• Mantiqiy amallar
  • Dasturlash tillarining tuzilishi




    Download 331.26 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/7
    Sana15.05.2023
    Hajmi331.26 Kb.
    #60004
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    8 lecture

    Dasturlash tillarining tuzilishi 
    Avvalgi boblarda turli ijrochilar bilan tanishdik va algoritmlar tuzdik. Endi 
    ba’zi dasturlash tillarida nomlar, ko’rsatmalar, tuzilmalar va boshqalar qanday 
    bo’lishini korib chiqamiz. Biz ko’rmoqchi bo’lgan dasturlash tillarida 
    o’xshashliklar ko’p. Masalan, ularning alifbosi quyidagi asosiy qismlardan iborat: 
    Lotin alifbosining 26 ta harfi: Aa, Bb, Cc, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, li, Jj, Kk, Ll, 
    Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Ww, Xx, Yy, Zz; 
    O’nta arab raqami: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9; 
    Arifmetik amal belgilari: + (qo’shish), — (ayirish), * (ko’paytirish), / (bo’lish); 
    Munosabat belgilari: =(teng), <> (teng emas), <(kichik), 
    <= (katta emas), >(katta), >= (kichik emas); 
    Maxsus belgilar: (nuqta), (vergul), (nuqtali vergul), (apostrof), (qo’shtirnoq), 
    (undov), (so’roq), % (foiz), $ (dollar belgisi), @ (tijorat belgisi), & (ampersand), 
    (bo’shliq, ekranda tasvirlanmaydi), (,), {,}, [,] (turli qavslar); 
     
    Mantiqiy amallar
     
    AND («VA» — mantiqiy ko’paytirish amali), 
    OR («YOKI» — mantiqiy qo’shish amali), 
    NOT («EMAS» — mantiqiy inkor amali). 
    Yodingizda bo’lsa, nom va qiymati o’zgaradigan miqdorlar haqida aytib o’tgan 
    edik. Yana dasturlash tillarida quyidagilar qo’llaniladi: 
    Konstantalar (o’zgarmaslar) — dastur ishlashi davomida qiymati 
    o’zgarmaydigan miqdorlar; 
    O’zgaruvchilar — dastur ishlashi davomida qiymati o’zgaradigan miqdorlar; 
    Algebraik ifodalar — arifmetik amallar bilan bog’langan o’zgarmaslar, 
    o’zgaruvchilar va funksiyalar


    Operatorlar — dasturlash tilining biror tugallangan amalini berish uchun 
    mo’ljallangan buyrug’i, operatorlar BASIC da «: » bilan, PASCAL va DELPHI da 
    «; » bilan ajratiladi; 
    Funksiya va protseduralar — o’z nomiga ega bo’lgan alohida dastur qismlari 
    (bloklari). Ularga asosiy dasturdan murojaat etiladi; 

    Download 331.26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 331.26 Kb.
    Pdf ko'rish