• Tarbiyaviy maqsad
  • Dars bosqichlari Vaqt 1
  • 2. O’tilgan mavzu bayoni
  • «elektron»
  • Abu Rayhon Beruniy
  • Bir xil ishorali elektrlangan jismlar bir-biridan itariladi, turli ishorali elektrlangan jismlar esa bir-biriga tortiladi. 4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar
  • 5.Uyga vazifa: 4-5
  • Darsning maqsadi : Talimiy maqsad
  • II.Dars turi
  • Elektroskop — jismlarning elektrlanganligini sezish, kuzatish uchun qollaniladigan asbob.
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 0.59 Mb.
    bet1/2
    Sana31.12.2019
    Hajmi0.59 Mb.
    #6603
      1   2

    Maktabim.uz


    8-sinf Fizika

    Sana:“A”«__»_______ 201__ y. “B”«__»_______ 201__ y. “V”«__» ________ 201__ y.

    Darsning mavzusi: Jismlarning elektrlanishi

    Darsning maqsadi :

    • Talimiy maqsad: O’quvchilarga jismlarning elektrlanishi xaqida tushuncha berish.

    • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

    • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

    II.Dars turi: Maruza

    III.Dars jixozi: Shisha va ibonit tayoqchalar

    IV. Darsning xronologik tuzilishi:




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi

    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

    3.Yangi mavzuning bayoni:

    Mavzu bayoni

    Plastmassa taroq yoki ruchkani socliingizga ishqalab, maydalangan qog'ozga yaqinlashtiring. Ular qog'oz qiyqimlarini o'ziga tortganini ko'rasiz (2- rasm). Bu kabi hodisalarni odamlar qadim zamonlardayoq payqaganlar.

    Bir necha yuz ming yil ilgari o'sgan ignabargli daraxtlar qoldig'ining toshga aylangan smolasini yunonlar «elektron» deb atashgan.

    Mo'yna (jun)ga ishqalangan elektron (smola) turli mayda jismlarni o'ziga tortgan. «Elektr» so'zi ham shundan kelib chiqqan.

    Ishqalangan jismlarning tortishish hodisasini birinclii bo'lib yunon olimi Fales Miletskiy (mil. av. 625—547) aytgan.

    Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy (973— 1048) ham bir-biriga ishqalangan jismlarning tortishish xossasiga ega bo'lib qolishini o'rgangan. Beruniy «elektron» tayoqchani «kahrabo» deb atagan. «Kahrabo» so'zi forschadan «somon tortuvchi» ma'nosini anglatadi. Haqiqatan ham, mo'ynaga ishqalangan kahrabo tayoqcha somon bo'laklarini o'ziga tortadi.

    Kahrabo kamyob bo'lgani uchun uning o'rniga ebonit yoki sliisha tayoqchalardan foydalaniladi. Ebonit bu oltingugurt aralashtirilgan kauchuk (qattiq rezina)dan tayyorlangan material.



    Ebonit tayoqchani mo'ynaga ishqalaganda ham, sliisha tayoqchani shoyiga ishqalaganda ham tayoqchalar elektrlanib qoladi.Elektrlangan jismlarga faqat qattiq jismlar emas, balki suyuq va gaz holatdagi moddalar ham tortiladi. Masalan, elektrlangan tayoqcha jildirab tushayotgan suvni ham, sham alangasini ham o'ziga tortadi.


    Bir xil ishorali elektrlangan jismlar bir-biridan itariladi, turli ishorali elektrlangan jismlar esa bir-biriga tortiladi.
    4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:

    • Jismlarning elektrlanganligini tajribada qanday payqash mumkin?

    • «Elektr» so'zi qayerdan kelib chiqqan?

    • Ishqalangan jismlarning tortishish hodisasi birinchi bo'lib kim tomondan aytilgan?

    • Beruniy ishqalangan jismlarning tortishishi haqida nimalarni yozib qoldirgan?


    5.Uyga vazifa: 4-5 - betni o’qib kelish.

    O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________________

    8-sinf Fizika

    Sana:“A”«__»________ 201__ y. “B”«__»_______ 201__ y. “V”«__» _______ 201__ y.

    Darsning mavzusi: Elektroskop va elektrometr. O'tkazgichlarva izolatorlar

    Darsning maqsadi :

    • Talimiy maqsad: O’quvchilarga Elektroskop va elektrometr. O'tkazgichlarva izolatorlar xaqida ma’lumot berish.

    • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

    • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

    II.Dars turi: Maruza

    III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar

    IV. Darsning xronologik tuzilishi:




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi

    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

    3.Yangi mavzuning bayoni:
    Plastmassali taglikka o'rnatilgan simga ikki buklangan folgani ko'rsatilganidek osib qo'yamiz. Folga — bu yupqa metall qog'oz. Odatda, choy yoki shokolodlar o'ralgan zarqog'oz ham folgadan iborat.

    Ebonit tayoqchani mo'ynaga ishqalab elektrlaymiz va uni simga tekkizamiz. Bunda sim ham, unga osilgan folga yaproqchalar ham elektrlanib qoladi va yaproqchalar bir-biridan itariladi. Bunga yaproqchalarning bir xil ishorali elektrlanganligi sabab bo'ladi. Bu tajriba clcktroskopning ishlashiga asos qilib olingan. «Elektros­kop» so'zi yunoncha «elektron» va «skopeo» so'zlaridan olingan. "Skopeo" — "kuzatmoq” , "payqamoq" demakdir.



    Elektroskop jismlarning elektrlanganligini sezish, kuzatish uchun qo'llaniladigan asbob.

    Jismlarning qay darajada elektrlanganligini aniq- laydigan ko'rsatkichli va darajalangan elektroskop — elektrometr deb ataladi.

    Elektrometr jismlarning elektrlanganlik darajasini aniqlovchi asbob.

    Elektrometrda metall sterjen (1) ga muvozanatlangan ko'rsatkich (2) o'rnatilgan. Sterjen va ko'rsatkichni tashqi ta'sirlardan himoya qilish uchun metall g'ilof (3) yerga ulangan.



    Ikkita bir xil elektrometr olaylik. Ulardan birining sharchasi elektrlangan bo'lsin. Ularni yonma-yon qo'yib, elektrometrlar sharchalarini shisha tayoqcha bilan o'zaro ulaylik. Elektrlangan elektrometrning ko'rsatishi o'zgar- maydi. Uning elektrlanganligi ikkinchi elektrometrga shisha tayoqcha orqali o'tmaydi (10- a rasm). Bunga sabab, shisha elektrni o'tkazmaydi.




    Endi elektrometrlar sharchalarini metall tayoqcha bilan o'zaro ulaylik. Birinchi elektrometrning elektrlanganligi ikkinchi elektrometrga o'tadi. Natijada, birinchi elektrometr ko'rsatishi kamayadi, ikkinchisiniki esa ortadi. Bunga sabab, metall elektrni yaxshi o'tkazadi.




    Download 0.59 Mb.
      1   2




    Download 0.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 0.59 Mb.