81 Inglizcha Baymatova Barchinoy Gulmurodovna O‘zbek tilidagi inglizcha




Download 0.66 Mb.
bet22/25
Sana25.03.2024
Hajmi0.66 Mb.
#177019
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
o\'zbek tilidagi inglizcha so\'zlarning ma\'no taraqqiyoti 1 yangi
Документ Microsoft Word, Tarmoq – maqsad va vazifalari, Diyorbek Abdiraimov FE 2, 2 ТЕМА БИОТЕХНОЛОГИЯ, 5-SINF ADABIYOT 1-chorak yangi darslik asosida, Anora, Nursultan Dasturlew 6, Tema13-14, 1-Labaratoriya jumisi (1), Investitsiyalar Referat mavzulari, Abduvaliyev diplom ishi, Informatika. 10-sinf (2017, N.Taylaqov, A.Ahmedov), Javoblar varaqasi 2023-2024 milliy test, 202 zuxra, Annaeva Gulbahor
BOB BO‘YICHA XULOSA
Tilimizga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy guruhlariga ajratib o‘rganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid inglizcha o‘zlashmalar mustaqillikdan so‘ng shu qadar ko‘p o‘zlashdiki, ularni madaniy-ma’rifiy soha so‘zlaridan ajratib, sistemali tarzda o‘rganish qulay va o‘rinlidir. Hozirgi paytda bu so‘zlarning ko‘pchiligi zamonaviy qatlam so‘zlari sifatida og‘zaki va yozma nutqda faol ishlatilmoqda. Inglizcha o‘zlashmalarni quyidagi mavzuviy guruhlar asosida tasniflab o‘rganish mumkin:
1. Ijtimoiy-siyosiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;
2. Iqtisodiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;
3. Madaniy-ma’rifiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;
4. Sport sohasiga oid mavzuviy guruh leksikasi.
Leksemalarning mavzuviy guruhlarini turlicha tasniflar asosida o‘rganish mumkin. Masalan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, sport mavzusidagi va ularning ichki bo‘linishidagi fan, san’at, dengizchilik, temir yo‘l, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik qurilish, savdo-sotiq, tibbiyot, matbaachilik, axborottexnologiyalari, telegraf, harbiy, maishiy mavzularga oid leksemalar o‘ziga xos tizimga ega.
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari nomi, ichimlik nomlari, kiyim-kechak nomlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi, tashkilot nomlari, o‘rin-joy tushunchasini anglatuvchi nomlar, mato nomlari, tansport vositalari nomi, narkotik modda nomlari, yonilg‘i mahsuloti nomi, texnik jihoz nomlari ham o‘zbek tili leksikasidagi ayrim mavzuviy guruhlarning bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirishga xizmat qilmoqda.
Inglizcha o‘zlashma leksemalar orasida fan sohasi va ilmiy terminlarning alohida o‘z o‘rni bor. Xususan, pedagogika, psixologiya, etnografiya, fizika, jurnalistika, tarix, adabiyot, musiqa, tilshunoslik, biologiya, botanika, fiziologiya, dietologiya, geografiya, kimyo, zoologiya, chizmachilikka oid birliklar ham ilmiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inglizcha o‘zlashma leksemalar orasida maishiy, savdo-sotiq borasidagilari ham o‘ziga xos bo‘lib, supermarket leksemasi hozirda neologizmlik xususiyatni yo‘qotib, zamonaviy qatlamga o‘tgan deyish mumkin. Savdo maskani uyasiga kiruvchi do‘kon, minimarket, supermarket, gipermarket, megamarket, savdo majmuasi (Moll ingl. “mall” – xiyobon) leksemalari mavjud bo‘lib, gipermarket leksemasi neologizm xarakteriga ega. Ularning uyadoshi bo‘lgan megamarket, moll leksemalari esa ayrim tillarga neologizlar sifatida o‘zlashmoqda. Bu leksemalar o‘ziga xos ma’noviy farqlanishga ega bo‘lib, bu farqlanish qaysi turdagi savdo mahsulotlarini sotish, umumiy yer maydoni, omborxonasi maydoni, bir vaqtning o‘zida qancha xaridorni qabul qila olishi, xizmat ko‘rsata olishi, kassa apparatlari soni, sotuvchilar miqdori, kerakli mahsulotlarni qancha miqdorda yetkazib bera olish qobiliyati kabilar bilan ham farqlanadi. Ularning o‘zaro farqini quyida kuzatishimiz mumkin.
O‘zbek tili leksikasidan o‘rin olgan inglizcha o‘zlashma so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lib, ular polisemantik xususiyatga ega bo‘lishdan tashqari, so‘z ma’nosining kengayishi, o‘zbekcha so‘z yasalishida faol qatnashishi kabi til hodisalari jarayonida yetakchi mavqe egallaydi. Ma’lumki, o‘zbek tiliga ingliz tilidan o‘zlashgan leksemalar orasida etimologik jihatdan -er, -ing, -ment, -(t)siya [-tion] shaklli; -men, -taym, -shou, (shou-), ball, -aut qismli o‘zlashmalar ko‘proq ko‘zga tashlanadi
XULOSA
O‘zbek tili leksikasiga o‘zlashishi sezilarli darajada ta’sir qilgan 20 dan ortiq til o‘zlashmalari mavjud. Shuningdek, tilimizda faol bo‘lmasa-da, yana bir qator tillarning o‘zlashmalari ham uchrab turadi. Mustaqillikdan so‘ng o‘zlashma so‘zlar orasida inglizcha o‘zlashmalarning miqdori va ma’no taraqqitoti o‘ziga xos. Istiqlolgacha bo‘lgan davrda o‘zlashgan ayrim leksemalar rus tilining tabiatiga moslashgan holda tilimizga o‘zlashgan. Masalan, chempionat, trenirovka, tanketka, kovboyka, trusi kabi leksemalar so‘ngida -at, -ka singari elementlarning kelish hollari inglizcha leksemalarning tabiatidan yiroq hisoblanadi. Shuningdek, bu kabi hodisani xaker, xuligan va xoll kabi leksemalarda h fonemasi o‘rniga x fonemasi ishlatilganidan ham sezish mumkin.
Eski nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 80 ga yaqin inglizcha o‘zlashma so‘z kiritilgan bo‘lsa, yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 500 dan ortiq inglizcha o‘zlashma so‘z izohlangan. Shuningdek, “O‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning izohli lug‘ati”da 350 dan ortiq so‘z, bundan tashqari, vaqtli matbuotda qo‘llanayotgan neologizmlar, “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha axborot texnologiyalari va internetga oid qisqacha atamalar lug‘ati” kabi inglizcha o‘zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksema tilimizga o‘zlashganini aniq aytish mumkin. Kundalik so‘zlashuvda ishlatilayotgan va qo‘llanilishi faol bo‘lgan ayrim leksemalarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan joy olmaganini kuzatish mumkin. Masalan, imij, koka-kola, minimarket, gipermarket, sensor chizburger, xot-dog, netbuk, blutus, flesh xotira, vay-fay, planshet, intranet kabi ko‘plab leksemalar ham izohli lug‘atimizdan joy olishi zarur. Inglizcha o‘zlashmalarni leksikamizga o‘zlashishini mustaqillikkacha va mustaqtillikdan keyingi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ayrim fermer, biznes, bodibilding, gamburger, broyler kabi leksemalar mustaqillikkacha passiv holatda ishlatilib, mustaqillikdan keyingi davrlarda faollashgan bo‘lsa, ayrimlari brifeng, konsalting, trening, kemping, sheyping kabi leksemalar mustaqillikdan so‘ng o‘zlashgan leksemalardir.
Tilning leksik tarkibi jamiyatning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayoti bilan bog‘liq ravishda takomillashib boradi. Lug‘atlar ham jamiyatdagi siyosiy-ma’naviy qarashlarga mos holda yaratiladi. Eski va yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dagi biznes, fermer, savdogar leksemalariga berilgan izohlar qiyoslanganda yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu birliklarning tuzumga nisbatan xolisona va yangicha ifoda olgani ma’lum bo‘ladi. Tilimizga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy guruhlariga ajratib o‘rganish mumkin.
Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid inglizcha o‘zlashmalar mustaqillikdan so‘ng shu qadar ko‘p o‘zlashdiki, ularni madaniy-ma’rifiy soha so‘zlaridan ajratib, sistemali tarzda o‘rganish qulay va o‘rinlidir. Inglizcha o‘zlashma leksemalar o‘z qurshovidagi so‘zlar bilan sinonimik, antonimik, omonimik va giponimik munosabatlarga kirishadi.
Savdo maskanlar nomi ostida birlashuvchi do‘kon, minimarket, gipermarket, savdo majmuasi leksemalari leksik-semantik xususiyatiga ko‘ra o‘zaro graduonimik (darajalanish) munosabatni tashkil etadi. O‘zbek tili leksikasidan o‘rin olgan inglizcha o‘zlashma so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lib, ular polisemantik xususiyatga ega bo‘lishdan tashqari, so‘z ma’nosining kengayishi, o‘zbekcha so‘z yasalishida faol qatnashishi kabi til hodisalari jarayonida yetakchi mavqe egallaydi.
Ma’lumki, o‘zbek tiliga ingliz tilidan o‘zlashgan leksemalar orasida etimologik jihatdan -er, -ing, -ment, -(t)siya shaklli; -men, -taym, -shou, (shou-), ball, -aut qismli o‘zlashmalar ko‘proq ko‘zga tashlanadi.
O‘zlashmalarda yangilik bo‘yog‘i bo‘lganligi bois ularni manbalarda turlicha yozish holatlari ham kuzatilmoqda. Hatto O‘zbek tilining izohli lug‘atida ham noutbuk//notbuk, yogurt//yo‘g‘urt, player//player, bluming//blyuming, kanistr//kanistra kabi ayrim leksemalar imlosi ikki xil shaklga ega bo‘lib qolgan. Bu kabi so‘zlar o‘z qatlam leksikasida ham ko‘plab topiladiki, ularning imlosini imkon qadar ikki xil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim deb o‘ylaymiz.



Download 0.66 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 0.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



81 Inglizcha Baymatova Barchinoy Gulmurodovna O‘zbek tilidagi inglizcha

Download 0.66 Mb.