tizmasining balandligi, nam shamollarning bu joylarga esishi, namlik manbaining 
    uzoqemasli-gi, tog' tizmalarining ko'ndalang holda joylashib, nam shamollarni o'tkazmasligi va 
    boshqalar. Ular muhim shart-sharoitga tayanib, umumiy qonuniyatni bunday ta'riflaydilar: «Tog' 
    tizmalarining o'ziga yondosh joylar yog'ingarchiligiga ta'sir etishi natijasida u erlarga ko'p 
    miqsorda yog'in yog'ishi mumkin. Chunki tog'lar bunga yordam bera-di». 
    Mazkur guruh sinaluvchilari xususiydan umumiyga o'tishdan ibo-rat umumlashtirish 
    usulini o'zlashtiradilar. Topshiriqulardan mustaqil echimni talab qiladi. Berilgan ob'ektlar o'zaro 
    taqqoslanib, umumiy sharoitlar topilib, so'ngra umumiy qonuniyatga ta'rif be-rildi. 
    Sinaluvchilarni umumlashtirishningyakkadan umumiyga, so'ngumumiydan yakkaga 
    o'tish usuliga (№3) o'rgatishda ularga Himolay va uning janubiy etagidagi joy ko'rsatiladi. 
    Tog'ning yog'in mikdoriga ta'si-ri haqidagi qonuniyatni shu ob'ektdan topish taklif qilinadi. Ular 
    mazkur ob'ektni analiz qilib, undagi mavjud to'rt sharoitni aniq-laydilar. Avval bu qonuniyatning 
    berilgan ob'ektga taalluqliligi yuzasidan fikr yuritadilar, so'ngra xulosa chiqaradilar. Bundan 
    so'ng ular shu zahotiyoqunga aniqlik kiritib, ushbu qonuniyat umumiy hisob-lanib, Himolaydan 
    tashqari boshqa tog'larga ham aloqadordir, degan xulosaga keladilar. Sinaluvchilar umumiylikni 
    barcha analogik ob'ektlarga «yoyish»ga muvaffaq bo'ladilar. 
    So'ngra ulardan qonuniyatni ikkita boshqa ob'ektda ko'rsatib be-rish so'raladi. Bu holatda 
    ob'ektlar umumlashtirilganda sinaluvchi-lar umumiy qonuniyatdan chiqib, ularni to'rtala 
    sharoitga binoan birlashtiradilar. Mazkur jarayon umumiylikni xususiy hollarga «yoyish»ni 
    bildirib keladi. 
    Sinaluvchilarga umumlashtirishning umumiydan xususiyga va o'sha umumiydan yanada 
    umumiyga o'tish usulini (№4) o'rgatishda ikkita topshirikdan foydalanildi. Birinchi topshiriqsa 
    umumlashtirish-ning «umumiy qonuniyatdan xususiy hollarga» o'tish qismi o'rgatil-di. 
    Eksperimentator rahbarligida sinaluvchilar kartadan bir ob'ekt-ni analiz qilib, qonuniyatni 
    aniqlovchi to'rt sharoitni sanab o'ta-dilar. So'ngra bir necha ob'ektlarga ushbu qonuniyatni 
    «yoyadi»lar. To'rtinchi umumlashtirish usulini o'zlashtirishning ikkinchi qis-mida «umumiy 
    qonuniyatdan yanada umumiyroq qonuniyatga» o'tish tar-kib toptiriladi. Usul avval qator 
    fanlarda o'zlashtirilgan qonuni-yat materiallari asosida shakllantiriladi. Bu qonuniyatlar holat-
    larning o'zgarishi, tog'larning dengiz sathidan balandligiga bog'liq-ligi, haroratga geografik 
    kenglikning ta'siri, o'smirliklarning yashash sharoitlariga moslashishi hamda jonivorlarning rang 
    xusu-siyatlariga taallukdidir. 
    Shundan so'ng eksperimentator sinaluvchilarga o'zlariga tanish bo'lgan jonivorlarning 
    muhitga moslashishiga oid bir necha faktor-larni esga keltirishni taklif qiladi va umumzoologik 
    qonuniyatga ta'rif beriladi: «Hayvonlar rangining o'zgarib turishi ularni o'z dushmanlaridan 
    mudofaa qilish uchun xizmat qiladi, chunki ular o'zla-rini qurshab olgan muhitga moslashadilar». 
    Sinaluvchilar to'rtta umumiy qonuniyatni qayta idrok qiladilar, so'nfa xuddi shu umumiylikka 
    ko'ra biologik umumlashgan qonuniyatga ta'rif beradilar: «Tabiatda o'simliklar va jonivorlar 
    o'zlarini qurshab olgan muhit sharoitiga moslashadilar». Ana shunday qilib umumlashtirishning 
    «qator umumiy qonuniyatlardan yanada umumiy qonuniyatga» o'tish qismi tajribada o'zaro 
    bog'liq bo'lgan, lekin yo'nalishi bo'yicha farkdanuv-chi «umumiy qonuniyatdan xususiy hollarga 
    va o'sha umumiy qonuniyat-dan taqqoslash orqali yanada umumiyroq qonuniyatga» o'tish usulini 
    o'zlashtiradilar. 
    Umumlashtirishning beshinchi usulini shakllantirishda zoologik qonuniyatdan 
    foydalaniladi: «Hayvonlar rangining o'zgarib turishi ularni dushmanlardan mudofaa qilish uchun 
    xizmat qiladi. Chunki ular o'zlarini qurshab olgan muhitga moslashadilar». Ular hayvon-larni 
    o'zaro taqqoslab, himoya rang belgisiga binoan birlashtiradi-lar hamda uchta qonuniyatni 
    ifodalaydilar: «hayvonlarning mavsu-miy rangi ularni dushmandan himoya qilish funksiyasini 
    bajaradi. Ular muhit rangiga moslashadilar», «hayvonlarning doimiy yoki o'zgar-mas rangi 
    dushmandan niqoblaydi. Ular muhit rangini qabul qiladi» va hokazo. Binobarin, sinaluvchilar 


    topshiriqni taqqoslab, kam-roq umumiy qonuniyatdan yanada umumiyroq qonuniyatga o'tish 
    imko-niyatiga ega bo'ladilar. 
    Umumlashtirishning oltinchi usulini tarkib toptirishda ushbu teoremadan foydalaniladi: 
    «Uchburchak ichki burchaklari yig'indisi 26 ga teng. Ko'pburchak ichki burchaklarning yig'indisi 
    (2s1(p—2))ga tengligini isbotlab berish talab qilinadi». «Uchburchak ichki bur-chaklarining 
    yig'indisi 2s1 ga teng, — deydi sinaluvchi. Ko'pburchak-ning ichki burchaklari yig'indisini 
    topish uchun uning bir uchidan diagonallarni o'tkazamiz. Bu diagonallar ko'pburchakni bir necha 
    uch-burchakka bo'ladi. Keyin nechta uchburchak hosil bo'lganligini hisob-lab chiqamiz va 2s1 ga 
    ko'paytiramiz. 2s1 (p—2) formulasidagi «p» o'rniga izlanuvchi ko'pburchak tomonini qo'yib, 
    uning nimaga teng ekanligi-ni topamiz». 
    Protokolning ko'rsatishiga qaraganda, sinaluvchi umumiy formu-ladan (uchburchakka 
    taallukdi) chiqqan holda, ko'pburchakni uchburchak-ni bo'lish yo'lini topib, so'ng barcha 
    ko'pburchaklarga aloqador umumiy formulaga o'tadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, 
    «umumlashmani umum-lashtirish» hodisasi 6-usul bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, 
    topshiriq yagona umumiy holatdan yanada umumiy holatga o'tishdan iborat fikrning yo'nalishi 
    vositasi bilan hal qilinadi. 
    O'quvchi va talabalarni umulashtirish usullariga o'rgatish bilim-larni o'zlashtirishni 
    osonlashtiradi va o'quv faoliyatini boshqarish imkoniyatini yaratadi. 
    5. Konkretlashtirish. Umumiy, mavhum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg'iz 
    ob'ektlarga tatbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha 
    faoliyatlarida aktiv ishtirok etadi. Voqelik qanchalik konkret (yaqqol) shaklda ifodalansa, inson 
    uni shunchalik oson anglab etadi. O'zining genetik kelib chiqishiga qaraganda, kishilar dastavval 
    tevarak-atrofni konkret belgilariga asoslanib, konkret holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga 
    suyanib, tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo'lganlar. Shu boisdan to hozirgi kunga qadar 
    konkretlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo'lib hisoblanadi. Chunki 
    konkret voqelik kishini akliy zo'r berishlikdan, irodaviy tanglikdan va stress holatdan forig' 
    qiladi. Shuning uchun bo'lsa kerak, odam eng murakkab qonun hamda tu-shunchalarni konkretlik 
    darajasiga aylantirishga harakat qiladi. Masalan, inson «qiymat» tushunchasini konkretlashtirib 
    «odamning qadr-qimmati», «tovarning qiymati» shaklida konkretlashtiradi va hokazo. 
    Psixologiya fanida mazkur fikr yuritish operasiyasiga quydagi-cha ta'rif beriladi: 
    Konkretlashtirish hodisalarni ichki bog'lanish va munosabatlardan qat'i nazar, bir tomonlama 
    ta'kidlashdan ibo-rat fikr yuritish operasiyasidir. 
    Psixologlar tadqiqotlarining ko'rsatishiga qaraganda, konkret-lashtirish, odatda, ikki xil 
    vazifani (funksiyani) bajaradi. Dast-labki funksiyasiga taallukli ko'pgina misollarni keltirish 
    bilan uning psixologik mexanizmini ko'rsatishiga harakat qilamiz. Ma-salan, o'quvchilar «qora» 
    degan so'zni ishlatgan paytlaridan ko'z oldi-da bitum, chaqich, asfalt kabi qora rangdagi narsalar 
    va hayvonlar-ni gavdalantirishlari mumkin. Shuningdek, ular «harakat» degan iborani ishlatsalar, 
    odamni, mashinani, hayzonlarni suv va samo-lyot kabilarni tasavvur qila oladilar. Keyinchalik 
    esa harakat tu-shunchasining ko'lami kengayib boradi, biologik, ijtimoiy va hoka-zo harakatlarni 
    nazarda tutadi. 
    Konkretlashtirishning ikkinchi funksiyasi quyidagi misollar-dao'ziningyorqin ifodasini 
    topadi. Masalan, kishilar ketmon, bel-kurak, panshaxani dehqonchilik asboblariga; igna, bigiz, 
    angishvona va tikuv mashinasini tikuv asboblariga; lola, atirgul, binafsha, buldanejni gulga; 
    daftar, ruchka, chizg'ichni o'quv qurollariga kiri-tadilar. Demak, bu misollarda konkretlashtirish 
    operasiyasi umumiy va yakka belgilari kam bo'lgan umumiylikni ochishda namoyon bo'la-di. 
    Umuman konkretlashtirish abstraksiyalashni kontrast holati bo'lib, inson bilish faoliyatida 
    muhim ahamiyat kasb etadi. 
    6. Klassifikasiyalash. Insonning bilish faoliyatida muhim rol o'ynovchi fikr yuritish 
    operasiyalaridan biri klassifikasiya-lash hisoblanadi. Bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga 
    o'xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farqqilishiga qarab, narsalarni turkumlarga 
    ajratish tizimi klassifikasiya deb atala-di. Fan olamida buyuk hissa bo'lib qo'shilgan D. I. 
    Mendeleevning «Elementlarning davriy tizimi» jadvali klassifikasiya uchun yorqin misoldir. 


    Bunda olim elementlarni atom og'irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarining bir tipligiga va 
    boshqa belgi va alomatla-riga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. 
    Fanda narsa va hodisalarningtabiatini ifodalovchi muayyan belgi (alomat) asosida 
    qilingan jarayon klassifikasiya deb atash qabul qilingan. Tabiiy klassifikasiyaga zoologiya 
    fanidagi hayvonlar klassifikasiyasi (sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar, suvda va quruklikda 
    yashovchilar, parrandalar, qushlar va hokazo), botanikada-gi o'simliklar klassifikasiyasi (bir 
    yillik, ko'p yillik, butalar, daraxtlar, o'tlar, ildizdan ko'payuvchilar, igna barglilar, tikanli 
    o'simliklar, dukkaklilar, poliz o'simliklari va boshqalar) kabi qator misollarni keltirib o'tish 
    mumkin. Mabodo klassifikasiyaga asos qilib olingan belgi narsa va hodisalarning tabiatini 
    ifodalama-sa, bunday klassifikasiya sun'iy klassifikasiya deb ataladi. Ij-timoiy hayotimizda 
    klassifikasiyaning mazkur turi doimo qo'llanib turadi. Masalan, kutubxonadagi kitoblar 
    mazmuniga, shakliga, noyob-ligi va shunga o'xshash belgilarga qarab tokchalar va 
    peshtoqchalarga teriladi. O'quvchilarning alifbe tartibi bilan tuzilgan ro'yxati yoki xususiyatlari, 
    jinsiy belgilari, ulgurishlari va qiziqishlarini nazarda tutib turkumlarga ajratish ham sun'iy 
    klassifikasiyalash-ga misol bo'la oladi. 
    Lekin ijtimoiy turmushda va fan olamida oddiy klassifikasi-yalash holatidan tez-tez 
    foydalaniladi. Jumladan, adabiyot, tarix, geografiya, psixologiya — gumanitar fanlari: falsafa, 
    iqtisod, huquq, pedagogika, tarix - ijtimoiy fanlar: matematika, fizika, biolo-giya, kimyo-tabiiy-
    matematik sikldagi fanlar. Xuddi shuningdek, asosga suyanib psixologiya sohalari ham 
    klassifikasiya qilinadi. Injenerlik, aviasiya, kosmos psixologiyasi — mehnat psixologiya-si, 
    patopsixologiya, oligofrenopsixologiya, surdopsixologiya, tif-lopsixologiya — maxsus 
    psixologiya; bolalar, o'smirlar, o'spirinlar, katta yoshdagilar psixologiyasi, gerantopsixologiya — 
    yosh davrlari psi-xologiyasi; sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, peniten-siar 
    psixologiyasi — yuridik psixologiya va boshqalar. Psixologiya fanida psixik holatlar, bilish 
    jarayonlari, shaxsning individual tipologik xususiyatlari ham klassifikasiya qilinadi. Aks ettirish 
    xarakteriga va reseptorlarning o'rniga qarab, sezgilar uch guruhga bo'linadi: eksteroseptiv 
    sezgilar, interoseptiv sezgilar, proprio-septiv sezgilar. Klassik bo'linishga binoan sezgilar 
    quyidagicha klas-sifikasiya qilinadi: ko'rish, eshitish, taktil, maza, hid, organik harakat va 
    hokazo. 
    Maktab ta'lim tizimida murakkab bilimlar qulayroq yo'l bilaN o'zlashtirish uchun 
    klassifikasiya operasiyasidan keng ko'lamda foy-dalaniladi. Masalan, ot, sifat, fe'l, son — so'z 
    turkumlari; ibti-doiy jamoa, quldorchilik, feodalizm, kapitalizm, sosializm ki-shilik 
    formasiyalari; proza, poeziya, drama, komediya, tragediya -adabiy janrlar; briz, musson, passat 
    — shamollar va boshqalar. 
    Shunday qilib, klassifikasiya biz tekshiradigan ob'ektlarninG muayyan tartibni topishda, 
    o'rganishimizda zarur bo'lgan narsa va hodi-salarni yaxlit holda tekshirishimizda, 
    o'zlashtirmoqchi bo'lgan mate-riallarni puxta esda qoldirishimizda muhim rol o'ynaydi. 
    7. Sistemalashtirish. Fikr ob'ektiv hisoblangan narsa va hodi-salarni zamon (vaqt), 
    makon (fazo) va mantiqiy jihatdan ma'luM tartibda joylashtirishdan iborat fikr yuritish 
    operasiyasi bilim-larni o'zlashtirishda, ko'nikma va malakalarni tartibga solishda muhim rol 
    o'ynaydi. Odatda, sistemalashtirish operasiyasi yordami-da narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va 
    ob'ektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o'rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi. 
    Shuning uchun tizimga solish makoniy (fazoviy) xronologik bel-gi va mantiqiy belgisiga 
    asosan uch turga ajratiladi. Ko'chatlarninG boqqa olib chiqib o'tqazilishi, sinf xonasidagi 
    mebellarning bir tekis joylashtirilishi makoniy (fazoviy) tizim uchun misol bo'lz oladi. Tarixiy 
    voqealarni xronologik tartibda joylashtirilishi, kutubxonadagi kitoblarning xronologik jihatdan 
    terib qo'yilishI voqealarni zamonga (vaqtga) qarab tizimga solishning namunasi deb atash 
    mumkin. Matematika, falsafa, psixologiya va mantiqqa (logi-kaga) doir asarlarda ilmiy 
    maqolalarning (ya'ni punkt, paragraf nazarda tutilmoqda) joylashuvi mantiqiy tizimga solishning 
    na-munasidir. 
    Maktab ta'limida o'zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo'lib, 
    bu ish bir necha bosqichda amalga oshiri-ladi. Bilimlar dastlab predmetning boblari, qismlari 


    bo'yicha, so'nG yaxlit holda o'quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ik-kinchi 
    bosqichida bir-birga o'xshash predmetlarga oid bilimlar fik-ran tartibga solinadi. Uchinchi 
    bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan to'plangan bilimlar ma'lum tartibga tushadi, ularning 
    o'xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishnikgto'rtinchi bos-qichida darsdan va 
    maktabdan tashqari mashg'ulotlarda egallangan bi-limlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi. 
    O'qituvchi darsda o'quvchilardan o'tilgan mavzularni so'rash, ularning to'garak ishlarida, 
    olimpiada va tanlovlarda qatnashuvini ku-zatish, devoriy gazetga yozgan maqolalarini tahrir 
    qilish, ijodiy va yozma ishlarni tekshirish orqali ulardagi bilimlarning qanday 
    tizimlashayotganini aniqlab berish mumkin. 
    Demak, insonning bilish faoliyatida «mavzulararo», «predmetlar-aro» bilimlarni 
    tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin, bilim-larning tizimga solinishi akdiy rivojlanishning 
    dastlabki pog'o-nasi xisoblanadi. 

    Download 421.07 Kb.
      1   2




    Download 421.07 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7bd7e8db-3888-451f-8265-3a06fe4dc3f9/afa4c0fc-f442-4a13-a5e4-6298eeca1f49

    Download 421.07 Kb.
    Pdf ko'rish