Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana22.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#77158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 tashabbus xisobot, 1, docs-python-telegram-bot-org-en-latest, BEGMATOV, 24-Mavzu Ilmiy uslubda atamalarning qo‘llanilishi, reyting-daftar-360201100346 (2), SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA, 1-Biznesda-moliyaviy-menejment, Tolqinjonov Komiljon Chorvachilik, 6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003, ed, kurs ishi rabochi, 1e88c66b63791d32a87335d9a039a695 YADRO VA ELEMENTAR ZARRALAR FIZIKASI FANINING O‘QUV-U SLUBIY I (oxirgi variant) , 154-6-86-Q 23 (1)
7. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish. 
Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida 
yordamchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi. Yordamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar 
kiradi: 
- turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish; 
- transport xizmatini ko‘rsatish; 
- asosiy vositalarni ta’mirlash; 
- instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish; 
- yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash; 
- qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash. 
yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun 
quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 
2310-«yordamchi ishlab chiqarish» hisobvaraq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi 
ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan 
mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks 
ettiriladi.
2310-hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar kreditlanadi: 
0211-0299 - hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan 
asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga; 
1010, 1070, 1090 -hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 
sarflangan material summasiga; 
1610- hisobvaraq - materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganida; 


2510- hisobvaraq - umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab 
chiqarishlarga o‘tkazilganida; 
2610-hisobvaraq - brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar yordamchi ishlab chiqarishlarga 
o‘tkazilganida; 
3110, 3190-hisobvaraqlar - kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilganida; 
6710 - hisobvaraq - ishchilarga ish haqi hisoblanganida; 
6510-6520 - hisobvaraqlar - ijtimoiy suG‘urtaga va davlat maqsadli fondlariga 
ajratma hisoblanganida; 
4730-hisobvaraq - moddiy qiymatliklarning kamomadi yordamchi ishlab 
chiqarishlarga o‘tkazilganida.
yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va 
ko‘rsatilgan xizmatlar quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi: 
- yukxatlar - omborga topshirilgan tayyorlangan instrumentlar miqdori ko‘rsatilgan 
holda; 
- ta’mirlangan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi - bajarilgan va 
topshirilgan ishlar hajmiga; 
- marshrut varaqalar - yuk avtomobillari tomonidan tashilgan yuk hajmiga. 
2310-hisobvaraq kreditlanganda quyidagi hisobvaraqlar debetlanadi: 
1010, 1070, 1090 - hisobvaraqlar ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar va ishlab 
chiqarishdan qaytgan chiqitlar kirimga olinganida; 
2610 - tuzatib bo‘lmaydigan brakning hisobdan chiqishi; 
2810 - hisobvaraq - yordamchi ishlab chiqarishlar mahsulotining omborga kirim 
qilinishi; 
5910-hisobvaraq - kamomad va nobudgarchiliklarning aks ettirilishi. 
9110, 9130-hisobvaraqlar - chetga jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan 
xizmatlar qiymatiga; 
9210, 9220 - hisobvaraqlar - asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish
bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga; 
9410 - hisobvaraq - mahsulot sotishga ko‘rsatilgan xizmatlar xarajatlarini hisobdan 
chiqarishga. 
Yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari har bir sex bo‘yicha alohida tuziladigan 12-
qaydnomada yuritiladi. 

Download 0.71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish

Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish