8-ma’ruza. Moylar va yog‘larning yog‘ kislota tarkibi




Download 29.97 Kb.
Sana25.09.2023
Hajmi29.97 Kb.
#84219
Bog'liq
8-ma’ruza. Moylar va yog‘larning yog‘ kislota tarkibi-fayllar.org
9-klass sabaq islenbe, Interfaol ta, TEST, sugurta ishi 2021 1 qism barcha uchun, @xxi asruqit. 7-sinf informatika tayyor 2019-2020 34 s, OʻTOʻS 3 10-nazorat-ishi, ДАЛОЛАТНОМА, 2022-2023 ИМТИХОН БУЙРУГИ, Камола опа йиғилиш баённомаси 2022, anatomiya OSKE, Каден.тем.режа узбек, 1-ma’ruza. Differensial tenglamalar sistemasini normal koÊ»rinish-fayllar.org

8-ma’ruza. Moylar va yog‘larning yog‘ kislota tarkibi


8-MA’RUZA. MOYLAR VA YOG‘LARNING YOG‘ KISLOTA TARKIBI
Reja: Tabiiy yog‘lar triglitseridlari yog‘ kislotalari to‘zilishining umumiy tomonlari. YOg‘ qatori birikmalari sifatida triglitserid tarkibiga kiruvchi yog‘ kislotalarining ta’siri. YOg‘larning yog‘ kislota tarkibi.
Ëg‘lar va moylar deb turli yuqori molekulyar yog‘ kislotalardan xosil bo‘lgan har xil uchglitseridlar bilan yo‘ldosh moddalarning aralashmasiga aytiladi. Tabiatda ma’lum lipidlar (yog‘simon moddalar) ichida yog‘lar va moylar eng katta guruhni tashkil qiladi. Ularning fizik va kimëviy xossalarini ifoda qilib, odatda xayvonlar tanasidan olingan, qattiq strukturaga ega bo‘lgan lipidlar kompleksi - ëg‘lar deb atalsa, o‘simlik mevasi va urug‘laridan olingan, asosan suyuq holatdagi lipidlar kompleksi - moylar deb yuritiladi. Biroq ayrim hollarda yog‘ning yoki moyning fizik strukturasidan qat’iy nazar, faqat kelib chiqishi nazarga olingan holda nomlanadi, masalan, baliq yog‘i yoki kokos moyi deb ham yuritiladi.
Ëg‘larning turi juda xam ko‘p. Ular asosan yuqorida aytilganday, kelib chiqishi bilan farq qiladi, shuning uchun ikki xil hayvon yog‘ilari va o‘simlik moylari bo‘lishi mumkin. Hayvon va o‘simlik xujayralaridan eritib, presslab va organik erituvchi bilan eritib olingan yog‘lar va moylar tarkibida boshqa lipidlar (yo‘ldosh moddalar) ham erigan holda bo‘ladi va ular hom yog‘lar va moylar deb ataladi. Hom yog‘lar va moylarning 95-97%-ni yog‘ kislotalarning glitseridlari tashkil qiladi.
Hayvon yog‘lari kelib chiqishi bilan bir necha xil bo‘lishi mumkin, ya’ni xayvonlarning tanasidan, sutdan, parranda va baliqlardan olingan yog‘lar bo‘lishi mumkin. O‘simlik moylari esa o‘z navbatida urug‘dan va meva tanasidan olinishi mumkin.
Ëg‘lar va moylar bir-birlaridan asosan glitseridlari tarkibiga kiruvchi ëg‘ kislotalari va yo‘ldosh moddalari bilan farq qiladilar. Ëg‘lardagi glitseridlar uch xil - birglitseridlar, ikkiglitseridlar va uchglitseridlar ko‘rinishida bo‘lib, ulardan eng ko‘pi va yog‘larning asosini tashkil etuvchi uchglitseridlardir. Glitseridlarning nisbati xujayralardagi biosintez jarayonining bosqichiga yoki ajratib olingan yog‘ yoki moylarning saqlanish sifatiga bog‘liqdir.
Ëg‘lardagi farq asosan ëg‘ kislotalari va ularning miqdorida bo‘lib, ko‘p uchraydigan ëg‘lar misolida quyidagi jadval berilgan.
Moylarning yog kislotalari tarkibi.


YOg va moylar-
ning nomi


To‘yingan yog kislotalar, %



To‘yinmagan

yog kislotalar, %


Ara-
xin


Miris-
tin


Steo-
Rin


Pal-
mi-


tin

Ole-
in


Li-
nol


Li-
no-


len

Va bosh-


ka-
lar

1

Paxta moyi

-

0-5

2-5

20-23

29-36

34-57

-

-

2

Soya moyi

0.4-1

-

3-5

6-8

25-36

52-65

2-3

-

3

Kungabokar
Moyi

-

-

1,5-5,5

3,5-11,5

23-50

42-66

-

-

4

Makka-
jo‘xori moyi

-

-

6

5-18

23-49

48-56

-

-

5

Zaytun moyi

-

1.2

1.0

9.7

80.0-88

7.5

-

Lig-
no-
serin 0.4

6

Kanakujut (kostor) moyi

-

-

0,3-2

-

3-9

3

-

Ritsi-
nol 80-94

7

Zig‘ir moyi

-

6-11

2-8

5-11

13-35

8-30

30-67

-

8

Ko‘y yogi

-

2-4

25-31

25-27

32-43

3-4

-

-

9

Mol yogi

-

2.5-2.8

24-29

27-29

Trans
43-44


2.5

-

-

10

Ot yogi

-

-

7

29

55

7

-

-


Lekin bu umumiy ko‘rsatkichlar bilan ëg‘larni to‘la xususiyatlarini ifodalash mumkin emas. Ëg‘larning xususiyatlarini to‘laroq bilish uchun olingan ëg‘larning yo‘ldosh moddalarini, xayvonning ëki o‘simlikning sifati va ularni olish vaqtidagi - texnologiyasidagi xaroratni, bosimni va boshqa ta’sir qiladigan omillarni o‘rganib, aniq bilishimiz kerak. YUqorida aytilgan sabablarni to‘la tushunish esa yog‘lar kimyosi bilimi orqaligina bo‘lishi mumkin.

Xar qanday yog‘ yoki moyning tarkibiga kiruvchi yog‘ kislotalarni shu yog‘ yoki moydagi miqdoriga ko‘ra ikki asosiy guruxga bo‘lish mumkin:


- asosiy yog‘ kislotalar (ikkita-uchta), ulardan xar biri yog‘ kislota tarkibida 20% dan 90% gacha miqdorni tashkil etadi.
- ikkilamchi yog‘ kislotalar, xar biri yog‘ kislota tarkibida 0,1% dan 10% gacha miqdorni tashkil etadi.
YOg‘ kislotalarni ozroq yoki ko‘proq miqdorda barcha moylar tarkibiga kiruvchi (barcha moylar uchun xos bo‘lgan: palmitin, stearin, olein, linol) va faqat ayrim yog‘lar yoki moylar tarkibidagina uchraydigan (faqat ayrim moylargagina xos) turlarga ham bo‘lish mumkin. Masalan, faqat kanakunjut (kastor) moyi uchungina xos bo‘lgan ritsinol kislotasi.
Paxta moyi. Paxta moyi paxta (Gossepium) chigit yanchilmasini qovurib, so‘ngra presslab va chigit kunjarasini zrituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Tozalangan paxta moyi oziq-ovqat tayërlashda, margarin, mayonez ishlab chiqarishda va sovun pishirishda xomashë sifatida foydalaniladi. Paxta moyini 15°S dagi zichligi 918-932 kg/m3, qotish temperaturasi 5°S dan 6°S gacha, yod soni 90-117% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,472-1,476, 20°S dagi kinematik qovushqoqli 59,2-73,410-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 12,8-28,0% palmitin, 0,9-3,3% stearin, 13,9-35,0% olein va 34,0-57,2% linol kislotalaridan iborat. Tozalanmagan paxta moyi to‘q jigarrang tusli bo‘lib, rafinatsiyalangani, ya’ni ishqor bilan neytrallash, yuvish, quritish, tuproq bilan oqpash va hidsizlantirish-dezodoratsiyadan so‘ng och sariq rangli bo‘lib, bu moy ham moylarni olein-linol guruhiga mansub. Paxta moyining xarakterli komponentlaridan biri gossipol moddasi hisoblanadi. Rafinatsiyalash jaraënida paxta moyi gossipoldan butunlay tozalanadi.
Soya moyi. Xom soya moyi yashilroq-jigarrang tusli. YAxshi rafinatsiyalangan moyning rangi och sariq. Soya moyining 15°S dagi zichligi 922-934kg/m3, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,474-1,478, moyning qotish harorati -150 dan -180S gacha, 20°S dagi kinematik qovushqoqligi 59-7210-6 m2/s Moyning yog‘ kislota tarkibi (%): linol kislota 50-57%, olein kislota 23-29, linolen kislota 7-9, to‘yingan yog‘ kislotalari 12-15 (2/3 qismi palmitin kislotasi). Ekstraksiya moyida 1,5-2% fosfatidlar bor.
Zig‘ir moyi. Zig‘ir moyi (Linum usitatssiimum) zig‘ir urug‘idan presslab va kunjarasini geksan ëki ekstraksiya benzini ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Zig‘ir moyi ozuqa moyi sifatida va moylarni tezroq qurishga ërdam beruvchi xususiyati kuchli bo‘lgashgagi uchun, undan tez quruvchi olif va suyuq sikkativlar tayërlashda hamda moyli laklar va lenolium ishlab chiqarishda foydalanadi. Zig‘ir moyini tez qiruvchanlik xususiyati, uning tarkibidagi linolen kislotasi miqdorini yuqoriligi bilan tushuntiriladi. Zig‘ir moyini 15°S dagi zichligi 934-935kg/m3, qotish harorati 16°S dan 27°S gacha, yod soni 175-204% yod, 20°S dagi kinematik qovushqoqligi 15,510-6 m2/s, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,486-1,487 bo‘lib, yog‘ kislota tarkibi asosan 5,4-11,3% palmitin, 2,5-8,0% stearin, 13-36% olein, 8,3-30,0% linol, 30-67% linolen kislotalaridan tashkil topgan. Zig‘ir moyi rangi och sarikdan jigarranggacha bo‘yalgan bo‘lib, o‘ziga xos hidga ega. Zig‘ir moyi tarkibida fosfatidlar bo‘lib, u gidratatsiya usuli bilap ajratib olinadi va fosfatid konsentrati sifatida margarin ishla6 chiqarishda qo‘llaniladi.
Kungaboqar moyi. Kungaboqar moyi kungaboqar (Nelianthus annuusl) urug‘idan presslab va kunjarasini geksan, ekstraksiyalab olinadi. Kungaboqar moyidan asosan salatlar uchun salat moyi va ozuqa moyi sifatida foydalaniladi Kungaboqar moyini 150S dagi zichligi 920-927 kg/m3, qotish harorati 160S dan 190S gacha, yod soni 119-136% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,474-1,478, 20°S dagi kinematik qovushqoqligi 54,6-59,810-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 3,5-11,7% palmitin, 1,6-5,7% stearin, 23-50% olein va 42-66% linol kislotalaridan tashkil topgan. Urug‘lardan moyni ajratib olish uslubiga ko‘ra, urug‘lardan och sarikdan och jigarranggacha bo‘yalgan, o‘ziga xos hid va ta’mga ega moy olinadi. Kungaboqar moyi tarkibida 0,3-1,2% fosfatidlar bo‘lib, u kungaboqar moyidan gidratatsiya usuli bilan ajratib olinadi va fosfatid konsentrati sifatida ozuqaviy mahsulotlari tayërlashda foydalaniladi.
Zaytun moyi. Zaytun moyi zaytun (O1ea eugoraea) mevalaridan presslab olinadi va uni sifati moy olish usuliga bogaiq bo‘ladi. Zaytun moyining yuqori navlarini to‘liq pishmagan ya’ni ertaroq qo‘lda terilgan zaytun mevalarini sovuq usulda presslash yo‘li bilan olinadi. Bu moy «provansk» nomi bilan tanilgan bo‘lib, u deyarli hidsiz, rangi och sarikdan tilla sariq ranggacha, xushta’m bo‘ladi, u tibbiët sohasida va ozuqa moyi sifatida qo‘llaniladi. Presslashdagi siqish jaraënida haroratning ko‘tarilishi moy sifatini pasaytiradi.
YUqori haroratdagi sharoitda tugal presslangan va yarimmoysizlangan zaytun mevalarini ekstraksiyalagandan keyin oshxona va texnik moylari olinadi. Sifati past zaytun mevalaridan yashil rangli moy olinadi va u atir sovun ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Zaytun moyini 15°S dagi zichlish 0,914-0,920 kg/m3, qotish harorati - 6 dan 2°S gacha, yod soni 72,0-89,9% yod, 20°S dagi kinematik qovushqoqligi 71,3-87,910-6 m2/s, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,466-1,471 bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 9,8-20,0% palmitin, 2,9% gacha stearin, 54-81% olein va 3,3-22,0% linol kislotalaridan tashkil topgan. Sovuqroq joylarda o‘stirilgan zaytunning moyi tarkibidagi olein kislotasini mikdori kamayishi hisobiga linol va stearin kislotalarini miqdori ortadi.
Maxsar moyi. Maxsar moyi maxsar (Sagtnamus tinctorius) urug‘idan presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Tozalangan maxsar moyi oziq-ovqat tayërlashda, yuqori sifatli margarin ishlab chiqarishda, hamda texnikada oq-sariq buyoq, emallar, tez qurish xususiyati yuqori bo‘lganligi uchun olif va sovun pishirishda xomashë sifatida foydalaniladi. Maxsar moyini 150S dagi zichligi 913-930 kg/m3, qotish temperaturasi 13°S dan 20°S gacha, yod soni 130-155% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,475-1,476, 20°S dagi kinematik qovushqokligi 54,7-77,810-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 2,1-8,4% palmitin, 1,5-11,2% stearin, 7,0-12,2% olein, 56,7-84,6% linol kislotalaridan iborat. Maxsar moyi och sariq rangdan yashil tusli ranggacha bo‘yalgan o‘ziga xos hid va ta’mga ega bo‘lib kungaboqar moyiga o‘xshab ketadi.
Raps (indov) moyi. Raps moyi raps (Vgassica campestris) urug‘laridan presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Raps moyini yuqori eruk kislotali va eruk kislotasiz turlari mavjud. Eruk kislotasiz raps moyi «Kanola» nomi bilan mashhur bo‘lib, oziq-ovqatda gidrogenlangani margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu moy eruk kislotasi kam bo‘lgan seleksiyalangan urug‘lardan olinadi. Eruk kislotasiz raps moyini 150S dagi zichligi 911-918 kg/m3, qotish temperaturasi 0 dan 10°S gacha, yod soni 95-106% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,462-1,476 bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 4,0-5,0% palmitin, 5,0-6,0 stearin, 52,0-55,0% olein 24,0-26,0% linol, 10,1-11,5 linolen, 8-15% va 1,4-1,7% eruk kislotalaridan iborat. YUqori eruk kislotali raps moyi texnik maqsadlarda ishlatiladi. Tozalanmagan raps moyi to‘q yashil tusli bo‘lib, rafinatsiyalash jaraënidan keyin och sariq rangli bo‘ladi. Hom raps moyi o‘ziga xos hid va ta’mga ega.
Makkajo‘xori moyi. Makkajo‘xori moyi makkajo‘xori (Zeamays) urug‘i murtaklaridan olinadi. Makkajo‘xori murtaklari kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlarni olish davrida hosil bo‘ladi. Makkajo‘xori murtaklari quruq va nam ishlov berish usullari ërdamida olinib, namlik bilan ishlov berilgandan keyinsh hosil bo‘lgan murtakdan olingan makkajo‘xori moyi sifati, quruq usul bilan olingan murtakdan olingan moyni sifatiga nisbatan ancha pasl bo‘ladi. Makkajo‘xori moyini 15°S dagi zichligi 924-926 kg/m3, qotish temperaturasi 10°S dan 20°S gacha, yod soni 111-113% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,471-1,474, 20°S dagi kinematik qovushqoqligi 65,7-72,3 10-6 m2/s bo‘lib, ëg kislota tarkibi 4,9-18,7% palmitin, 6,2% gacha stearin, 23-49% olein va 48-56% linol kislotalaridan iborat. Makkajo‘xori moyining rangi och sarikdan qizg‘ish jigarranggacha bo‘lib, o‘ziga xos spetsifik ta’m va hidga ega. Moy tarkibida ma’lum mikdorda letsitin va tokoferollar mavjud.
Kanakunjut moyi (kastor moyi). Kanakunjut (kastor) moyi kanakunjut (Ricinus commmunis) urug‘laridan presslab olinadi. Kanakunjut moyining davolash xususiyati qadimdan ma’lum. Hozirgi vaqtda kanakunjut moyining tibbiëtda 1% dan kamroq qismi ishlatiladi. Kanakunjut moyi asosan himoyalovchi parda va qoplamalar tayërlashda keng foydalaniladi. Kanakunjut moyi tarkibida molekulasida gidroksil gruppasi bo‘lgan ritsinal kislotasining mikdori ko‘p bo‘lganliga uchun qurimaydigan moy hisoblanadi. Kanakunjut moyi alkid va epoksid smolalari ishlab chiqarishda, terilarni oshlashda ishlatiladi, hamda parfyumeriyada va kimë sanoatida enant aldegidi va undetsilen kislotasi olishda qo‘llaniladi. Kanakunjut moyining 15°S dagi zichligi 950-974 kg/m3, qotish temperaturasi 10°S dan 18°S gacha, yod soni 82-91% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,477-1,479, 50°S dagi kinematik qovushqokligi 11010-6m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 0,3-2,4% stearin, 0,1-9,0% olein, 3-10% linol va 80-94% ritsinol kislotalaridan iborat. Kanakunjut moyi asosan juda och rangli bo‘ladi. Texnik navlari esa och sariq, ba’zida yashil tusli bo‘lib, etil spirtida yaxshi eriydi.
Palma moyi. Palma moyi moyli palma (E1aeis gnineesis) mevasini yumshoq qismidan presslab olinadi. Palma moyi ozuqa moyi sifatida va ëg‘larni qayta ishlash korxonalarini turli sohalarida keng foydalaniladi. Uning tarkibida to‘yingan palmitin kislotasi ko‘p bo‘lganligi sababli bu moy qattiq bo‘lib, margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Palma moyini 15°S dagi zichligi 921-925 kg/m3, yod soni 48-58% yod, 40°S dagi nur sindirshp ko‘rsatkichi 1,453-1,459 ga teng bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 0,1-4,3% kaprin, 1,2-4,5% miristin, 39,0-46,8% palmitin, 1,3-6,5% stearin, 36,7-43,0% olein va 5-18% linol kislotalaridan tashkil topgan. Palma mevalaridan olingan moyning rangi karotin miqdorini ko‘p bo‘lganligi hisobiga to‘q sariqdan qizil ranggacha bo‘ladi, u ëqimli binafsha hidini eslatuvchi o‘ziga xos hidga va ta’mga ega.
Palma yadro moyi. Palma yadro moyi palma (Elaeis guineensis) danagi mag‘zini presslab va mag‘iz kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Palma yadro moyi texnik maqsadlarda keng foydalaniladi, uning tarkibida to‘yingan ëg‘ kislotalaridan laurin va miristin kislotalarining mikdori ko‘p bo‘lganligi uchun, bu moy asosan, atir sovun ishlab chiqarishda ishlatiladi. Palma yadro moyini 15°S dagi zichligi 925-935 kg/m3, yod soni 12-20% yod, 40°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,449-1,452 ga teng bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 2,4-4,3% kaprin, 3-7% kapron, 44,5-52,0% laurin, 14,0-18,6% miristin, 6,5-9,0% palmitin, 1,0-3,5% stearin, 10,5-19,0% olein va 0,7-2,1% linol kislotalaridan iborat. Palma yadro moyining rangi to‘q sariq rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘ladi, hamda u o‘ziga xos hidga ega. Ëg‘ kislota tarkibi bo‘yicha palma yadro moyi kokos moyiga yaqin, ammo u yod sonini biroz yuqoriligi bilan kokos moyidan farqlanadi.
Erëng‘oq moyi. Erëng‘oq moyi erëng‘oq (Agashis hyrogaea), urug‘idan presslab va urug‘ kunjarasini geksan, ekstraksiya benzini (A markali) bilan ekstraksiyalab olinadi. Erëng‘oq moyini suyuq fraksiyasidan asosan salatlar uchun salat moyi sifatida, hamda quyuq fraksiyasi (palmitin)dan margarin ishlab chiqarishda foydalaniladi. Erëng‘oq moyini 15°S dagi zichligi 911-929 kg/m3, qotish harorati 2,5°S dan 3,0°S gacha, yod soni 82-92% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,468-1,472, 20°S dagi kinematik qovushqoqligi 74-8910-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 6-18% palmitin, 2-7% stearin, 0,8-7,3% araxin, 39-70% olein va 13-38% linol kislotalaridan tashkil topgan.
Erëng‘oq moyi och sariq rangdan qizil jigarranggacha bo‘yalgan bo‘lib, o‘ziga xos ta’m va hidga ega. Past haroratlarda moy tarkibidagi glitseridlar kristallanib, erëng‘oq stearini hosil qiladi. Erëng‘oq moyi yarim quriydigan moylar turkumiga kiradi va tarkibida to‘yingan ëg‘ kislotalarini kamligi va olein kislotasini ko‘pligi bilan boshqa moylardan ajralib turadi. Bu ko‘rsatkichlar uni ozuqaviy qiymatini yuqoriligini ko‘rsatadi.
Kunjut moyi. Kunjut moyi kunjut (Sesamum indicum) urug‘idan presslab va urug‘ kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi.
Presslab olingan kunjut moyi iste’mol uchun oziq-ovqat sanoatida va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda tabobat va parfyumeriyada qo‘llaniladi. Kunjut moyini 15°S dagi zichligi 921-924 kg/m3, qotish temperaturasi 3°S dan 7°S gacha, yod soni 103-117% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,471-1,476, 20°S dagi kinematik qovushqokligi 10-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 3,5-9,9% palmitin, 3,3-6,6% stearin, 36-48% olein va 35,8-55,6% linol kislotalaridan iborat. Kunjut moyi ham yarim quriydigan moylar turkumiga kirib, rangi och sariqdan to‘q sariqgacha bo‘lib, deyarli hidsiz va ëqimli ta’mga ega. Kunjut urug‘ini po‘stidan ajratib, mag‘zini ezib olingan mahsulot xolva tayërlashda xomashë hisoblanadi. Kunjut moyi ozuqaviy qiymatini yuqoriligi bilan boshqa moylardan ajralib turadi, hamda uning tarkibida aktiv antioksidant - sezomol (oksigidroxinonni metil efiri) mavjud bo‘lib, u moyni saqlash vaqtida yuqori chidamliligini ta’minlaydi.
Tung moyi. Tung moyi tung daraxti (Aleurites) mevasi danagi mag‘zidan presslab va kunjarasidan erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Tung moyi tez quriydigan moy hisoblanadi. SHuning uchun biror sirt yuzasiga surtilganda, tez quriydi va chidamli, egiluvchan yupqa parda, atmosfera ëg‘inlari va har xil kimëviy reagentlar, asosan kislota va ishqorlar ta’siriga, yaxshi elektr himoyalash xususiyatiga ega va namlikka chidamli bo‘ladi. Bu moyni samolët va avtomobilsozlikda, kemalarning suv ostki qismlarini bo‘yashda, konservalashda, laklarni, polietilen, linoleum, issiqqa chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatida va boshqa sohalarda ko‘p qo‘llaniladi. Tung moyini 20°S dagi zichligi 925-943 kg/m3, qotish temperaturasi 2°S dan 17°S gacha, yod soni 145-176% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,500-1,524, 20°S dagi kinematik qovushqoqligi 216-220,510-6m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 3-17% palmitin, 3-7% stearin, 4-19% olein, 8-13% linol va 66-82% linolen kislotasini izomeri elostearin kislotalaridan iborat. Tung moyi ërug‘likda issiqlik ta’sirida eriydigan och rangli qattiq massani hosil qiladi.
Pomidor moyi. Pomidor moyi pomidor (Lugopersion) urug‘idan presslab va qisman moyi olingan urug‘larni erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Pomidor moyi ozuqa va texnik maqsadlarda foydalaniladi. Pomidor moyining 15°S dagi zichligi 920-930 kg/m3, qotish temperaturasi 6°S dan 12°S gacha, yod soni 109-115%5 yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,470-1,479, 20°S dagi kinematik qovushqoqligi 72,4 - 89,0106 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 10-20% palmitin, 5-6% stearin, 5,7% gacha araxin, 13-30% olein, 35-62% linol va 1,7-2,5% linolen kislotalaridan iborat. Pomidor urug‘laridan olingan moyning rangi och sarikdan to‘q jigarranggacha bo‘lib, ba’zida karotinoidlar miqsori yuqori bo‘lganligi hisobiga qizg‘ish rangga, bo‘yalgan bo‘ladi, o‘ziga xos ta’m va o‘tkir qalampir hidiga ega.
Uzum moyi. Uzum moyi uzum (Vitis) urug‘idan presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Uzum moyi oziq-ovqat uchun tozalanmagani olif va laklar tayërlashda va boshqa texpyak maqsadlarda foydalaniladi. Uzum moyi 15°S dagi zichligi 9,9-9,56 kg/m3, qotish temperaturasi 10°S dan 20°S gacha, yod soni 176-196% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,470-1,480, 20°S dagi kinematik qovushqokligi 57,610-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 5,0-6,5% palmitin, 2,3-10,0% stearin, 12-37% olein va 45-72% linol kislotalaridan tashkil topgan. O‘zum urug‘laridan olingan moyining rangi och sarikdan yashil tusli jigarranggacha bo‘lib, o‘ziga xos ëqimli hid va ta’mga ega.
O‘rik moyi. O‘rik moyi o‘rik (Agmeniaca) danagi mag‘zidan sovuq usulda ikki marta presslab olinadi. O‘rik moyi oziq-ovqat uchun va tibbiëtda dori-darmonlar tayërlashda qo‘llaniladi. O‘rik moyining 15°S dagi zichligi 915-921kg/m3, qotish temperaturasi 14°S dan 22°S gacha, yod soni 90-112% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,470-1,476 bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 2,1-4,5% palmitin, 1,0-1,2% stearin, 60-79% olein va 18-32% linol kislotalaridan iborat. YAngi olingan o‘rik moyi och rangli, ëqimli ta’mga va achchiq bodomni eslatuvchi hidga ega.
Bodom moyi. Bodom moyi bodom (Amigdalus) danagi mag‘zidan presslab olinadi. Bodom moyi asosan tibbiëtda, parfyumeriya, kosmetika sohalarida va oziq-ovqatda ishlatiladi. Bodom moyining 15°S dagi zichligi 914-921 kg/m3, qotish temperaturasi 9°S dan 21°S gacha, yod soni 92-106% yod, 200S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,468-1,471, 30°S dagi kinematik qovushqoqligi 47,810-6m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 1,2% miristin, 3,0-9,8% palmitin, 2,1-4,0% stearin, 43,8-84,0% olein va 13,4-44,3% linol kislotalaridan iborat. Bodom moyi och sariq rangda bo‘lib, deyarli hidsiz va ëqimli ëng‘oq ta’miga ega.
Olxo‘ri moyi. Olxo‘ri moyi olxo‘ri (Rrunus) danagi mag‘zidan presslab va kunjarasini geksan, ekstraksiya benzini ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Olxo‘ri moyi tibbiëtda, parfyumeriya, kosmetika sohalarida va oziq-ovqatda ishlatiladi. Olxo‘ri moyining 15°S dagi zichligi 915-920 kg/m3, qotish temperaturasi 58°S dan 8°S gacha, yod soni 91-105% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,470-1,472 bo‘lib, ëg kislota tarkibi 4,5-4,9% palmitin, 1,0-1,4% stearin, 69-72% olein va 19-25% linol kislotalaridan iborat. Olxo‘ri moyi tilla sariq rangdan jigarranggacha bo‘lib, achchiq bodomni eslatuvchi ta’m va hidga ega.
Olcha moyi. Olcha moyi olcha (Segasus) danagi mag‘zini presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Olcha moyi deyarli, faqat oziq-ovqatda foydalaniladi. Olcha moyining 150S dagi zichligi 921-929 kg/m3, qotish temperaturasi 16°S dan 20°S gacha, yod soni 93-122% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,472-1,474 bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 4,3% palmitin, 2,9% stearin, 47-50% olein va 40-42% linol kislotalaridan iborat. Olcha moyi tilla sariq rangli bo‘lib, ëqimli bodom hidiga va xush ta’mga ega.
CHakanda (oblepixa) moyi. CHakanda moyi chakanda mevasidan presslab olinadi. Bu moy tibbiëtda bitishi qiyin bo‘lgan yaralarga, kuygan va sovuq urgan terilarga, qizil o‘ngach, me’da (oshqozon) shilliq qavatlari xastaliklarini, o‘n ikki barmoqli ichak, A vitamining etishmasligi sababli kelib chiqadigan avitaminoz kasalligini davolashda yaxshi naf keltiradi. CHakanda moyining 15°S dagi zichligi 921-924 kg/m3, qotish temperaturasi 6°S gacha, yod soni 70-76% yod bo‘lib, yog‘ kislota tarkibi 10-11% palmitin, 10-11% stearin, 23-63% olein va 26-38% linol kislotalaridan iborat. Moyning rangi to‘q sariq bo‘lib, unda karotin va E,R vitaminlari bor.
SHaftoli moyi. SHaftoli moyi shaftoli (Regsisa) danagi mag‘zidan presslab olinadi. Bu moy farmakologiyada va oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi. Bu moy olein kislotasi mikdorining ko‘pligi bilan baholanadi. Olein kislotasi odam organizmiga zarur bo‘lgan kislotadir. Buning tarkibiga V1, B2, RR, P5 hamda nikotin kislotasi va vitamin E kiradi. SHaftoli moyi inson organizmidan o‘t haydashni normallashtiradi, hamda nafas olish yo‘llari shamollaganda, allergik kasalliklarni davolashda ishlatiladi. SHaftoli moyini 15°S dagi zichligi 914-925 kg/m3, qotish temperaturasi -20 dan -23°S gacha, yod soni 74-123% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,471-1,473, 20°S dagi kinematik qovushqokliga 72,8- 10-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 3% gacha palmitin, 15% stearin, 73,3-85,0% olein va 16,4% linol kislotalaridan iborat. SHaftoli moyi tiniq holda och rangdan tilla sariq ranggacha bo‘lib, achchiq bodomni eslatuvchi ta’m va hidga ega. SHaftoli moyi siydik haydash xususiyatiga ega. Bu moylar parxez taomlar tayërlashda ya’ni teri yallig‘lanishni oldini olishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari shaftoli moyi farmokologiya sohasida yuqori sifatli dori-darmonlar tayërlashda ishlatiladi.
Takrorlash uchun savollar.
1. YOg‘lar kimyosini o‘rganishdan maqsadi.
2. Ëg‘lar va moylar tushunchalari.
3. Ëg‘lardagi ëg‘ kislotalarning foiz miqdori.
4. Turli moylarning qo‘llanilish sohalari.
MUNDARIJA


http://fayllar.org
Download 29.97 Kb.




Download 29.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-ma’ruza. Moylar va yog‘larning yog‘ kislota tarkibi

Download 29.97 Kb.