• ISHDAN MAQSAD
  • TAYANCH IBORALAR
  • 1.Mа’lumоtlаr bаzаsi (MB), ulаrning xаrаktеristikаlаri.
  • 8-mavzu. Ma’LUMOTLAR BAZALARI VA KATTA XAJMDAGI Ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari. Reja




    Download 1.94 Mb.
    bet1/10
    Sana28.01.2023
    Hajmi1.94 Mb.
    #39916
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    8-MAVZU. MA’LUMOTLAR BAZALARI VA KATTA XAJMDAGI MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
    4-Электрчилангар, 4.52.02.24. ўқув дастури, Collins-2001-Good-to-Great-Why-Some-Companies-Make-the-Leap...and-Others-Dont , 11-mavzu, Math kutubxonasi ( Python ), Azizbek Xaydaraliyev, 100 g\'oya tadbir, MAHMUD QOSHG\'ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI, Innovatsion menejment. Gimush R.I., demorgafiya iyun, Xavfsizligi, Xasanova Mahliyo mustaqil ishi, Ta\'lim to\'g\'risidagi qonun yangi tahriridagisi, hisobot amaliyot Eshqobilov sardor

    8-MAVZU. MA’LUMOTLAR BAZALARI VA KATTA XAJMDAGI MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI.


    REJA:

    1. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari.

    2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari.

    3. Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) qayta ishlash texnologiyalari.



    ISHDAN MAQSAD: Talabalarga ma’lumotlar bazasi, ularning xarakteristikalari, MMBTni arxitekturasi haqida bilim berish, ma’lumotlarni tashkil qilish va ularning turlarini o’rgatish. Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlarning to’g’riligi, maydon, jadval, hamda fayllar ustida amallar bajarish tartibi bilan tanishtirish.

    TAYANCH IBORALAR: Ma'lumot, vosita, fayl, yozuv, o’zaro bog’langan ma'lumotlar, maydon, to’plam, Assess, ob'yekt, jadval, so’rov, forma, hisobot, makros modul, ma'lumotlar, iki o’lchovli jadval, kortej, oddiyligi, ixchamligi, maxfiyligi, mustaqilligi, bog’langanligi, munosabat, relyatsion, maydon, yozuv.


    1.Mа’lumоtlаr bаzаsi (MB), ulаrning xаrаktеristikаlаri.

    Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB)ni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda.


    Ma’lumotlar ba’zasi –bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib u ko’rilayotgan ob’yektlarni xususiyatini, holatini va ob’yektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
    Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozosidir.
    Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchun o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
    Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
    Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
    Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin.
    Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.

    Download 1.94 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Ma’LUMOTLAR BAZALARI VA KATTA XAJMDAGI Ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari. Reja

    Download 1.94 Mb.