• Diversifikatsiya
  • 8-mavzu. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish reja




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/15
    Sana28.04.2023
    Hajmi0.74 Mb.
    #54563
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    8-mavzu. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish reja
    4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99


    8-mavzu. ISHLAB CHIQARISHNI IJTIMOIY TASHKIL ETISH
    Reja: 
    8.1. Diversifikatsiyalash tushunchasi, mohiyati va iqtisodiy ahamiyati. 
     
    8.2. 
    Sanoat 
    korxonalarida 
    yangi 
    tovar 
    ishlab 
    chiqarish, 
    tovar 
    diversifikatsiyasi. 
    8.3. Sanoat korxonalarida maxsulot tuzilmasi, nomenkulaturasi va 
    assortimentining tahlili. 
    8.4. Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllari.
    8.5. Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni kuchaytirishda 
    kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish. 
    8.6. Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish. 
    8.7. “Klaster” nazariyasining mohiyati va uning rivojlanishi. 
    8.8. Sanoatda klasterlarni tashkil etish bo‘yicha chet mamlakatlar tajribalari. 
     
    8.1. Diversifikatsiyalash tushunchasi, mohiyati va iqtisodiy ahamiyati
    Davlat rahbari tomonidan Harakatlar strategiyasida
    1
    yuqori texnologiyali 
    qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur 
    qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab 
    chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga 
    o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish zarurati 
    alohida ta’kidlandi.
    Ishlab chiqarishni tashkil etishning assimetrik shakllari hisoblangan 
    ixtisoslashuv va diversifikatsiya jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turli 
    xil nisbatlarda ishlab chiqarishda qo‘llanilgan.
    Diversifikatsiya: 
    1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab chikarilayotgan 
    maxsulotlar sonini kengaytiradi;
    2) yangi bozorlarni egallab olish va kushimcha foyda olish maksadida ishlab 
    chikarishning bir-biri bilan boglik bulmagan ikki yoki undan ortik turini bir 
    vaktning uzida kengaytirish va rivojlantirish. 
    «Diversifikatsiya» lotincha (diversificatio) so‘zidan olingan bo‘lib o‘zgarish, 
    har xillik, bir oz narsaga ko‘p tomonlama, kombinatsiyalashgan, ko‘p tarmoqli tus 
    berish kabi ma’nolarni anglatadi
    2

    Diversifikatsiya jarayoniga berilgan zamonaviy ta’riflar orasida angliyalik 
    iqtisodchilar Bennok, Bakster va Devnslar tomonidan keltirilgan ta’rifga e’tiboran 
    «diversifikatsiya-bu biror firma yoki geografik mintaqada tovarlar va xizmatlar 
    doirasini kengaytirishdir».
    Quyidagi ta’rif birmuncha aniqroq va kengroq bo‘lib, unda 
    diversifikatsiya 
    jarayon 
    va 
    muayyan 
    sub’ektlar 
    tomonidan 
    amalga 
    oshiriladigan tadbir sifatida talqin qilinadi: «diversifikatsiya — alohida olingan 
    1
    O’zbеkistоnRеspublikаsiPrеzidеntining“O’zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish 
    bo’yichа hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to’g’risidа”giPF-4947-sоnli 
    Fаrmоni
    . // Хаlq so’zi. 8 fеvrаl 2017 yil.
    2
    Slоvаr inоstrаnniх slоv, M, "Slаvyanskiy dоm knigi", 1998. - 509 s.


    korxona yoki konglomerat yoxud iqtisodiyot tomonidan ishlab chiqariladitan 
    tovarlar va xizmatlar turining oshishidir. Diversifikatsiya iqtisodiyotda tabiiy 
    jarayon sifatida ro‘y beradi. Ayrim hollarda esa biznes sohiblari yoki davlat 
    tomonidan tor doiradagi mahsulotlarga (ayniqsa ularga bo‘lgan talab o‘zgaruvchan 
    bo‘lgan sharoitda) bog‘liq bo‘lib qolish xatarini kamaytirish uchun amalga 
    oshiriladi».
    Britaniyalik Syuzan Meyx’yu nuqtai nazari ham ushbu konsepsiYaga ancha 
    yaqin. U diversifikatsiYaga «sanoat ishlab chiqarishni keng doiradagi faoliyat 
    turlariga yoyish va shu orqali fakat bir turdagi mahsulotta o‘ta bog‘liq bo‘lib 
    qolmaslik uchun qo‘llaniladigan tadbir» sifatida ta’rif beradi. U o‘z fikrini davom 
    ettirar ekan, diversifikatsiyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi
    3

    - gorizontal diversifikatsiya
    - konsentrik diversifikatsiya; 
    - konglomerat (vertikal )diversifikatsiya; 
    - mehnat bilan ta’minlashning mintaqalar bo‘yicha diversifikatsiyasi; 
    Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovarlarga o‘xshash ishlab 
    chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan tovarlarni ishlab 
    chiqarish tushuniladi. 
    Konglomerat (vertikal) diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni 
    sotuv yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturini chuqurligini ustirishni anglatadi. 
    Masalan, gusht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon mol etishtirishni va 
    seleksiya bo‘yicha ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. 
    Konsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni 
    ko‘zda to‘tadi. 
    Amerikalik iqtisodchilar S. Fitper, 
    R.Dornbush, 
    Malenzilar 
    diversifikatsiyani «tavakkalchilikni bir nechta aktivlarga taqsimlash orqali uning 
    darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan strategiya» sifatida aniqlaydilar. Ularning 
    fikricha, diversifikatsiyaning 
    asosiy qoidasi «hamma tuxumlarni bitta 
    savatda saqlamaslikdan iborat». Mazkur ta’rif bir muncha umumiyroq xarakterga 
    ega bo‘lsada, diversifikatsiyaning iqtisodiy mohiyatini to‘liq o‘zida aks ettiradi. 
    Yana bir angliyalik iqtisodchi Devid Skott diversifikatsiya mazmunini bir 
    muncha boshqacharok tushunadi. Uning fikricha, diversifikatsiya «bu turli xil 
    korxonalarning qimmatli kog‘ozlar sotib olish orqali ulardan keladigan foyda 
    miqdorini barqarorlishishini ta’minlashdir». Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ham 
    «barcha tuxumlarni bitta savatda saqlamaslik» tamoyili ustun o‘ringa ega. shu 
    bilan bir qatorda bu ta’rifda moliyaviy diversifikatsiya masalasiga asosiy e’tibor 
    qaratilgan. 
    SHunday qilib, diversifikatsiya - bu oldindan qo‘yilgan maqsad emas, balki 
    ob’ektiv jarayonning vujudga kelishi natijasida amalga oshiriladigan majburiy 
    chora-tadbirdir.
    3
    Tpе Penguin Dictionary of Economics (Graham Bannock, R.B. Baxter and Еtlеp Davis], - 1998. -p. 
    168.



    Download 0.74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish reja

    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish