• 1-reja bo`yicha dars maqsadlari.
  • 1-reja bayoni
  • 8-maʼruza-matni pdf




    Download 77.46 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana03.02.2023
    Hajmi77.46 Kb.
    #40860
      1   2   3   4
    Bog'liq
    8-maʼruza-matni
    12, MUNDARIJA, Elektr hisoblagichlari haqida asosiy ma, Urushning songgi qurboni hikoyaotkir , 1, 3-Mavzu, 222хисобот, Экология-2, vIDpwGKsE6-ZCiS8h1WSnb5t2Ib-R3d2, Struktura amaliy1, 21-Mavzu, Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas, 9, 7


    Bog’lovchisiz qo’shma gaplar haqida ma’lumot. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap
    tarkibidagi komponentlarning mazmun munosabati.
    Reja:
    1. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar haqida umumiy malumot.
    2. Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari orasidagi payt, qiyoslash, shart, zidlik,
    o’xshatish, izohlash munosabatlari. 
    3. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilari.
    1-reja bo`yicha dars maqsadlari.
    Talabalarga bog`lovchisiz qo`shma gaplar, ularning tuzilishi haqida umumiy
    ma`lumot berish. Talabalar nutqida bog`lovchisiz qo`shma gaplarni to`g`ri va
    o`rinli qo`llash ko`nikmalarini shakllantirish.
    Identiv o`quv maqsadlari:
    1. Bog`lovchisiz qo`shma gapning ta`rifini biladi va izohlab beradi.
    2. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarini ajrata biladi. 
    3. Bog`lovchisiz qo`shma gapni bog`langan qo`shma gap, ergash gapli qo`shma 
    gaplardan farqlay oladi.
    1-reja bayoni:
    Ikki va undan ortiq sodda gaplarning grammatik bog’lovchilarsiz
    birikuvchida tuzilgan qo’shma gap tiplari bog’lovchisiz birikuvida tuzilgan
    qo’shma gap tiplari bog’lovchisiz qo’shma gaplar deyiladi:
    Masalan: Botirlari kanal qazadi,
    Shoirlari she’rlar yozadi (H.O.).
    Yuragida qanday dardlar bor – mana bu menga sir (O.).
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning tuzilishida eng asosiy vosita
    intonatsiyadir. Intonatsiya bog’lovchisiz qo’shma gaplarda turli ma’no
    ottenkalarining ifodalanishida asosiy faktor hisoblanadi.
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bog’langan yoki ergash gapli qo’shma
    gaplarning bog’lovchisiz varianti emas, balki qo’shma gapning alohida tipidir.


    Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari orasiga teng yoki ergashtiruvchi
    bog’lovchilarni majburan kiritib bo’lmaydi. Aks holda, gap konstruktsiyasi
    o’zgaradi; yopiq konstruktsiya hosil bo’ladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar esa
    ochiq konstuktsiya hisoblanib, mazmunan o’zaro birikkan bir necha tipli sodda
    gaplardan tashkil topadi. Qor va shamol kuchaya bordi, tashqarida qishni va qorni
    sog’ingan qarg’alarning qag’illashlari… (O.).
    Qo’shma gapda komponentlarni biriktiruvchi ega yoki ergashtiruvchi
    bog’lovchilar qo’llanmagan o’rinlarda leksik va intonatsion vositalarning roli
    ortadi.
    Shu sababdan ham bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarini biriktirishda ayrim
    leksik elementlarning, olmosh va mavhum ma’noli so’zlarning qo’llanishi,
    umumiy va ikkinchi darajali bo’laklarning takrorlanib kelishi kabilar bog’lovchisiz
    qo’shma gap turini shakillanishi hamda mazmun munosabatlarini yuzaga chiqishi
    uchun vosita funktsiyasini bajaradi.
    Shuni aytib o’tish kerakki, biz yuqorida sanab o’tgan vositalar keng
    ma’noda sintaksis bobida bog’lovchilar hisoblangani uchun ham, shu vositalar
    yordamida tuzilgan qo’shma gap turiga nisbatan qo’llangan «bog’lovchisiz»
    atamasi shartli ishlatiladi. (bu o’rinda eslatib o’tish kerakki, ba’zi darsliklarda
    bog’lovchisiz qo’shma gaplarning «bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gap»
    atamasi ostida yuritilishi ham bejiz emas.)

    Download 77.46 Kb.
      1   2   3   4




    Download 77.46 Kb.
    Pdf ko'rish