8-sinflar uchun geografiya fanidan “Quruqlik tarsporti” mavzusida tayyorlagan bir soatlik




Download 37.49 Kb.
Sana24.03.2017
Hajmi37.49 Kb.




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

KITOB TUMAN XALQ TA’LIMI MUASSASALARI

FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL

ETISH BO‘LIMI
Kitob tumani 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining II toifali geografiya fani o‘qituvchisi Toshev Oybek Maxmadoliyevichning

8-sinflar uchun geografiya fanidan “Quruqlik tarsporti” mavzusida tayyorlagan bir soatlik


Manzil:

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi

Ishtirokchi:

Toshev Oybek Maxmadoliyevich

Lavozimi:

II toifali geografiya fani o‘qituvchisi

Fan nomi:

Geografiya

Sinf:

8-sinf

Dars ishlanma nomi:

Quruqlik transporti

O‘quvchi soni:

10 ta qiz, 12 ta o‘g‘il



Mavzusi: Quruqlik transporti

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga O‘zbekistonning temiryo‘l va avtomobil transportining rivojlanishi va mustaqillik yillaridagi ahamiyati, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan bog‘laydigan yo’llar, respublikamizning ichki yo’llari va ularni haritadan ko’rsata olishni o‘rgatish haqida bilim berish;

Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.



b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda mustaqillikka hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda transportning ahamiyatini anglash, o‘lkadan faxrlanish ruhida tarbiyalash;

c) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, berilgan bilimlarni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yo‘naltirish.

Darsning turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakillantirish

Darsning metodi: zamonaviy, og‘zaki bayon, amaliy mashg‘ulot.

Darsning jihozi: O‘zbekiston xaritasi, atlas, yozuvsiz xarita, slaydlar, rasmlar, multimedia.

Darsning borish bosqichlari:

I. Tashkiliy qism;

a) salomlashish;

b) navbatchi o‘quvchi hisobotini tinglash;

d) o‘quvchilarni darsga tayyorlash;



II. Asosiy qism: o‘quvchilarni guruhlash. Sinf o‘quvchilari 3 guruhda musobaqa-lashadilar.

1 – guruh “Avtomobil”

2 – guruh “Temiryo‘l”

3 – guruh “Transport”

Bundan tashqari har bir o‘quvchi o‘z o‘rni uchun ball to‘plab borishlari lozimligi o‘qtiriladi.

Baholash oynasi:

1-qator 2-qator 3-qator

Avtomobil” “Temiryo‘l” “Transport”



















III. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

“Tezkor savolga, tezkor javob” uslubi orqali quruqlik transporti haqida savol-javob o‘tkaziladi.

Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.

Har bir guruhga o‘tilgan mavzu yuzasidan 3 tadan savol beriladi.

Avtomobil” guruh savollari.

1. Mamlakatimizda transportning qanday turlarini bilasiz?

2. Transport moddiy ishlab chiqarishning nechanchi tarmog‘i hisoblanadi?

3. Quruqlik transport guruhini ayting?

Temiryo‘l” guruh savollari.

1. Quvur tarnsportida asosan nimalar tashiladi?

2. Transportning ishi nimaga qarab belgilanadi?

3. Transport turlari qanday guruhlanadi?

Transport” guruh savollari.

1. Transportning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati nimalardan iborat?

2. Geografik mehnat taqsimotida transportning roli qanday?

3. Yuk tashishning o‘rtacha masofasi bo‘yicha qaysi transport bajargan ishi oldingi o‘rinda?



IV. Yangi mavzu bayoni.

Temiryo‘l transporti iqlimiy sharoitlar va yil fasllari qan­day bo‘lishiga qaramasdan hamma vaqt ishlayveradi. Uning tezligi katta, yuk tashish tannarxi nisbatan past. Temiryo‘l magistrallarini turli yo‘nalishda qurish mumkin. Hozirgi vaqt mamlakatimiz temiryo‘llarning umumiy uzunligi 6 ming kilometrdan ortadi.

O‘zbekistonda temiryo‘llar qo‘shni mamlakatlar (Qizg‘isizton, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston)dagiga qaraganda ko‘p va texnik jihatdan ulardan oldinda turadi.

Tojikiston (toj. Тоҷикистон), Tojikiston Respublikasi (tojikcha. Ҷумҳурии Тоҷикистон) - Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh.

Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) - Oʻrta Osiyoning jan.gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 488,1 ming km². Aholisi 5,113 mln. kishi (2013).

Mamlakatimizning deyarli barcha temiryo‘llari tekisliklardan, daryo vodiylari-dan o‘tadi. Jizzax-Samarqand oralig‘idagi temiryo‘l dengiz sathidan 850 metr baland-dan o‘tgan.





Avtomobil tarsporti yuklarni (boshqa transportga qayta ortmay) bevosita iste’molchiga yetkazib bera oladi. Avtomobil transporti sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarini magistral transport bilan bog‘laydi, shaharlardagi va shaharlar atrofi hududlaridagi yuklarning asosiy qismini tashiydi. Qisqa (100 km gacha) va o‘rtacha masofalarga yulovchi hamda yuk tashishda temiryo‘llarga qaraganda avtomobil afzaldir. Mamlakatimizning tog‘li rayonlarida avtomobil transportining ahamiyati ayniqsa, katta.



Vediolavha namoish etiladi.

O‘qituvchi ma’lumoti: O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘li markazida joylashgan. Quruqlik transporti xalqimiz hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Yo‘l borgan joyda taraqqiyot bo‘ladi, xalqning farovonligi, ma’naviyati va madaniyati yuksaladi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar qatnovini tashkil etish borasida Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil Ispaniya Qirolligiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuv asosida boshlab yuborildi.

Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) - Yevropaning jan.gʻarbida, Pireney ya.o.da joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar o.lari, Afrikaning shim.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Ispaniyaning “Patentes Talgo S. L.” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik imzolandi. Elektropoyezd 215 yo‘lovchi tashish imkoniyatiga ega. Maksimal tezligi 250 km/soat. 2011-yilning 26-avgust kuni “Afrosiyob” ning Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki qatnov amalgam oshirildi. Mamlakatimizda yuksak texnologiyali, yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish borasida dastlabki qadam qo‘yildi.

Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

Bu bilan temir yo‘l transporti sohasini rivojlantirish va transport xizmati sifatini yuksaltirishga asos solindi.

Slayd orqali temiryo‘l, avtomobil , tezyurar elekropoyezd ko‘rsatiladi.



V. Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Mavzu yuzasidan quruqlik transportlari foto suratlariga savollar yoziladi. Savollarga javob topgan guruh o‘z guruhiga va o‘zi savol bergan foto suratlarga ega bo‘ladilar





1 2



3 4
5 6







7 8






9 10

1-savol. Mamlakatimiz temiryo‘llarining umumiy uzunligi qancha?

Javob: 6000 km.

2-savol. Mamlakatimizda dengiz sathidan 850 metr balanddan o‘tgan temiryo‘l qaysi shaharlarni bog‘laydi?

Javob: Jizzax-Samarqand

3-savol. XX asrning 40-yillarida ko‘mir konining ishga tushishi natijasida qaysi temiryo‘l quriladi?

Javob: Toshkent-Angren

4-savol. Katta O‘zbek trakti qaysi viloyatlarni bog‘laydi, necha km?

Javob: Toshkent-Samarqand- Qashqadaryo-Surxondaryo. 700km

5-savol. Mamlakatimizdan o‘tuvchi Osiyo va Yevropa mamlakatlari tranzit yuklari qaysi temiryo‘l orqali tashiladi?

Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.



Javob: Qo‘ng‘irot-Beynov 410 km

6-savol. Yevropa va Osiyo mamlakatlari tutashgan Trans Osiyo magistrali qanday ataladi?

Javob: Istambul-Toshkent-Olmaota-Pekin

7-savol. Qurama tog‘idagi Qamchiq davoni orqali o‘tadigan avtomobil yo‘li qanday ataladi?

Javob. Toshkent- Angeren- Qo‘qon.

8-savol. Tezyurar “Registon” elektropoyezdi qaysi yo‘nalishda yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan?

Javob: Toshkent-Samarqand

9-savol. Andijon-O‘sh- Ergashtom- Qashqar avto yo‘li qaysi mamlakatlarga chiqish imkonini beradi?

Javob: Xitoy va Pokiston.

10-savol. Mamlakatimizda elektrlashgan temir yo‘llar uzunligi?

Javob: 600 km

2. “Zakovat” o‘yini. Har uchala guruh o‘rtasiga savol tashlanadi va 1 soniya vatq beriladi.

Savol: 1968 yilda boshlanib 1977 yili ishga tushgan. Hozirgi kunda yo‘llarning uzunligi 37,5 km.ni tashkil etadi va 29 bekatdan iborat. Bu qanday yo‘l yoki transport?

Javob: Toshkent metrosi.

3. Amaliy ish topshirig‘i.

Atlasdan yozuvsiz xaritaga har uchala guruh quyidagi transport yo‘llarini tushurishlari lozim:

1-guruh: G‘uzor- Boysun- Qumqo‘rg‘on temir yo‘l. 233 km.

2-guruh: O‘zbekiston shoh ko‘chasi - “Katta O‘zbek trakti”. 700km

3-guruh: Buxoro-Beynov va Tajan Saraxs temiryo‘lini tushurish.

Har bir guruhdan 3 nafar o‘quvchi baholanadi.



VI. Umumiy ballarni e’lon qilish va g‘olib guruhni aniqlash.

Baholash oynasiga guruhlar olgan ballar dars oxirigacha qo‘yib boriladi. Dars oxirida har bir o‘quvchi olgan ball va guruhlar umumiy bali e’lon qilinadi.

Doiradagi chiziqchalar soni 3ta bo‘lsa o‘quvchi 3ta savolga javob bergan va 5 ball bilan baholanadi.

Bunday uslubdagi savol-javob darsi o‘quvchilar faolligini oshiradi.

Doirada 1 ta chiziqcha olgan o‘quvchi xaritadan sanoat rayonlari bo‘lgan shaharlardan 3 ta ko‘rsatib yoki 1 ta geografik atamaga to‘liq javob bersa, 4 ball bilan baholanadi.

Ballar jamlanib qaysi guruh g‘olib bo‘lganligi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.



VII. Uyga vazifa: mavzuni mustahkamlash va atlasdan mamlakatimizdagi transport tugunlarini o‘rganish topshiriladi.

Foydalangan adabiyotlar.

Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)




  1. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. 8-sinf. Darslik. Payoz Musayef, Jahongir Musayev. Toshkent – 2014.

Internet resurslari

  1. Geografiya.uz

  2. www.ziyonet.uz


Download 37.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa


8-sinflar uchun geografiya fanidan “Quruqlik tarsporti” mavzusida tayyorlagan bir soatlik

Download 37.49 Kb.